Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-17 | Ommaviy axborot vositalari

Markaziy Osiyoda media-savodxonlikni oshirishga qaratilgan YI loyihasi amalga oshiriladi


YIning Qozog‘istondagi vakili Zoltan Szalai Markaziy Osiyoda OAV savodxonligini oshirish loyihasini taqdim etmoqda, Ostona, 15-may. (Aydar Ashimov)

YIning Qozog‘istondagi vakili Zoltan Szalai Markaziy Osiyoda OAV savodxonligini oshirish loyihasini taqdim etmoqda, Ostona, 15-may. (Aydar Ashimov)

Aydar Ashimov

OSTONA – Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Internews” xalqaro nodavlat tashkiloti Markaziy Osiyo bo‘ylab media-savodxonlikni oshirish va radikalizmni bartaraf etishga qaratilgan 18 oylik loyihani boshladi.

“Markaziy Osiyoda OAV savodxonligini oshirish, xabar berish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish orqali barqarorlik va tinchlikka hissa qo‘shish” deb nomlangan loyiha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Uzbekiston va Turkmanistonga mo‘ljallangan.

Aprel oyining boshida ishga tushgan va 2019-yilning sentabr oyigacha davom etadigan loyiha uchun YI 3,3 million yevro ajratdi.


Markaziy Osiyo jurnalistlari 15-may kuni Ostonada o‘tkazilgan YI loyihasi taqdimotida ishtirok etdilar. Loyiha doirasida jurnalistlarga ekstremizmga oid mavzularni yoritsh bo‘yicha saboq beriladi. (Aydar Ashimov)

Markaziy Osiyo jurnalistlari 15-may kuni Ostonada o‘tkazilgan YI loyihasi taqdimotida ishtirok etdilar. Loyiha doirasida jurnalistlarga ekstremizmga oid mavzularni yoritsh bo‘yicha saboq beriladi. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istondagi YI vakili 15-may, seshanba kuni Ostonada loyihani taqdim etar ekan, “YI so‘z erkinligi, axborot olish erkinligi va ko‘p millatli jamiyatlarda barchaning fikri hisobga olinishini doim himoya qilgan va himoya qiladi”, deb aytgan.

“Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari “Islom Davlati” (ID) kabi radikal va terrorchilik tashkilotlari tomonidan ham foydalaniladi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “ID internet orqali ommaviy qatlni namoyish qilgani va o‘z mafkurasini yoygani barchamiz yaxshi eslaymiz.”

Shu sababli aholiga media-savodxonlikni oshirivchi saboqlarni berishimiz va jurnalistlarga mavzuni yoritishga yordam beradigan qo‘shimcha bilim berishimiz kerak, dedi u.

Jiddiy muammoni hal qilish

Loyiha “yuqori sifatli media-kontent yaratish masalalarida jurmalistlar va fuqarolik liderlari imkoniyatini oshirish, shu bilan birga, oddiy fuqarolar va qaror qabul qiluvchilarning axborot qabul qilish darajasini oshirishga qaratilgan”, deydi Markaiziy Osiyodagi Internews idorasi rahbari Marat Bigaliyev Karvonsaroy nashriga.

“Biz bir-birimizni xabardor qilishimiz kerak, chunki muammo o‘ta jiddiy”, dedi u.

Bu sa’y-harakatlar jurnalistlar, fuqarolik faollari va OAV mutaxassislari imkoniyatlarini oshirish orqali mintaqada radikallashuvni bartaraf etishga ko‘maklashuvchi milliy va mintaqaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar beradi Internews.

Loyiha doirasida tadqiqotchilar ekstremistik g‘oyalarga moyillikning paydo bo‘lish sabablarini o‘rganish ustida ishlaydilar. Tajribali OAV murabbiylari Markaziy Osiyo jurnalistlariga ekstremizmga bog‘liq masalalarni qanday yoritishni o‘rgatadi.

Loyiha doirasida OAV savodxonligini oshirish, media-forumlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun OAVga texnik yordam taqdim etiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar 0

Captcha