Karvonsaroy
Biznes

Qozog‘istonda qishloq aholisiga tadbirkorlik asoslari o‘rgatiladi

Aydar Ashimov

16-aprel kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan anjumanda so‘zga chiqqan “Atameken” tadbirkorlar palatasi raisi G‘ani Tasmaganbetov (chapda) mintaqaviy tadbirkorlikni rivojlantirish haqida nutq so‘zlamoqda. (Aydar Ashimov)

OSTONA – Qozog‘istonning yirik biznes guruhi mamlakatning qishloq hududlari aholisiga biznes yuritishdan saboq bermoqda.

“Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi 16-aprel, dushanba kuni Ostonada mahalliy tadbirkorlar uchun anjuman o‘tkazdi. Unda mamlakat bo‘ylab, ayniqsa, qishloq hududlarida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Palata qishloq hududlaridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Bastau Biznes” (Biznes boshlash) dasturining yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Bastau dasturining sinov bosqichi 2016-2017-yillar davomida o‘z samarasini namoyish etdi, deydi “Atameken”ning rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bauirjan Orazgaliyev Karvonsaroy nashriga.

Aqto‘be viloyatining Martuk qishlog‘ida yashovchi Maral Kojekbayeva (chapda) treninglarni tamomlab, o‘z fotostudiyasini ochdi. Suratda u o‘z ishchisi bilan tasvirlangan, Martuk qishlog‘i, 2-mart. (Tadbirkorlar palatasi)

Bastau dasturi “qishloq joylardagi aholiga tadbirkorlik mahoratidan saboq berish va ularning loyihalarida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni maqsad qilgan", deydi u.

Muvaffaqiyat va rivojlanish

O‘tgan yili 15 ming qozog‘istonlik trening mashg‘ulotlaridan o‘tdi, 2018-yilda bu raqam ikki barobar oshishi kutilmoqda, deydi Orazgaliyev. Rejalashtirilgan 30 ming kishining beshdan biri o‘z biznesini ochishi kutilyapti, deb qo‘shimcha qildi u.

“Atameken” dasturiga asosan, bu yil 160 ta biznes-murabbiy qishloq joylarida Bastau darslarini o‘tkazadi. Har bir ishtirokchi bir oy davomida 80 soat mashg‘ulot o‘tadi.

Aqto‘be viloyatining Martuk qishlogidan bo‘lgan, dastur mashg‘ulotlarini tamomlagan Maral Kojekbayeva ishonch bilan o‘zini tadbirkor ayol sifatida sinab ko‘rmoqda.

“Hamqishloqlarimizga foto va video xizmatlarini taqdim etmoqdamiz”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Biz bog‘chalardagi ertalabki tomoshalar, maktab tadbirlari va bayramlari kabi juda ko‘p buyurtmalar olamiz.”

“Men Bastau treninglaridan o‘tganimdan juda mamnunman”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500