http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/04/24/feature-01
| Xavfsizlik

Kimyoviy inspektorlar Suriyadagi hujum joyiga hushyorlik bilan keldilar

Karvonsaroy va AFP


Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) mutaxassislari 20-aprel kuni Nepalda tezkor yordam guruhlariga dars o‘tmoqdalar. Ikki haftalik kechikishdan so‘ng, 21-aprel kuni KQTT nozirlari Suriyaning Duma shahridagi ehtimoliy kimyoviy hujum uyushtirilgan hududga kiritildilar. (KQTT)

Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) mutaxassislari 20-aprel kuni Nepalda tezkor yordam guruhlariga dars o‘tmoqdalar. Ikki haftalik kechikishdan so‘ng, 21-aprel kuni KQTT nozirlari Suriyaning Duma shahridagi ehtimoliy kimyoviy hujum uyushtirilgan hududga kiritildilar. (KQTT)

DUMA, Suriya – Inspektorlar Rossiya qo‘llab-quvvatlaydigan Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi amalga oshirgani aytilayotgan ehtimoliy kimyoviy hujum hududiga kirdilar. Ularning bu yerga kirishini Moskva ikki haftaga kechiktirgandi.

Suriya davlat axborot agentliklari Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) inspektorlari 17-aprel kuni Dumaga tashrif buyurgani haqida soxta axborot bergan edilar.

Aslida esa, ular tezkor yordam guruhlarining video, surat va hisobotlari orqali isyonchilar nazoratida bo‘lgan joy xlor gazi vositasida vayron qilingani tasdiqlanganidan so‘ng, ikki hafta o‘tib – 21-aprel kuni hududga kirishgan.


Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya (chapda) Suriyaning BMTdagi vakili Bashar Jaafariy bilan 10-aprel kuni o‘tkazilgan BMT xavfsizlik kengashi uchrashuvi chog‘ida suhbatlashmoqda. Shu kuni Rossiya AQSH tomonidan ishlab chiqilgan, Dumadagi gaz hujumidan keyin kimyoviy qurol qo‘llanganini tekshirishga imkon beruvchi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. Shu tariqa, Rossiya o‘z ittifoqdoshi - Suriyaga qarshi qaratilgan choralarning oldini olish maqsadida 12-marotaba veto huquqidan foydalandi. (Gektor Retamal/AFP)

Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya (chapda) Suriyaning BMTdagi vakili Bashar Jaafariy bilan 10-aprel kuni o‘tkazilgan BMT xavfsizlik kengashi uchrashuvi chog‘ida suhbatlashmoqda. Shu kuni Rossiya AQSH tomonidan ishlab chiqilgan, Dumadagi gaz hujumidan keyin kimyoviy qurol qo‘llanganini tekshirishga imkon beruvchi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. Shu tariqa, Rossiya o‘z ittifoqdoshi - Suriyaga qarshi qaratilgan choralarning oldini olish maqsadida 12-marotaba veto huquqidan foydalandi. (Gektor Retamal/AFP)

6-7-aprel kunlari sodir etilgan hujum kamida 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 500 dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizilgan.

BMTning jinoyatlarni aniqlashga qaratilgan bir qator choralariga Rossiya tomonidan veto qo‘yilganidan so‘ng, AQSH va Buyuk Britaniya xalqaro qonunchilikni “ochiqdan-ochiq buzgani” sabab, Suriya rejimiga qarshi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hujumni amalga oshirgandi.

Kimyoviy mutaxassislar Suriyada nimani qidiradi?

Ancha vaqtga kechikib kelganiga qaramay, KQTT nozirlari tadqiqot uchun foydali bo‘lgan kimyoviy dalillarni topishlari mumkin, deb xabar bergan mutaxassislar AFP nashriga.

Dalillar ehtimoliy qurbonlar jasadi yoxud voqea yuz bergan hudud atrofida topilishi mumkin.

“Jasadlardan olingan namunalar bebaho dalil bo‘lishi mumkin”, dedi Lids universitetining atrof-muhit bo‘yicha toksikologi Aleyster Xey.

“Asab tizimiga ta’sir qiluvchi zarin kabi moddalar atrof-muhitda bir necha haftalardan so‘ng ham, ayniqsa, qurol portlagan joy atroflarida saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin”, dedi u AFP nashriga.

KQTTning Suriyaga yuborilgan oldingi missiyasi a’zosi va maslahatchi Ralf Trappning so‘zlariga ko‘ra, xlor gazini aniqlash ancha mushkul, sababi u havoda tez tarqab ketadi.

Uning o‘rniga, xlor gazi atrof-muhitda saqlanib qolgani sababli, inspektorlar ehtimoliy hujum joyidagi ashyolarda ushbu elementning noodatiy ko‘p miqdorini izlashadi, dedi u.

“Dalillarni yo‘qotish mumkin, ammo buning uchun sinchkovlik talab etiladi. Bu ish sinchliklab amalga oshirilgan taqdirda ham, bu hududda dalillar soxtalashtirilganiga oid belgilar qolib ketishi mumkin”, dedi Xey. “Zararlangan hududni tozalash osonlikcha zararsizlantirib bo‘lmaydigan ashyolarning olib tashlanishiga sabab bo‘ladi.”

Bu esa solishtirish uchun “ba’zi narsalar olib tashlangani belgisini qoldiradi, ayniqsa ehtimoliy hujum ro‘y berganining videotasmasi mavjud bo‘lsa”, dedi u AFP nashriga.

Hatto juda ehtiyotkorlik bilan tozalanganidan so‘ng ham, “moddalar qoldiqlari yoki ularning parchalanishi natijalari” saqlanib qoladi, dedi u. Ular g‘isht, sement va tuproq tarkibida topilishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi u.

Mustaqil tekshiruv

KQTT jamoasi “tashkilot nozirlari tomonidan ehtimoliy hujum joyida topilgan barcha tegishli dalillar, jumladan, tozalash yoki soxtalashtirish holatiga oid har qanday ma’lumotni tiklaydi”, dedi Trapp.

Shundan so‘ng, namunalar dunyo bo‘ylab tasdiqdan o‘tgan mustaqil laboratoriyalarga yuboriladi. Har bir namuna qismlarga ajratilib, eng kamida 2 ta turli laboratoriyaga jo‘natiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “agar missiya voqea joyida xlor yoki zarin gazi qo‘llanganini tasdiqlay olmasa, u o‘zida bor dalillarnigina taqdim etishi va vaziyatga oydinlik kirita oladigan taxminlarni ko‘rsatishi mumkin”.

Shundan so‘ng, “KQTTning siyosiy organlari va alohida a’zo-mamlakatlar kimyoviy qurol qo‘llanganini tasdiqlovchi dalillar yetarli yoki yo‘qligi haqida qaror qabul qiladilar”, dedi u.

KQTTga aybdorlarni aniqlash emas, balki kimyoviy hujum sodir etilgan-etilmaganiga aniqlik kiritish vazifasigina topshirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?
14
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha