Karvonsaroy
Yoshlar

Qirg‘iziston yoshlari video yordamida ijtimoiy muammolarga e‘tibor qaratishni o‘rganadi

Asker Sultanov

Yangi loyiha doirasida 8-10-sinflar o‘quvchilari o‘zlari va atrofdagilarini qiynayotgan muammolar haqida hikoya qiladigan videoroliklarni suratga olishni o‘rganadilar. [File]

Yangi loyiha doirasida 8-10-sinflar o‘quvchilari o‘zlari va atrofdagilarini qiynayotgan muammolar haqida hikoya qiladigan videoroliklarni suratga olishni o‘rganadilar. [File]

BISHKEK – Qirg‘izistonning “Xalqaro bag‘rikenglik jamg‘armasi” (FTI) nohukumat tashkiloti BMTning tinchlikni tiklash fondi bilan hamkorlikda “Bolalar qo‘lidagi kameralar” deb nomlangan loyihani amalga oshirmoqda, unda ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularga yechim topish uchun yoshlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida 8-10-sinflar o‘quvchilari o‘zlari va yon-atrofdagilari duch kelayotgan muammolarni bayon qilib beruvchi videoroliklarni tayyorlaydilar, dedi loyihaning Chuy viloyatidagi muvofiqlashtiruvchisi Bermet Malikova Karvonsaroyga.

“Bu internet va ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur formatlardan biri va qudratli vosita hamdir”, dedi u.

Loyiha fevral oyida boshlangan va 2019-yilning iyuliga qadar davom etadi.

Qirg‘izistonning “Xalqaro bag‘rikenglik jamg‘armasi” nohukumat tashkiloti a’zolari Chuy viloyatidagi yuqori sinf o‘quvchilariga etnik nizolarni yoritish bo‘yicha saboq bermoqda. (Asker Sultanov)

Qirg‘izistonning “Xalqaro bag‘rikenglik jamg‘armasi” nohukumat tashkiloti a’zolari Chuy viloyatidagi yuqori sinf o‘quvchilariga etnik nizolarni yoritish bo‘yicha saboq bermoqda. (Asker Sultanov)

Loyiha byudjeti – 592 ming AQSH dollariga (38,7 mln. so‘m) teng bo‘lib, bu yuqori sinf o‘quvchilarini professional kameralar bilan ta’minlash va ular uchun treninglar tashkil etishga imkon berdi, dedi Malikova.

“Biz hammasi bo‘lib 16 ta kamera sotib oldik. Loyihamizda to‘rtta – Chuy, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlarining har biridan to‘rttadan maktab qatnashmoqda”, dedi u.

Malikovaning so‘zlariga ko‘ra, aprel-may oylariga rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlari nihoyasiga yetgach, bolalar o‘zlarining ilk ssenariylarini yozib, may yoki yozgi ta’tildan so‘ng, sentabrda birinchi videoroliklari tayyorlaydilar.

Rejaga ko‘ra, yakunda videoroliklarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish rejalashtirilgan.

Video uchun g‘oyalar

FTI jamoa a’zolari orasida eng tashvishli bo‘lgan millatlararo nizolar, qizlar huquqlarining poymol qilinishi va ishsizlik darajasi kabi masalalarga e’tiborni qaratgan, deydi Malikova.

“Qizlarda rivojlanish uchun imkoniyat yo‘q – bosim katta, ota-onalar ularning oliy ta’lim olishiga qarshi va mamlakat bo‘ylab yoshlar orasida ishsizlik muammosi mavjud”, dedi u.

O‘sh viloyatining So‘piqo‘rg‘on qishlog‘idan bo‘lgan maktab o‘quvchisi Dovlat Eshmamatov jamoat transporti muammosini yoritishni istaydi.

So‘piqo‘rg‘onda shaxsiy avtomashinasi bo‘lmaganlar avtobus va trolleybuslar soni kamligi sabab, yo‘lkirasi qimmatroq bo‘lgan marshrutkalardan foydalanishga majbur, deydi u.

“Muammo marshrutkalar faoliyatini saqlab qolib, shaharda avtobuslar va trolleybuslar sonini oshirish”, dedi Eshmamatov Karvonsaroy nashriga. “Men bu muammoni butun Qirg‘iziston bo‘ylab ko‘tarib chiqishni istayman va shu masalaga oid video olmoqchiman.”

Chuy viloyatining To‘qmoq qishlog‘idan bo‘lgan Nurjan Jarkinbayeva esa atrof-muhit muammolarini yoritishni istaydi.

“Men, agar o‘zimiz shunga hissa qo‘shsak, Qirg‘iziston qanday go‘zal ekanligi haqida videorolik tayyorlagan bo‘lardim”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Odamlar o‘zlari ko‘chaga axlat tashlab, yana ko‘chalar iflos ekanligidan nolishadi. Iflos parklarda yurishadi, daraxtlarning shoxlarini sindirishadi, keyin shaharda istirohat bog‘lari yo‘qligidan shikoyat qiladilar.”

“To‘qmoqda yashil istirohat bog‘lari yanada ko‘payishini istayman”, dedi u. “Men Qirg‘izistondagi kabi go‘zal tog‘lar va toza suvni ko‘rmaganman, odamlarimiz esa buning qadriga yetmaydi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Haqiqatda ham juda qiziqarli va foydali loyiha. Botkenda tanlangan to‘rt maktab: Oq-Tatir maktabi, Leylekdan Bokonbayeva maktabi, Navoiy maktabi va Andarak maktablaridir. Men loyiha qatnashchisiman va treninglar davomida yetarli ma’lumot oldim deb ayta olaman. Ishtirokchi to‘rt maktab hali ham do‘stona munosabatdamiz. Umid qilamanki, biz darslarni yaxshi o‘zlashtiramiz va va muammolarni yoritgan videolarimiz bilan ularga yechim topamiz va bu bilan vatanimizga foyda keltiramiz!

Javob berish