Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-05-14 | Diplomatiya

Mirziyoyevning AQSHga tashrifi strategik hamkorlikning yangi davrini boshlab bermoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qo‘shma Shtatlarga bo‘lajak tashrifi mintaqaviy va xalqaro OAV va mutaxassislarning mislsiz e’tiborini tortmoqda. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – O‘zbekitonning islohotchi prezidenti Vashingtonga o‘zning ilk rasmiy safariga tayyorlanar ekan, o‘zbekistonliklar AQSH bilan hamkorlik tuzilishidan farovonlik va xavfsizlikka umid qilmoqdalar.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga safari 15-17-may kunlariga rejalashtirilgan. Prezident u yerda AQSH prezidenti Donald Tramp hamda Davlat departamenti, kongress va Jahon Banki rasmiylari bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Ikki davlat rahbari “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan qo‘shma rezolyutsiyani qabul qilishni rejalashtirganlar, deb xabar beradi Mirziyoyev matbuot xzimati.

O‘zbekistonlik jurnalistlar Vashingtondagi matbuot markazida Mirziyoyevning tashrifini yoritish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdalar, Vashington, Kolumbiya okrugi, 12-may, 2018-yil. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (chapdan ikkinchi) va AQSH prezidenti Donald Tramp (o‘ngdan ikkinchi) o‘z rafiqalari bilan, Nyu-York, 23-sentabr. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

Ushbu “tarixiy” sammitda “O‘zbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish jarayoni, savdo va investitsiyalarga oid hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi” kabilar muhokama qilinadi, deyilgan Oq Uy bayonotida.

Bu Mirziyoyevning AQSHga ikkinchi safaridir. U o‘tgan yili sentabr oyida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etgan edi.

O‘sha safar chog‘ida Mirziyoyev Amerika korporatsiyalari bilan shartnoma tuzgan, ularning qiymati qariyb 2,6 milliard AQSH dollariga (20,9 trillion o‘zbek so‘mi) teng bo‘lgandi.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish

O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka katta e’tibor qaratishni rejalashtirgan, deb xabar beradi Mirziyoyev matbuot xizmati.

Ushbu muzokaralar oldidan Mirziyoyev Toshkenda 12-may, shanba kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Josef Votel bilan uchrashdi.

Mirziyoyev va Votel xavfsizlik va harbiy hamkorlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralarini muhokama qildilar.

Ular “O‘zbekiston prezidentining Qo‘shma Shtatlarga bo‘lajak tashrifi O‘zbekiston va Amerika hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdilar”, deb xabar beradi Mirziyoyev matbuot xizmati.

Bu AQSH Qurolli Kuchlari yuqori qo‘mondonligining va o‘zbek rasmiylarining ikkinchi rasmiy uchrashuvidir.

22-fevral kuni AQSH havo kuchlarining janubi-g‘arbiy Osiyodagi markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general-leytenant Jefrey Xarigan Toshkentga tashrif buyurgan edi.

“Tarixiy” tashrifni yoritish

O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari sammitni yoritishga ustuvor ahamiyat qaratgan.

Mirziyoyevning matbuot xizmati Vashingtonda prezidentdan avval AQSHga yetib kelgan 80 ta o‘zbek jurnalisti, tarjimonlar va boshqa OAV xodimlari uchun matbuot xonasini tashkil etdi.

Ular Mirziyoyevning safarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish uchun #UzbUSA2018 heshtegini tanladilar.

“Mirziyoyevning tashrifi haqiqatdan ham tarixiy voqea”, dedi ayni damda Qo‘shma Shtatlar Bosh shtabi raisining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi va AQSHning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Richard Norland shanba kuni Vashingtonda o‘zbek jurnalistlariga.

“Men Vashingtonda O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik o‘rnatilishidan manfaatdor insonlarni bilaman”, dedi u.

Mirziyoyev “Amerika tomoniga ko‘p narsa bera oladigan” vaqtda tashrif buyuryapti, dedi Vashingtonda joylashgan tahliliy markaz Xadson universiteti tadqiqotchisi Aparna Pande.

“O‘zbekiston ijtimoiy siyosat, inson huquqlarini himoya qilish va iqtisodiy jihatdan ochiqroq bo‘ldi”, dedi u shanba kungi suhbatda. “O‘zbekiston tashqi sarmoyalar uchun ochildi va tashqi savdoni kuchaytirish niyatida.”

“O‘zbekiston-24” davlat telekanali shanba kuni kechki praym-taym vaqtini AQSH elchisi Pamela Spratlen bilan intervyu uchun ajratdi, unda rasmiy tashrif va ikki davlat aloqalari rivoji muhokama qilindi.

Spratlen bilan o‘tkazilgan intervyu videosi Mirziyoyevning Facebookdagi rasmiy sahifasida e’lon etildi, ilk uch kun ichida uni 23 mingdan ortiq kishi tomosha qildi.

Ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilanishiga umid katta

O‘zbeklar o‘z vatanlarida ikki tomonlama aloqalarning yanada rivojlanishidan umidvorlar.

“Hukumatimiz Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishonchsizlik bilan qaragan yillar ham bo‘ldi”, dedi Karvonsaroyga samarqandlik 32 yashar Nigora Mamadaliyeva. “U davrlar o‘tdi, endi mamlakatlarimiz bir-biriga ko‘proq ishonishi va viza talablarini soddalashtirishlarini xohlagan bo‘lardim”.

Ayrim fuqarolar ushbu uchrashuv sabab O‘zbekistonga AQSHdan ko‘proq sarmoyalarning kirib kelishiga va qo‘shma korxonalar ochilishiga umid qilmoqdalar.

“Amerika ishbilarmonlarining O‘zbekistonga kiritajak sarmoyalari mamlakat iqtisodiyotida jiddiy o‘sishga sabab bo‘ladi”, deydi toshkentlik 21 yashar Azamat Yirchayev Karvonsaroy bilan suhbatda. “Coca-Cola” va “General Motors”ga tegishli korxonalar bu yerda ko‘p yillardan beri ishlab kelmoqda”.

Joriy yilda boshqa bir necha yirik AQSH kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishi kutilmoqda.

“Mirziyoyevning bo‘lajak tashrifi mamlakat aholisining misli ko‘rilmagan qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Zero, Mirziyoyevning tashqi siyosati u olib borayotgan siyosatning eng kuchli jihatlaridan biri sanaladi”, dedi toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xan “Karvonsaroy nashriga”.

“O‘zbekistonliklar Amerika investitsiyalari sababli turmush darajasining yaxshilanishi hamda AQSH bilan do‘stona aloqalar tufayli xavfsizlikning mustahkamlanishidan umidvor”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 33

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

1 ta fikr…

Нико | 2018-05-21

Amerika burun dunyoning dushmani.