Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-26 | Xavfsizlik

Xavotirlarning kuchayishi ortidan Qozog‘iston Rossiyadan uzoqlashmoqda

O‘tgan yili sentabr oyida Rossiya maxsus kuchlari Qozog‘iston chegarasi yaqinida haqiqiy jangovar qurollar bilan o‘quv mashqlarini o‘tkazdi. (Global harbiy strategiya va statistikasining Facebook sahifasi)

Arman Kaliyev

OSTONA – Kreml bilan xalqaro masalalarda yakdil pozitsiyada bo‘lishga odatlangan Qozog‘iston Rossiya bilan aloqalarini qayta ko‘rib chiqmoqda, deydi tahlilchilar.

Qozog‘iston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosidir. U 14 aprel kuni Rossiya tomonidan taklif qilingan, Suriyada koalitsiya tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlarini qoralovchi rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashni istamadi. Havo hujumlari bir necha kun oldin Suriya prezidenti Bashar Asad tomonidan ehtimoliy kimyoviy qurol qo‘llanishiga javoban ko‘rilgan chora bo‘ldi.

Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Suriya rejimi Damashq yaqinida 40 kishi hayotiga zomin bo‘lgan va 500 kishiga jarohat yetkazgan, isyonchilar maskani bo‘lgan Dumada uyushtirilgan kimyoviy qurol hujumida ayblanmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘ngda) Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan qo‘l siqishmoqda, Moskva, 2017-yil, 27-dekabr. 14-aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashida Qozog‘istonning Rossiya taklif qilgan rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlamagani kutilmagan qadam bo‘ldi. (Aleksander Nemenov/AFP)

Rossiya chegarasi yaqinidagi Qozog‘iston ko‘mir elektrostansiyasi, 2017-yil, sentabr. (Facebook)

Rossiya, Mongoliya, Xitoy va Qozog‘iston chegaralari kesishgan joy yaqinidagi Oltoy hududida joylashgan Rossiya chegara nazorati punkti, 2016-yil, 27-noyabr. (Facebook)

Rossiya rezolyutsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va qo‘llab-quvvatlanmadi. Kengashning 3 a’zosi uni yoqlab, 8 nafari esa qarshi ovoz berdi. Qozog‘iston yana uch mamlakat bilan birga betaraf qolgan. Rezolyutsiya qabul qilinishi uchun kengashning 15 a’zosi ko‘pchilik bo‘lib ovoz berishi kerak, bunda beshta doimiy a’zo – Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya hamda AQSH veto qo‘llamasligi talab etiladi.

BMT matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, hujjat loyihasi qabul qilingan taqdirda “AQSH va uning ittifoqchilaridan bunga o‘xshash har qanday faoliyatni zudlik bilan to‘xtatish va xalqaro qonunlarga zid keladigan har qanday kuch ishlatishdan tiyilish talab qilingan bo‘lardi”.

Ishonchsiz ittifoqchi

Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya bilan uzoq muddatdan beri yaqin geosiyosiy hamkorligi hisobga olinsa, Qozog‘istonning betaraf qolishi alohida e’tiborga molik voqeadir.

Ikki davlat o‘tmishda harbiy yo‘nalishda yaqin hamkorlik qilgan. 1992-yildan buyon Qozog‘iston Rossiya rahbarlik qiladigan va sobiq Sovet respublikalarini birlashtiruvchi xavfsizlik ittifoqi hisoblanuvchi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) a’zosi bo‘lgan.

Shu bilan birga, Qozog‘iston sobiq sovet davlatlarining savdo bloki hisoblangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga ham a’zo.

Ostonaning ushbu qadami o‘zgaruvchan tashqi siyosati va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishi tufayli xalqaro maydonda yakkalanib qolgan Rossiya bilan birga bir kemada bo‘lishni istamayotganligining belgisidir, deydi qozog‘istonlik siyosiy tahlilchilar.

Shunday bo‘lsa-da, ayrim taxminlarga ko‘ra, Qozog‘iston uchun Kreml ta’siridan chiqish oson bo‘lmaydi va bir necha yillarni talab qilishi ham mumkin.

Aloqalarni keskin ravishda uzish 2014-yilda Rossiya Ukrainani bosib olganiga o‘xshash vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin, degan edi olmaotalik siyosiy tahlilchi Aydos Sarim Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining Ukraina xizmatiga yanvar oyida.

“Rossiyaga sovet yadroviy qurollarini qaytarib berish evaziga Ukraina, Belarus va Qozog‘istonga nisbatan tajovuz qilmaslikni kafolatlovchi 1994-yilda imzolangan Budapesht Xavfsizlik kafolati to‘g‘risidagi memorandumi kabi ikki tomonlama bitimlargagina asoslanish juda ham soddalik hisoblanadi, dedi Sarim.

Rossiya bilan kelishuvlar ular yozilgan qog‘ozga ham arzimaydi”, deb qo‘shimcha qildi u.

“Sobiq imperiyadan ajrashning ikki yo‘li bor”, dedi Sarim. “Qozog‘ston tanlagan tinchlik yo‘li bor, u juda uzun. Shuningdek, Gruziya va Ukrainada bo‘lgani kabi, urush bilan kechadigan yomon yo‘l ham bor”.

Nizodan qochish

Qozog‘iston rasmiylari Rossiya tomonidan Qozog‘istonning shimoliy hududlariga kirishga urinish ehtimolini ham istisno qilmay qo‘yganlar.

2014-yilda Rossiya Qrim yarimorolini kuch bilan Ukrainadan ajratib, o‘ziga qo‘shib olishi Qozog‘iston uchun xavotirli belgi bo‘ldi, deydi siyosiy tahlilchilar.

Ostona Rossiyaga qarshi muvozanat kuchiga ega bo‘lishi kerak, Rossiya rahbarligidagi ODKB unga to‘g‘ri kelmaydi, deydi uralsklik siyosiy tahlilchi Sultanbek Sultangaliyev Karvonsaroy nashriga.

Shu maqsadda o‘tgan yil iyul oyida Qozog‘iston Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan harbiy bitimni imzoladi, bu hamkorlik 2018-yildan 2024-yilgacha davom etadi.

Qozog‘iston xavfsizlik masalalarida ham Qo‘shma Shtatlarni faol qo‘llab-quvvatlashni boshladi. Masalan, Afg‘onistonga yuk tashishda AQSH armiyasining Oqtov va Quriqdagi Kaspiy dengiz portlaridan foydalanishiga ruxsat berdi.

“Bu Qozog‘iston tanlagan pragmatik tashqi siyosat yo‘lining yaqqol misoli bo‘lib, u ko‘p vektorli yondashuv prinsipiga asoslangan”, dedi Sultangaliyev.

O‘tgan yili kuzda Qozog‘iston Kremlning ustomonligi bilan yaxshi tanish bo‘lgan davlatga mos keluvchi harbiy doktrinani qabul qildi.

Yangi doktrinaning tahlili Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuziga Qozog‘istonning munosabatini ochiqlaydi, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi Ruslan Jang‘azi.

“Yangi doktrinada ilk bor “gibrid urush” va “kiberhujum” tushunchalari Qozog‘istonga qarshi harbiy tahdidlar qatorida tilga olingan”, dedi Jang‘azi Karvonsaroy nashriga.

Ostona Qozog‘istonning Rossiya bilan chegaradosh shimoliy viloyatlarida Ukrainada bo‘lgan voqealar yuz berishidan xavotirda, deydi u.

Xavf ostidagi Qozog‘iston

Jong‘oziga ko‘ra, Qozog‘istonni Rossiya tajovuzi oldida zaiflashtirayotgan uch omil bor. Moskva ruslardan iborat etnik ozchiliklarni himoya qilish boshqa mamlakat hududiga bostirib kirishga sabab bo‘lishi mumkinligini avval ko‘rsatib bo‘lgandi.

“Eng avvalo, mamlakatda etnik-demografik muvozanatga putur yetgan. Bu shimoliy va sharqiy hududlardagi qozoq millatiga mansub aholi manfaatlariga zid, sababi bu yerlarda ruslar (xuddi Qrimda bo‘lgani kabi) hukmron”, deydi Jong‘ozi Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Ikkinchi muhim omil – ayrim etnik ozchiliklar (ushbu holatda - ruslar) orasida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan yashirin norozilik mavjudligidir. Bu Ukrainaga qarshi olib borilayotgan urushda ham faol qo‘llanilmoqda”, dedi u.

“Uchinchi omil - ushbu viloyatlar bevosita Kremlning axborot siyosati ta’sirida qolgan, sababi ushbu hududlar aholisi asosan Rossiya ommaviy axborot vositalarini kuzatadi”, dedi Jong‘ozi.

Jong‘ozining aytishicha, bu kabi xavflar rasmiylarning aholini ko‘chirishni boshlashiga uchun jiddiy sabab bo‘lgan. Natijada, asosan etnik qozoqlardan iborat janubliklar shimoliy hududlarga ko‘chirilmoqda.

Qozog‘iston hukumati shimolga ko‘chib o‘tadiganlarga ijtimoiy ko‘mak berib keladi va buni rasman janubda ortiqcha ishchi kuchi, shimolda esa iqtisodiy ehtiyoj mavjudligi bilan izohlaydi, dedi u.

Bundan tashqari, kuzatuvchilar 1998-yilda Qozog‘iston poytaxtining janubdagi Olmaotadan shimoldagi Ostonaga ko‘chirilishini mamlakatning o‘z hududini muhofaza qilishga intilishi sifatida baholaganlar.

Сизга мақола ёқдими?

Ca mobile no 96

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

7 ta fikr…

Галым | 2018-06-23

Yigitlar, siyosat – bu iflos o‘yin va afsuski, biz oshxonadagi suhbatlarimiz bilan ko‘p narsani o‘zgartira olmaymiz. Albatta, bularning bari o‘qiladi, u yoki bu mavzuda jamoatchilikning fikri haqida tegishli joylarga hisobot beriladi. Biz bu yerda bir-birimizga uqtirmoqchi bo‘layotganlarimiz quruq gapdan boshqa narsa emas. Menga o‘z fikrim – oddiy qozoq fuqarosining subyektiv fikrini bildirishga ijozat bering. Men hukumatimizni va hokimiyatga qoziq tishlari bilan yopishib olgan, o‘z o‘rnini boshqaga berishni istamayotgan insonni yoqtirmayman. Darvoqe, men buni yozishim kerak emasdi, sababi buning o‘ziga yarasha oqibatlari bor. Bizning Qozog‘istonda istagan odamni tanqid qilish mumkin, faqat buyuk va oliyjanob Nursulton Abishevichni emas. Shu sabab men rasman uni nazarda tutmaganimni e’lon qilaman. Biz hammamiz uni chin dildan yaxshi ko‘ramiz va hurmat qilamiz. U kishi yana ko‘p yillar davomida donolik va adolat bilan hukmdorlik qilishlarini orzu qilamiz. Buni protokolga kiritishingizni so‘rayman. Slavyan birodarlar! Mening turli millatlarga mansub ajoyib do‘stlarim bor. Ular orasida, ruslar, ukrainlar, ozarbayjonlar, armanlar, gruzinlar, qirg‘izlar, turklar va hatto, siz pindoslar deb ataydiganlaringiz ham bor. Ayrimlarning bir-birini yoqtirmasligi va bitta stol atrofida o‘tira olmasligi meni umuman qiziqtirmaydi. Men ularning hammasini mehmonga chaqirganman. Qayerda va kim bilan o‘tirish-o‘tirmaslikni esa ular o‘zlari hal qilib olganlar. Bizda Sovet davri juda ajoyib bo‘lgan edi, deyishni yaxshi ko‘rishadi. Ha, ayrim narsalar haqiqatda ajoyib bo‘lgan. Ammo, buning bitta “lekini” bor...

Владимир | 2018-05-04

Siz .com nashriga qarang, atayin soxta ma’lumotlar tarqatadilar, maqolaning chalasavod “tahlilchi” mualliflari (Solovyovlar) esa nizo urug‘ini sochmoqda, o‘ylab ko‘ring! (Vladimir Solovyov taniqli Rossiya tele va radio boshlovchisi, agressiv tashviqoti va Putinni qo‘llab-quvvatlashi bilan mashhur)

Василий | 2018-05-02

Одамлардан кимдир сўрадими? Қанақа агрессия? Ақлдан озганмисиз? Яна қандай мувозанат? Биз ҳар қандай айблов ва ҳужумларга қаршимиз! Янкилар ҳаммангизни гиж-гижлайдилар! Биз Сурияда тинчлик тарафдоримиз!

Галым | 2018-06-23

Nima uchun “ukalarimiz” deb atashni yoqtiradigan davlatlar qaytib Ittifoqqa qo‘shilishni istamaydilar? Chunki, doim qanday yashashni va kim bilan do‘st bo‘lishni o‘rgatib turishlari yoqmaydi. Kimnidir buyrug‘i bilan emas, o‘zimiz hal qilib yashagimiz keladi. “Qaqshagan jonzotmanmi yoki haqqim bormi?”, deb yozgandimi Dostoyevskiy? Siz qaysidir bir sabab bilan butun dunyoga qarshi bo‘lsangiz, nima uchun biz o‘z fikrimizga ega bo‘lmay, xuddi siz istagandek ish tutishimiz kerak? Balki ko‘zingizni ochish, Rossiya atrofida va uning ichida “churka”, “ukrop” va “qoralar” emas, balki tuppa-tuzuk odamlar yashashini tushunish vaqti kelgandir. Ularning ham o‘z fikrlari bor. Agar birodar bo‘lsak, men birodar deb bilgan ukrain yoki gruzin birodarlaringizga qarshi ekanligingizga qanday munosabat bildiray? O‘ylab ko‘ringchi, balki hamma muammo o‘zingizdadir?

Андрей | 2018-04-30

Chalasavod odamlarni Rossiya agressiyasi bilan qo‘rqitishni bas qiling. Rossiya xaritasiga nazar soling - ular avval o‘z yerlarida tartib o‘rnatib olsinlar.

Кайрат | 2018-05-03

Ammo shunday hududga ega Rossiya Federatsiyasi Suriya, Ukrainadagi nizolarda faol ishtirokchi. Duma va jurnalistlarning fikr-mulohazalaridan ham munosabat aniq. Shundan kelib chiqqan holda maqolaning matni adekvat yozilgan.

Георгий | 2018-04-27

Ular bilan do‘st bo‘lish kerak, ammo qurolni ham tayyor ushlash kerak...