Karvonsaroy
Terrorizm

“Islom davlati” yo‘lboshchilarsiz qolmoqda

Xolid al Taiy

Hindistonlik namoyishchilar “Islom davlati” yo‘lboshchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning suratini yoqishmoqda, Nyu-Dehli, 9-iyun, 2017-yil. ID rahnamolarining vafotidan so‘ng, al-Bag‘dodiy guruhni boshqara olmayapti. (Prakash Sinx/AFP)

Hindistonlik namoyishchilar “Islom davlati” yo‘lboshchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning suratini yoqishmoqda, Nyu-Dehli, 9-iyun, 2017-yil. ID rahnamolarining vafotidan so‘ng, al-Bag‘dodiy guruhni boshqara olmayapti. (Prakash Sinx/AFP)

“Islom Davlati” 2014-yilda Iroqning bir necha hududlarini egallab olishi ortidan, uni bu yerlardan siqib chiqarish maqsadida olib borilgan urushlar natijasida guruh ko‘pgina rahbarlarini yo‘qotdi.

To‘qnashuvlar natijasida “ID guruhiga asos solgan va uning tuzilmasida yuqori o‘rinlarni egallagan 48 rahbardan 43 nafari halok bo‘lgan”, deydi xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Jassim Hanoun.

Shu bilan birga, ID o‘zining eng sara dala qo‘mondonlari va “moliyaviy manbalarini himoya qilishga mas’ul” shaxslaridan ham ayrilgan, deydi Hanoun. Ularga qaratilgan havo zarbalari “guruh tuzilmasining qulashiga sabab bo‘ldi”, deb qo‘shimcha qildi u.

Ko‘zga ko‘ringan rahbarlar yo‘q qilindi

Halok bo‘lgan eng taniqli ID yo‘lboshchilaridan biri Abu Muhammad al Adnoniy ismi bilan tanilgan guruhning yetakchi strategi va tashviqotchi rahnamosi edi.

2014-yilning iyun oyida olingan videoda “Islom davlati” yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z xalifaligini tuzishi haqida e’lon qilmoqda. U yashirincha hayot kechiradi va kamdan-kam hollarda ko‘rinish beradi. (File)

2014-yilning iyun oyida olingan videoda “Islom davlati” yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z xalifaligini tuzishi haqida e’lon qilmoqda. U yashirincha hayot kechiradi va kamdan-kam hollarda ko‘rinish beradi. (File)

Al-Adnoniyning asl ismi Taha Subhi Falaha bo‘lib, u 2016-yilning avgust oyida Halabda koalitsiyaning havo hujumlari natijasida o‘ldirilgan, deb tasdiqlagan Pentagon.

Bir oy avval guruhning yetakchi qo‘mondoni Abu Umar al-Shishaniy Iroqning Sharqat shahrida oldirilgani tasdiqlandi, uning asl ismi Tarkan Batirashvili bo‘lgan.

Shuningdek, IDning dala qo‘mondoni, Abu Vahib al-Fahdaviy al-Dulaymiy nomi bilan tanilgan Anbar Shakir Vahib ham yo‘q qilingan.

Iroq shaharlarining ID tomonidan qo‘lga olinishini boshqargan Fadhil Ahmad Abdulloh al-Hayaliy 2015-yilda koalitsiya havo hujumlari davomida halok etilgan. Uning Abu Muslim al-Turkmaniy, Hajj Mutaz va Abu Mutaz al-Qurayshiy kabi bir nechta taxallusi bor edi.

ID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari Abu Alaa al-Afriy ismi bilan tanilgan Abdul Rahman al-Qadouliy 2015-yilda Iroqda olib borilgan harbiy operatsiya chog‘ida yo‘q qilingandi.

IDning yana bir yirik liderlaridan Abu Abdul Rahman al-Baylaviy nomi bilan tanilgan Adnan Ismoil Najm Abdulloh al-Dulaymiy ham 2014-yilda Iroq harbiy kuchlari tomonidan o‘ldirilgan. U guruhning harbiy kengashiga rahbarlik qilgan.

Rahbarlar tanqisligi

“ID tomonidan yaqinda uyushtirilgan pistirmali va alohida hujumlar dunyoga ular hamon o‘z qudratini saqlab qolganini bildirish uchun edi”, deydi Hanoun.

“Ammo, bu hujumlar “rejalar tuzuvchi markaziy rahbariyat” yo‘qligini fosh etdi”, deydi u, “oson nishonlarga qaratilgan mayda hujumlar qochayotgan ID a’zolari tomonidan amalga oshirilayotganini” ta’kidlar ekan.

ID guruh yetakchilari tomondan qabul qilinadigan qarorlarsiz, har bir a’zo yoki bo‘linma mustaqil ravishda faoliyat olib boradigan holga kelib qolgan, dedi xavfsizlik mutaxassisi Fadel Abu Ragif.

Bir qator yetakchilarining o‘limidan so‘ng, guruh shu asnoda harakat qilmoqda, dedi u. Hozir al-Bag‘dodiy “kam sonli izdoshlari bilan bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chib, qochqin kabi yashamoqda”. deb ta’kidladi u.

ID yetakchisi guruhni boshqara olmayapti, uning ishonadigan odami yo‘q, deb qo‘shimcha qildi u.

Iroq xavfsizlik qo‘mitasining viloyat kengashi a’zosi Hassan Shabib qolgan jangarilarini yo‘q qilish bilan bir qatorda, ID mafkurasiga qarshi kurashish ham muhimligini aytadi.

Bu ekstremal mafkuraga qarshi qat’iy kurashilmasa, uning yosh avlodga ta’sirining oldi olinmasa, kelajakda terrorchilar va yetakchilarning yangi avlodi yetishib chiqishi mumkin”, dedi u.

“Terrorizmning moliyaviy manbalari va inson resurlarini yo‘q qilganimizdan so‘ng, mafkuraviy kurashlar bizning keyingi choramiz bo‘lishi kerak”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500