Karvonsaroy
Diplomatiya

O‘zbekiston va AQSH strategik hamkorlikning “tarixiy” davriga qadam qo‘ymoqda

Maksim Yeniseyev

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z delegatsiyalari bilan birgalikda 16-may kuni Oq Uyda uchrashdilar. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z delegatsiyalari bilan birgalikda 16-may kuni Oq Uyda uchrashdilar. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

TOSHKENT – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga ilk rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan bitimlar orqali O‘zbekiston va AQSH strategik sheriklikning yangi davri boshlanganini e’lon qildi.

15-17-may kunlari amalga oshirilgan tashrif chog‘ida Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Tramp keng ko‘lamli shartnomalar, jumladan, milliy xavfsizlik masalalari, millatlararo madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishida AQSHning ko‘magi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

O‘zbekiston televideniyesi va Facebook tarmog‘ida keng yoritilgan ikki prezident uchrashuvini yuz minglab odamlar tomosha qildi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

“Qo‘shma Shtatlarda juda katta o‘zbek diasporasi bor, biz ular bilan juda yaqin aloqadamiz. Prezidentimizdan mamnunman, u to‘g‘ri qaror qabul qildi”, deydi toshkentlik 27 yashar Kamola Saidmuhamedova Karvonsaroy bilan suhbatda.

17-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mattis bilan Pentagonda ikki davlat o‘rtasida birinchi bech yillik harbiy hamkorlik rejasini muhokama qilish uchun uchrashdi. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

17-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mattis bilan Pentagonda ikki davlat o‘rtasida birinchi bech yillik harbiy hamkorlik rejasini muhokama qilish uchun uchrashdi. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha bosh yordamchisi Elis Uells va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 17-may kuni Vashingtonda ikkita shartnomani imzoladilar. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha bosh yordamchisi Elis Uells va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 17-may kuni Vashingtonda ikkita shartnomani imzoladilar. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

Ikki prezident uchrashuvidan ta’sirlangan o‘zbekistonlik shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev “O‘zbekiston-Amerika” she’rini bitib, uni Mirziyoyevning Facebook sahifasiga joyladi. U ikki mamlakat orasida illiq munosabatlar boshlanganidan xursand.

“Bu shartnoma haqiqatdan ham “tarixiy” deb nomlanishga loyiq, chunki necha yillardan beri birinchi marta O‘zbekiston AQSHga nisbatan aniq va to‘g‘ri pozitsiyani egalladi”, deydi toshkentlik siyosatchunos Umid Asatullayev Karvonsaroy nashriga.

“O‘zbekiston endilikda AQSH muhim va qadrli hamkor ekanligini butun dunyoga bildirib qo‘ydi”, dedi u.

Tijoratni rivojlantirish va biznes-muhitni yaxshilash

“Prezident Mirziyoev O‘zbekistondagi biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, AQSH kompaniyalari va investorlari uchun o‘z bozorlarini ochishga va’da berdi”, deyiladi Oq Uy bayonotida.

O‘zbekiston va AQSH to‘liq amalga oshgan taqdirda umumiy qiymati 4,8 milliard AQSH dollarini (38 trillion o‘zbek so‘mi) tashkil etuvchi 20 dan ortiq yirik shartnomalarni imzoladilar.

Buning natijasida yaratilgan ish joylari raqami hali hisoblab chiqilmagan, ammo ba’zi Amerika kompaniyalari yangi loyihalarni e’lon qilishgan.

15-may kuni O‘zbekistonning Jizzax Petroleum va AQSHning Honeywell UOP kompaniyalari Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun litsenziyalash va muhandislik shartnomalarini imzoladilar, bu zavod yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlaydi.

16-may kuni AQSHning General Electric kompaniyasi O‘zbekistonning O‘zbekenergo korxonasi bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi, unga ko‘ra, Toshkent issiqlik elektrostansiyasida quvvati 660 mVga teng energoblok barpo etiladi.

Mirziyoevning tashrifi doirasida O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi amerikalik hamkorlar bilan turli bitimlar tuzdi.

Jumladan, AQSHning WCC International kompaniyasi O‘zbekiston mahsulotlarining AQSH bozoriga uzluksiz kirishni ta’minlash uchun qo‘shma loyihani amalga oshirishga kelishib oldi. Rejaga ko‘ra, bunday mahsulotlarni elektron platformalarda, ayniqsa Amazonda targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan.

“Biz bu masalada ma’lum darajada muvaffaqiyatga erishdik”, dedi O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jaev 17-may kungi bayonotida. “Ayni damda Amazon rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqdamiz va memorandum loyihasini ishlab chiqmoqdamiz.”

O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishiga yordam berish

Mirsiyoyev va Tramp uchrashuvining yana bir muhim natijasi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida AQSHning ko‘magiga oid shartnoma edi.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun o‘z savdo rejimini liberallashtirishga qaratilgan islohotlariga ko‘maklashadi va ularni qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar beradi Mirziyoevning rasmiy sayti.

Kelishuvlar doirasida USAID Tashqi savdo vazirligiga amaliy ko‘mak ko‘rsatadi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zolik dunyoga O‘zbekistonning xalqaro savdo hamjamiyatiga a’zo ekani va biznes uchun ochiq ekanini bildiruvchi muhim belgi sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu haqda USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Gari Robbins 14-may kuni Toshkentda o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi AQSH elchixonasi.

“O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a‘zo bo'lishi O‘zbekiston bilan JSTning boshqa a’zolari, jumladan, AQSH bilan ikki tomonlama savdo hajmini oshiradi”, dedi u.

5 yillik harbiy hamkorlik rejasi

O‘zbekiston va AQSh rahbarlari o‘tgan yil imzolangan besh yillik harbiy hamkorlik rejasini amalga oshirish orqali mudofaa aloqalarini mustahkamlash masalasini ham muhokama qildilar.

Mirziyoev 17-may kuni Pentagonda AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mattis bilan ushbu rejani muhokama qildi. U birgalikda ishlashga tayyor ekanligi uchun Vashingtonga minnatdorchilik bildirib, uning mamlakati tajriba almashish va hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini aytdi.

“O‘tgan yili yozda imzolangan besh yillik rejamiz harbiy sohadagi o‘zaro hamkorligimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”, deb aytgan Mattis AQSH mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra.

“O‘zbekiston va NATO mintaqaviy xavfsizlik masalasida umumiy manfaatlarga ega va biz O‘zbekiston bilan terrorizmga qarshi kurash va chegara xavfsizligi borasida yanada yaqinroq ishlashni rejalashtirmoqdamiz”, dedi u.

Mirziyoev va Trump shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni boshqarish va Afg‘onistondagi mojaroni hal qilish yo‘llari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Mirziyoyev Afg‘oniston rahbariyati va mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shayotgan Shimoliy taqsimot tarmog‘i loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Qo‘shma Shtatlar texnologik jihatdan dunyodagi eng qudratli harbiy kuchlarga ega”, - deydi toshkentlik siyosatshunos Asatullaev Karvonsaroyga.

“O‘zbekiston qurolli kuchlari asosan, sovet qurollari va o‘sha davrdan qolgan eskicha taktik usullarini qo‘llaydi”, dedi u. “Biz zamonaviy tajribani, ayniqsa uchuvchisiz uchar qurilmalar, robotlar va yuqori texnologiyalardan foydalanishni o‘zlashtirishimiz zarur”.

Amerika OAV va ta’lim tashkilotlariga yo‘l ochilmoqda

Prezidentlar O‘zbekiston va AQSH xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

“Avvalgi prezident Islom Karimov va uning ma’muriyati Amerika ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlariga nisbatan ishonchsizligini yashirib, (O‘zbekiston hududida) ularning har qanday faoliyatini taqiqlagan edi”, dedi Asatullayev.

Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari va OAVni akkreditatsiyadan o‘tkazadi.

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-may kuni ushbu sohada ikkita shartnoma imzoladilar.

Birinchi memorandumga ko‘ra, O‘zbekiston va AQSH universitetlari o‘rtasida uch yillik almashuv dasturini yo‘lga qo‘yish, ikkinchidan, ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan dasturlarni O‘zbekiston bo‘ylab moliyalashtirishni kengaytirish ko‘zda tutilgan. Dasturlarning qolgan tafsilotlari ishlab chiqilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tramp ham “taxt tagida” yuradi. Garchi Helsinkigacha masofa saqlaydi (hozircha).

Javob berish