Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya-Eron ittifoqi musulmon olamida ichki ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda

Salaam Times tahririyati kengashi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 2017-yil noyabrda Tehronda Suriya, Yaman va Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilish uchun uchrashdilar. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 2017-yil noyabrda Tehronda Suriya, Yaman va Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilish uchun uchrashdilar. (Kreml)

KOBUL – Moskvaning Tehron bilan tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalari musulmon olamida mazhablararo ziddiyatlarni kuchaytirmoqda va Eronning buzg‘unchilik faoliyati bilan muvofiqlashgan holda Kremlning o‘z ta’sirini oshirish niyatini fosh etmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimi Sovet Ittifoqi inqirozi va undan keyingi Rossiya Federatsiyasining xalqaro miqyosda ihotalanishidan so‘ng, yillar davomida Yaqin Sharq, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarda o‘z o‘rnini tiklashga harakat qilib kelgan.

So‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan voqealar Kreml o‘z taqdirini Eron bilan bog‘lashga ahd qilganini ko‘rsatmoqda. Afg‘onistondan Suriyagacha va Yamandan Iroqqacha Eronning nifoq soluvchi va bosqinchilik rejalari Rossiya qo‘llab-quvvatloviga sazovor bo‘layotgani buni yaqqol isbotlaydi.

Afsuski, mustahkamlanayotgan bu munosabatlar mazkur hududlarda yashovchi aholi uchun ayanchli oqibatlarga olib keldi.

15-aprel kuni Moskvada Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy boshchiligidagi Eron harbiy delegatsiyasi Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari, general Valeriy Gerasimov rahbarligidagi zobitlar bilan uchrashdi. (Eron mudofaa vazirligi)

15-aprel kuni Moskvada Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy boshchiligidagi Eron harbiy delegatsiyasi Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari, general Valeriy Gerasimov rahbarligidagi zobitlar bilan uchrashdi. (Eron mudofaa vazirligi)

Suriyada olingan suratda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Afg‘onistonning Fotimiyun diviziyasi jangchilari aks etgan. Ular Suriyada Rossiya armiyasi ko‘magida prezident Bashar Asad va Eronning mutaassib manfaatlarini himoya qilish yo‘lida jang qilmoqdalar. (File)

Suriyada olingan suratda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Afg‘onistonning Fotimiyun diviziyasi jangchilari aks etgan. Ular Suriyada Rossiya armiyasi ko‘magida prezident Bashar Asad va Eronning mutaassib manfaatlarini himoya qilish yo‘lida jang qilmoqdalar. (File)

Rossiya askarlari va samolyotlari Xmeymimdagi bazada. Ular bu yerdan turib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan isyonchi kuchlar bilan birga prezident Bashar Assad rejimini himoya qilish uchun kurashganlar. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya askarlari va samolyotlari Xmeymimdagi bazada. Ular bu yerdan turib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan isyonchi kuchlar bilan birga prezident Bashar Assad rejimini himoya qilish uchun kurashganlar. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya o‘tgan bir necha yil davomida BMT Xavfsizlik kengashida Eron va uning ittifoqchilarini, jumladan Suriya va Yamandagi xusiylarni himoya qilish uchun o‘zining veto huquqidan o‘n martadan ko‘proq foydalandi. Suratda Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya tasvirlangan. (Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakolatxonasi)

Rossiya o‘tgan bir necha yil davomida BMT Xavfsizlik kengashida Eron va uning ittifoqchilarini, jumladan Suriya va Yamandagi xusiylarni himoya qilish uchun o‘zining veto huquqidan o‘n martadan ko‘proq foydalandi. Suratda Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya tasvirlangan. (Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakolatxonasi)

Rossiyaning harbiy qudrati va uning BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy o‘rnidan foydalanib, Rossiya va Eron o‘n minglab odamlar hayotiga zomin bo‘lgan ittifoqni tuzishdi, u millionlab odamlarni boshpanasiz qoldirib, hududda shundoq ham mo‘rt va tang bo‘lib turgan mazhablararo nizolarni yuzaga keltirdi.

“Shia hilolini” qo‘llab-quvvatlash

Rossiya va Eronning so‘nggi paytlardagi hamkorligi Suriya prezidenti Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlashdan boshlangan. Asad otasi Hafiz kabi Tehron hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan anchadan beri yaqin aloqada bo‘lib kelgan.

Eron Suriyani “Shia hiloli” deb nomlangan hududda o‘z mazhabi ta’sirini kuchaytirish uchun muhim qurol sifatida ko‘radi. Shia hiloli – Erondan Livangacha aholisining ko‘pchiligi shialardan iborat bo‘lgan bo‘lgan davlatlarni oz‘ ichiga olgan hududdir.

Xususan, Eron uchun Suriya qo‘shni Livanga o‘tish va qurol-aslahalarni tashish uchun quruqlikdagi kanal sifatida xizmat qiladi. Tehron Livanda o‘zining azaliy dushmani – Isroilga qarshi kurashuvchi Hizbulloh siyosiy-harbiy guruhini qo‘llab-quvvatlab keladi.

Rossiya esa oz‘ navbatida Suriyani harbiy texnikalari mijozi sifatida qadrlaydi va Suriyaning Tartus shahridagi yagona O‘rtayer dengizi portiga kirish yo‘lini avaylab himoya qiladi.

Suriyada fuqarolik urushi boshlanishi bilan, Moskva AQSH hozir bo‘lgan hududlarda o‘zining harbiy qudrati va layoqatini qarshiliksiz namoyish etish va o‘z ta’sirini ko‘z-ko‘z qilish imkoniyatini topdi.

Asad rejimini saqlab qolish bo‘yicha umumiy manfaatning mavjudligi, deyarli sakkiz yillik urushdan keyin Rossiya va Eronning Suriya armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun qurol-aslaha, askarlar va mablag‘ yuborishiga sabab bo‘ldi.

Bu yordam, Suriyaning o‘zida 500 mingdan ortiq suriyalikning hayotiga zomin bo‘ldi va millionlab odamlarni boshpanasiz qoldirdi. Bu o‘limlar va darbadarlik Asad va Eronning mutaassib rejasiga qarshi bo‘lgan sunniylar boshiga tushdi.

O‘shandan beri, Rossiya-Eron ittifoqi Eronning mutaassib reja va maqsadlariga xizmat qilish yo‘lida ancha kengaydi.

Rossiya xalqaro maydonda tobora yakkalanib bormoqda, bunga sabab uning xorijiy mamlakatlarda saylovlarga aralashishi, qo‘shni davlatlarga nisbatan tajovuzi va avtokratik rejimlarni qo‘llab-quvvatlashidir. Oqibatda, u shu kabi siyosiy tang vaziyatdagi ittifoqdoshlariga, ayni holatda Eronga yuzlanishga majbur bo‘ldi.

Rossiya va Eron “terrorga qarshi kurash” niqobini o‘zining mutaassib va bosqinchilik maqsadlarini yashirish uchun uzoq vaqt davomida qo‘llab kelgan.

Ikki mamlakat Suriya muxolifati – o‘z xalqini gaz bilan zaharlagan diktatorga qarshi chiqqan fuqarolarni“Islom Davlati” (ID)va boshqa ekstremistik guruhlar bilan tenglashtiradi.

Rossiya va Eron o‘z ittifoqi va “aksilterror” hiylalariga har qachongidan ham ko‘proq ishonayotgan ko‘rinadi.

Rossiya veto huquqidan Eronning rejasini himoya qilish maqsadida foydalanmoqda

Harbiy va razvedka sohasidagi hamkorlikdan tashqari, Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining Eron va unga ittifoqdosh mamlakatlarga qarshi rezolyutsiyalarini bloklash uchun bir necha marotaba veto qo‘llagan.

Suriya hukumatini himoya qiluvchi o‘nlabvetolar, jumladan, rejimning tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol ishlatishini qoralovchi 10-aprel kungi rezolyutsiyaga to‘siq bo‘lgan vetodan tashqari, Kreml Eronni Yaman urushidagi hatti-harakatlari uchun ham jazodan qutqarib qoldi.

26-fevral kuni Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi rezolytsiyasi yo‘liga g‘ov bo‘ldi. Ushbu hujjatda Yamanda shialardan iborat isyonchi xusiylar tomonidan Eronga tegishli raketalarning qo‘llangani munosabati bilan Eronga bosim o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi.

Boshqa holatda 15 a’zodan iborat kengash osongina qabul qiladigan rezolyutsiyada Tehron qo‘llab-quvvatlaydigan xusiy isyonchilarga qurol yetkazib berishga nisbatan embargo muddatini va va Eronning ushbu embargoni buzganini aniqlagan ekpertlar guruhi mandatini uzaytirish ko‘zda tutilgan edi.

Uning o‘rniga, Xavfsizlik kengashi Rossiya tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu hujjat qurol-yarog‘ embargosi muddati va mandatni uzaytirishni ko‘zda tutgan bo‘lsa-da, unda Yamanda Eron qurollari borligi tilga olinmagan.

“Ikki yoqlama o‘yin”

Rossiya Afg‘onistonda ham Eronga sherik bo‘lib olgan va e’tiborlisi, u yerda o‘z maqsadlarni amalga oshirish uchun sunniylarning ekstremistik guruhidan foydalanadi.

Ikkala mamlakat ham Tolibon jangarilarini tayyorgarlikdan o‘tkazib, ularga mablag‘ va qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotganiga oid dalillar yetarli. Tolibon esa G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Kobul hukumatini ag‘darishga moyil ekanligi bilan mashhurdir.

Rossiya va unga qarashli ommaviy avborot vositalari tomonidan Afgonistondagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida millatlararo va dinlararo tanglikni kuchaytirishga urinish va mamlakat bo‘ylab soxta xabarlar tarqatish holatlari kuzatilmoqda.

Eronning Afg‘onistondagi elchisi Muhammad Reza Bahromiy 2016-yil dekabrda Eronning Tolibon bilan aloqalari borligini tan olgandi.

Ushbu e’tirof Eronning ikkiyuzlamachilik bilan makkorona o‘yin olib borganini tasdiqlaydi: mamlakat “vahhobiy terrorchilar”ga qarshi kurash iddaosi bilan Suriya va Iroqqa pul, qurol-yarog‘ va askar jo‘natib, bir vaqtning o‘zida Afg‘onistondagi Tolibonlar – nazariy jihatdan o‘zi qarshi bo‘lgan guruhga yordam bermoqda.

Afg‘on rasmiylari 2007-yildayoq Tolibonlarga mo‘ljallangan qurol-yarog‘ ortilgan karvon Afg‘oniston-Eron chegarasidan o‘tgani haqida xabarlar olinganini qayd etgan edilar.

Yaqin-yaqingacha Tolibon jangarilarining Rossiya va Eronda ishlab chiqarilgan qurollardan foydalanishi holatlari tez-tez uchrab turardi.

Rossiya IDga qarshi kurash maqsadida Tolibon jangarilarini qo‘llab-quvvatlayotganini aytsa-da, afg‘on rasmiylariga ko‘ra, Kreml Afg‘oniston hukumatining xavfsizlikka oid choralari va terrorizmga qarshi kurashiga putur yetkazmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

eron rossiya bilan aloqasini yaxshilab borishi kk

Javob berish

Demak koʻproq sanksiyalar joriy qilish kerak

Javob berish

uluma qosilmaymin. qate jazilgan. Rassiyaga til tiygizben! qayta amerika ham evropa terorizimdi qollap quwatlaydi! Rassiya super zor!

Javob berish

Borib turgan demagogiya

Javob berish