http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/05/24/feature-02
| Yoshlar

Qozog‘iston hukumati yoz oylarida yoshlar uchun 18 mingta ish o‘rnini yaratadi

Ksenia Bondal

Shahar markazida sayr qilayotgan yoshlar, 23-may. Qozog‘iston hukumati yoz oylarida 18 mingta ish o‘rni yaratishni rejalashtirdi. (Ksenia Bondal)

OLMAOTA – Din ishlari va fuqarolik jamiyati vazirligi xabariga ko‘ra, Qozog‘iston yoshlarini ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyiha shu yil yoz oylarida mamlakat yoshlari uchun 18 mingta ish o‘rnini tashkil etadi.

Jasil el (Yashil el) loyihasi 2005-yildan buyon amalga oshirilmoqda va Qozog‘istondagi hukumat tomonidan moliyalashtiriluvchi eng yirik loyiha hisoblanadi. Loyiha doirasida mamlakat bo‘ylab yoshlar yoz oylarida ko‘chatlar ekish va yashil zonalar barpo etish uchun mehnatga jalb qilindadilar.

Loyiha yozda yoshlarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanishiga imkon beradi, deydi vazirlikning yoshlar siyosati bo‘limi rahbari Askhat Oralov Karvonsaroy nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha yoshlarga davlat va xususiy tashkilotlarda vaqtinchalik ishga joylashishga ko‘maklashadi.

“Ular turli ko‘chatlar ekish, xiyobonlar, bog‘lar va boshqa jamoat joylarida atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadilar”, dedi Oralov. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab olib borilishi rejalashtirilgan, deb qo‘shimcha qildi u. Dasturda har qanday o‘rta maktab yoki kollej talabasi, shuningdek, ishsiz yoshlar va qishloq aholisining yoshlar qatlami ishtirok etishi mumkin.

Hukumat yoz davomida ish beruvchilar to‘lagan maoshdan tashqari loyiha ishtirokchilariga har oyda 35 ming tenge (deyarli 108 AQSH dollari) to‘lash uchun 637 million tenge (1,9 million AQSH dollari) ajratdi.

Yoshlar radikallashuvini bartaraf etish

Loyiha muvaffaqiyati ikkita natijada ko‘rinadi, dedi Olmaotada joylashgan Markaziy Osiyo Strategik tadqiqotlar instituti rahbari Anna Gusarova.

Birinchidan, yoshlar uchun yoz davomida uzoq muddatli, raqobatbardosh oylik to‘laydigan ish joylari taqdim etish, dedi u. Ikkinchidan esa, yoshlar orasida radikallashuvni bartaraf etish.

“Ish bilan ta’minlashning o‘zi radikallashuv masalasini hal qilmasligini tushunish kerak”, dedi Karvonsaroy nashriga.

“Bandlik bilan bir qatorda, ta’lim, madaniyat, fan, musiqa va sport sohalaridagi chora-tadbirlar ham muhim; boshqacha qilib aytganda, siyosiy hayotda ishtirokni ta’minlash uchun jamiyat darajasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish kerak”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
5
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha
Аяз | 2018-05-24

​Ahmoqlar. Maosh 35 ming tenge (107,4 AQSH dollari) )))))) Radikallashuv))). Agar maoshni 200 foizga oshirsangiz hamma muammolar yechim topadi, (terrorchilik qilish o‘rniga) yoshlar chet elga dam olgani borishadi. ​

Javob berish