Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-06-07 | Diplomatiya

AQSH elchixonasi Qozog‘istonda innovatsion g‘oyalar festivalini o‘tkazadi


O‘tgan yilgi “Go Viral” xalqaro festivali mehmonlari esdalik uchun suratga tushmoqdalar, Olmaota, 2017-yil, iyun. (Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi)

O‘tgan yilgi “Go Viral” xalqaro festivali mehmonlari esdalik uchun suratga tushmoqdalar, Olmaota, 2017-yil, iyun. (Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi)

Kseniya Bondal

OLMAOTA – 15-17-iyun kunlari Ostonadagi AQSH elchixonasi Olmaotada biznes, madaniyat, media va texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalarning tarqalishini rag‘batlantirishga qaratilgan uch kunlik festival o‘tkazadi.

Elchixona xabariga ko‘ra, tashkilotchilar har yili o‘tkaziladigan “Go Viral” festivalida 14 mamlakatdan kelgan novatorlarni qarshi oladilar.

Tadbirda qatnashish bepul bo‘lib, ishtirokchilarni ro‘yxatga olish juma (8-iyun) kuni yakunlanadi. Unda 1500 tagacha odam qatnashishi mumkin.

“Go Viral” bu media, texnologiyalar, madaniyat, biznes sohalaridagi faol va iste’dodli insonlarning uchrashuv joyidir, deb ma’lum qildi 31-may kuni AQSHning Qozog‘istondagi elchisi Mark Mudi.

Bugungi kunga qadar AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Senegal, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan jami 1391 kishi ro‘yxatga olingan.

“Festivaldan ko‘zlangan maqsad – ishtirokchilarga o‘zaro tajriba va g‘oya almashish, biznes hamkorlar topishga sharoit yaratishdir”, dedi Mudi.

“Qo‘shma Shtatlar o‘z iqtisodiyotini innovatsiyalar va eng yaxshi g‘oyalarni, ular qayerda paydo bo‘lganidan qat‘i nazar qabul qilib rivojlantirdi”, dedi u. “Bu tamoyil Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda ham juda yaxshi ish berishi mumkin. Shu sababli biz bu festivalni o‘tkazyapmiz.”

Festival yakunida elchixona va boshqa homiylar eng yaxshi loyihalarni saralab olib, ularni rivojlantirish uchun grantlar ajratadilar.

2018-yilgi “Go Viral”

Bu yilgi “Go Viral” festivali “Bizni birlashtiruvchi innovatsiya, hamkorlik va ilhom” deb nomlangan.

Mudining so‘zlariga ko‘ra, festivalning media bo‘limida ishtirokchilar ommaviy axborot vositalari yordamida ekologiya, korrupsiya, ish muhitida inkluziv yondashuv va ayollar huquqlariga oid muammolarni hal qilish haqida suhbatlashadilar.

Biznes bo‘limida Qo‘shma Shtatlardan kelgan ma’ruzachilar 2018-yilda Silikon vodiysidagi trendlar, startaplarda qanday qilib o‘z o‘rniga ega bo‘lish haqida so‘zlaydilar. Ular bozor tahlili va qanday qilib mijozlar talabini aniqlash haqida ishtirokchilarga saboq berishadi, dedi u.

Bu orada, Markaziy Osiyolik tadbirkorlar mintaqada ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlasalar, xorijiy investorlar qanday sohalar ularning sarmoyalarini jalb etayotganini tushuntiradilar, dedi Mudi.

Shuningdek, hujjatli kinematografiya va kino sanoati bo‘yicha seminarlar ham o‘tkaziladi. Ular o‘z mamlakatlarining yulduzlari, soha mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi, deb xabar beradi tashkilotchilar.

Ma’ruzachilardan biri amerikalik fotojurnalist, 2014-yilda World Press foto tanlovi g‘olibi Jon Stenmeyer bo‘lib, u Qo‘shma Shtatlar va Yevropada faoliyat olib borgan hamda o‘z ijodida Markaziy Osiyo uchun salmoqli o‘rin bag‘ishlagan, dedi Mudi.

Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ro‘y berayotgan raqamlashtirish, kriptovalyutalar, virtual voqelik va robotlar mavzulari texnologiyalar bo‘limida muhokama qilinadi, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha