http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/05/30/feature-01
| Xavfsizlik

Suratlarda: Ostonada KADEX-2018 xalqaro qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi

Aydar Ashimov

24-may kuni Ostonadagi KADEX-2018 ko‘rgazmasida Qozog‘iston armiyasi ixtiyoridagi tanklar namoyish etilmoqda. (Aydar Ashimov)

“Kazakhstan Engineering” korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan zirhli tibbiy evakuator mashinasi 24-may kungi KADEX-2018 ko‘rgazmasida namoyishga qo‘yilgan. U jang maydonida yaralanganlarni izlash, ularga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan. (Aydar Ashimov)

Bolalar va kattalar yengil motorli samolyot shturvali oldida, Ostona, 24-may, KADEX-2018 ko‘rgazmasi. (Aydar Ashimov)

24-may kuni Ostonadagi KADEX-2018 ko‘rgazmasida “Kobra” jangovar mashinasi ham namoyish etildi. Qozog‘iston mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, u kuzatuv olib borish va hamrohlik qilish, shuningdek, dushmanning yengil zirhli va jonli nishonlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan, aksilterror operatsiyalarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan maxsus xizmatlar ekipirovkasi, KADEX-2018 ko‘rgazmasi, Ostona, 24-may. (Aydar Ashimov)

Qurolli to‘qnashuvda jangchi o‘rnini bosa oladigan “Qoraqurt” jangovar roboti. U belgilangan marshrut bo‘yicha operator yordamisiz harakatlana oladi, mustaqil ravishda nishonlarni aniqlashi va ularni yo‘q qilish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 24-may kungi Ostona ko‘rgazmasida mazkur robot ham namoyish etildi. (Aydar Ashimov)

Ostonada 24-may kuni o‘tkazilgan KADEX-2018 ko‘rgazmasida “Kazakhstan Paramount Engineering” kompaniyasi yangi avlod zirhli mashinalarini taqdim etdi. Tashrifchilar qozoq harbiy texnikasi oldida suratga tushmoqdalar. (Aydar Ashimov)

24-may kuni Ostonada KADEX-2018 ko‘rgazmasida ishtirok etgan Turkiya kompaniyasi tomonidan moto-o‘qchi qo‘shinlar uchun mo‘ljallangan jangovar ekipirovka namoyish etildi. (Aydar Ashimov)

KADEX-2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlar Shvetsiyaning nishonga olish moslamalarini ko‘zdan kechirmoqdalar, Ostona, 24-may. (Aydar Ashimov)

24-may kuni Ostonada o‘tgan KADEX-2018 ko‘rgazmasi eksponatlari orasida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “Sarbaz” va “Aytas” jangovar kaskalari ham bor. (Aydar Ashimov)

OSTONA – O‘tgan hafta Ostonaga dunyoning 40 ta hukumat delegatsiyasi tashrif buyurgan KADEX-2018 xalqaro qurol-yarog‘ ko‘rmazmasiga mezbonlik qildi.

23-26-may kunlari bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada 28 davlatning mudofaa sanoati sohasidagi 318 ta xalqaro korxonasi, jumladan, AQSHning “IOMAX USA”, Isroilning “Elbit Systems”, Niderlandiyaning “Airbus Group” va boshqa kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

“Ko‘rgazma davomida imzolangan shartnoma va kelishuvlar mudofaa sanoati sohasidagi mahalliy va xorijiy korxonalar rivojiga xizmat qiladi”, dedi 23-may kuni ko‘rgazmaning ochilishida so‘zga chiqqan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.


“Kazakhstan Engineering” mahsuloti bo‘lgan “Qoraqurt” jangovar roboti Ostonada 24-may kuni o‘tkazilgan KADEX-2018 ko‘rgazmasida. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu yil ko‘rgazmaga 4000 dan ortiq odam tashrif buyurdi. (Aydar Ashimov)

“Kazakhstan Engineering” mahsuloti bo‘lgan “Qoraqurt” jangovar roboti Ostonada 24-may kuni o‘tkazilgan KADEX-2018 ko‘rgazmasida. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu yil ko‘rgazmaga 4000 dan ortiq odam tashrif buyurdi. (Aydar Ashimov)

“Bu shuningdek, sarmoyalarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini va umuman Qozog‘iston iqtisodiyotida raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi”, dedi u.

KADEX Markaziy Osiyoda bu turdagi yagona ko‘rgazmadir, dedi u.

“Ko‘rgazma 2010-yildan beri har ikki yilda o‘tkazib kelinmoqda”, dedi Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri o‘rinbosari Aset Kurmangaliyev Karvonsaroy nashriga.

“Qozog‘iston mudofaa vazirligi taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yishga harakat qilmoqda va KADEX-2018 ko‘rgazmasi bunga turtki bo‘lib xizmat qiladi”, dedi u.

Qurol-yarog‘ ko‘rgazmasini o‘tkazishdan asosiy maqsad – yangi shartnomalarni imzolash, qurol ishlab chiqaruvchilarni mamlakatga jalb qilish va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan qurollarni xorij bozorlarida sotilishini rag‘batlantirish, dedi Kurmangaliyev.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha