Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-07 | Diplomatiya

Olmaota anjumani: Kremlning siyosati Qozog‘istonni o‘z yo‘lini tanlashga majbur qilmoqda

19-20-aprel kunlari Olmaotada bo‘lib o‘tgan 14-Risklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro anjuman, Kremlning o‘z qo‘shnilari va dunyo boshqa mamlakatlariga nisbatan olib borayotgan agressiv siyosati nafaqat Yevropa kuzatuvchilari, balki rossiyalik mutaxassislarini ham tashvishga solmoqda. (Ksenia Bondal)

Kseniya Bondal

OLMOTA – Kremlning qo‘shni davlatlar va global hamjamiyatga nisbatan agressiv munosabati yaqinda Olmaotada bo‘lib o‘tgan Risklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro anjumanda muhokama etilgan mavzulardan biri bo‘ldi.

14 yildan beri ushbu anjuman butun dunyodagi kompaniyalarga xatar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan geosiyosiy masalalarni muhokama qilish maqsadida yuzlab iqtisodchilar, siyosatshunoslar, sug‘urta kompaniyalari va moliyachilarni bir joyga to‘plab kelgan.

19-20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan anjumanda bildirilgan xavotirlar nafaqat g‘arb iqtisodchi va siyosatshunoslar, balki rossiyalik mutaxassislar tarafidan ham yangragan.

Ostonadagi Oq O‘rda prezident qarorgohi, mart. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yillar davomida Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lgan Qozog‘iston endi o‘zining geosiyosiy yo‘lini tanlamoqda, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yaqin aloqalarni kuchaytirmoqda. (Vladimir Tretyakov)

Rossiya nizo chegarasida “o‘yinga tushmoqda”

O‘zida muammolar qalashib yotgan bir vaqtda, Rossiya postsovet hududi va Suriya bilan ovora bo‘lib qolgan, deydi anjumanda qatnashgan Moskva Oliy iqtisod maktabi siyosatshunosi Sergey Medvedev.

Rossiya aholisi qashshoqlikdan aziyat chekayotgan bir davrda, uning muassasalari inqirozga uchramoqda, deydi u.

Rossiya va g‘arb, ayniqsa Amerika Qo‘shma Shtatlari orasidagi nizolar jadal kuchayib bormoqda, dedi Olmaotada joylashgan “Eurasia Insurance Co.” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Boris Umanov.

Kreml qayta-qayta Amerika Qo‘shma Shtatlari orasidagi nizo chegarasiga yaqinlashib, uning ustida raqsga tushmoqda, dedi u. Rossiya chegarani bosib o‘tib, haqiqiy nizoga sabab bo‘lsa, mudhish holatga tushib, afsuslanib qoladi, deb qo‘shimcha qildi u.

Rossiya uchun o‘zidan ancha qudratli Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yomon munosabatda bo‘lish yaxshilik bilan tugamaydi, dedi asli moskvalik Chikagoda yashovchi iqtisodchi Konstantin Sonin anjuman chog‘ida.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyoda o‘z aholisining turmush standartlariga ta’sir etmasdan, xalqaro savdoni to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘lgan yagona davlat”, dedi u. “Rossiya uchun Qo‘shma Shtatlar va Yevropa bilan yomon munosabatda bo‘lish yaxshi emas.”

“Telegram ishi” Rossiyaning ichki mojarolarini yaqqol ko‘rsatdi

“Rossiya siyosiy institutlarining qanday ekanligi Roskomnadzor (Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari ustidan Rossiya federal nazorat xizmati) va VK (VKontakte) ijtimoiy tarmog‘i va Telegram xabar almashish ilovasi asoschisi Pavel Durov o‘rtasidagi mojarodan ham ko‘rinib turibdi”, dedi Medvedev hukumatning so‘z erkinligidan xavfsirashini nazarda turib.

Roskomnadzor mamlakat senzoridir.

Durov Rossiya razvedkasi yozishmalarning shifrlash kalitlarini talab qilganiga rad javob berganligi uchun Moskva sudi 16-apel kuni Telegramni bloklab qo‘ydi.

Mahalliy internet xizmatlari provayderlari bu qarorga bo‘ysunib, Amazon va Google platformasidagi 15,8 millionta IP-manzilni blokladi, bu esa onlayn banking va savdo xizmatlarida nosozliklarga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi The Verge nashri 3-may kuni.

Bir necha kun avval Rossiya 50 ta internet-anonimayzer va VPN xizmatini bloklab Telegramdan foydalanishga to‘sqinlik qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rdi, deb xabar berdi Meduza nashri.

Putin “Menga quloq soling” deb hayqirmoqda

1-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal majlisga murojaatnomasi Kremlning tajovuzkorlik maqsadlari va Rossiyaning susayib borayotgan geosiyosiy ta’siri haqidagi tashvishlariga yana bir misol bo‘la oladi.

“Nutq vaqtida Putinning birdan-bir xitobi “Sizlarni menga quloq solishga majbur qilaman” degani bo‘ldi”, deydi Medvedev.

Putinning 19 yillik hukmronligi davrida Markaziy Osiyo va undan tashqarida Rossiya o‘z maqsadlari yo‘lida harbiy salohiyatini oshirib, bir qator kichik sabablarni ham oqlov sifatida qo‘lladi.

1-mart kuni Putin Rossiyaning yangi avloddagi “ko‘rinmas” qurol yaratgani haqida e’lon qildi”, mudofaa tahlilchilari va kuzatuvchilar buni siyosiy maqsadlar yo‘lida o‘ylab topilgan da’vo ekanini aytdilar.

“Hech kim bizga quloq tutishni istamadi. Endi quloq soling”, dedi u Kreml xabariga ko‘ra.

“Nima sababdan G‘arb davlatlari unga quloq tutishi kerakligi noma’lum”, deydi Medvedev. “U xuddi “menga quloq soling, men bilan gaplashing” deyayotgan, burchakka turib olgan xafa odamga o‘xshaydi. Bunday xulq-atvorni tushuntirib berish – psixiatrlarning ishi.”

Rossiyaning avvalgi ittifoqchilari o‘zlarini olib qochmoqdalar

2014-yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilib, sharqiy Ukrainada urush boshlaganidan keyin, u o‘z atrofida qo‘rg‘on yasab, avval ittifoqchi bo‘lgan davlatlardan, ayniqsa Belarus va Qozog‘istondan uzoqlashisha boshladi.

Rossiyaning uzoq yillar davomidagi ittifoqchisi bo‘lgan Qozog‘iston ayni vaqtda o‘zning geosiyosiy yo‘lini tanlamoqda, jumladan, Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalarni yaxshilamoqda, dedi Medvedev.

Putin maqsadlarini ilgari suruvchi Rossiya televideniyesining tok-shousi boshlovchisi Vladimir Solovyov o‘z ko‘rsatuvida Rossiya va Qozog‘iston orasidan nimadir o‘tganini tilga oldi, deb yozadi Zakon.kz nashri.

“Qozog‘iston bilan munosabatlarimiz haqida biz bilmagan narsalar bormi? Oramizdan qora mushuk o‘tdimi? Yoki Qozog‘istonga mo‘ljallangan yana bir maydonni kutishimiz kerakmi (Ukraincha Kremlga qarshi harakat)?”, dedi Solovyov Rossiyaning “Birinchi kanal”dagi jonli efirda.

Bu bilan u 14-aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashida Suriyada koalitsiyaning havo hujumlariga qarshi Rossiya tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya loyihasiga nisbatan Qozog‘istonning betaraf qolganini nazarda turgan.

“Rossiyaning barcha qilgan “yaxshiliklari” uchun dunyoda uni yoqtirgan biror davlat yo‘q”, dedi Chikago universiteti iqtisodchisi Sonin.

Qozog‘iston kabi boshqa davlatlar ham Rossiya bilan sabrli munosabatda bo‘lishlarini umid qilishi mumkin, dedi u anjuman vaqtida.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 95

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

1 ta fikr…

Алибек | 2018-05-22

AQSH bizga dushman emas, Rossiyadan uzoqlashishimiz kerak, ammo undan ham katta tahdid bu – Xitoy. Biz bilan G‘arb investorlari qiziqayotgan vaqtda Xitoy pulini nima keragi bor? Xitoy bizni hurmat qilishi uchun Amerika harbiy bazasini Olmaotaga joylashtirish kerak.