Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Ayirmachilik harakatlariga bosh qo‘shgan qozoq fuqarolarini qattiq jazo kutmoqda

Arman Kaliyev

Rossiyaparast ayirmachilar Lugansk viloyatining Krasniy Luch tumani bo‘ylab tanklarda harakatlanmoqda, Ukraina shimoli, 2014-yil, 28-oktabr. Qozog‘iston sudlari Ukrainada urush boshlanganidan beri ayirmachilar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun bir nechta qozog‘istonlikni qamoqqa hukm qilgan. (Dimitar Dilkoff/AFP)

Rossiyaparast ayirmachilar Lugansk viloyatining Krasniy Luch tumani bo‘ylab tanklarda harakatlanmoqda, Ukraina shimoli, 2014-yil, 28-oktabr. Qozog‘iston sudlari Ukrainada urush boshlanganidan beri ayirmachilar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun bir nechta qozog‘istonlikni qamoqqa hukm qilgan. (Dimitar Dilkoff/AFP)

OSTONA – Separatistlarning Ukraina hukumatiga qarshi kurashiga yordam berish uchun Sharqiy Ukrainaga borgan qozog‘istonliklar o‘z yurtlariga qaytganlarida og‘ir jazoga duch keladilar, deb ogohlantirmoqda Qozog‘iston hukumati.

Ostona sharqiy Ukrainada 2014-yilda boshlangan, Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ayirmachilik harakatlarini qoralagan.

2014-yilning 30-oktabrida Qozog‘iston bosh prokuraturasi ayirmachilar safida jang qilish uchun sharqiy Ukrainaga boradigan qozoq fuqarolarini ogohlantirib, bunday jangarilar jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

Shunga qaramay, bir nechta qozog‘istonlik bu qonunni buzgan. Ostona, Oqto‘be, Atirau va Ust-Kamenogorsk sudlari sharqiy Ukrainada jang qilgan qozog‘istonliklarni uch yildan besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilgan.

Avtomobil Chernuxinodagi vayron bo‘lgan tank yonidan o‘tib ketmoqda, Ukraina, 2015-yil, 2-mart. O‘shanda Rossiya tarafidan dastaklangan ayirmachi kuchlar Ukraina armiyasiga qarashli sobiq blokpost egallab olgandi. [File]

Avtomobil Chernuxinodagi vayron bo‘lgan tank yonidan o‘tib ketmoqda, Ukraina, 2015-yil, 2-mart. O‘shanda Rossiya tarafidan dastaklangan ayirmachi kuchlar Ukraina armiyasiga qarashli sobiq blokpost egallab olgandi. [File]

Kuzatuvchilarga ko‘ra, u yerga ketgan yollanma jangarilarning ko‘pchiligi Qozog‘istonda keng ta’sirga ega Rossiya ommaviy axborot vositalarining tashviqoti qurboniga aylangan.

Nikita Stepin ishi

Qarag‘anda viloyati sudi sharqiy Ukrainada ayirmachilar safida jang qilgan va Qozog‘istonda ikki kishini o‘ldirgan 32 yashar Qozog‘iston fuqarosi – Nikita Stepinni 25 yil qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi 30-may kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining (RFE/FL) qozoq xizmati.

Temirtaulik Stepin sharqiy Ukrainaga ikki marta – 2015-yilning fevral oyida va 2016-yilning bahorida borgan hamda jami ikki yilga yaqin o‘sha yerda bo‘lgan.

Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishga ko‘ra, Stepin Matvey Platovning katta Don armiyasiga qo‘shilgan vaqtida Luganskda bo‘lgan, bu armiya 2014-yilning bahorida sharqiy Ukrainada ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan. Jangda qatnashishdan avval u o‘sha yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.

Tintuv chog‘ida Stepinning uyidan harbiy ID-karta, zamonaviy kazaklar maqomini beruvchi guvohnoma va “Donbassni ozod qilgani uchun” harbiy nishoni topilgan.

Stepin o‘z uyi Temirtauga qaytganida ham qonunbuzarlikda davom etgan. O‘tgan yilning iyul oyida oddiy tortishuv sababli ikki kishini otib o‘ldirgan.

Maxsus tartib va qat’iy nazorat qamoqxonasida besh yil va majburiy mehnat lagerida 20 yilni o‘tash bilan bir qatorda, sud Stepinga qurbonlar oilasiga 4 millionga yaqin qozoq tengesi (12 ming AQSH dollari) miqdorida tovon to‘lashni ham belgiladi.

Sud ishini ko‘rib chiqish davomida Stepin Kiyev terrorchilar deb hisoblaydigan tarafda jang qilganiga qaramay, o‘zini aybdor deb his qilmasligini aytgan.

Men LNR (Lugansk xalq respublikasi) tomonida ko‘ngillilar safida jang qilish Qozog‘iston qonunlarini buzishini bilmagandim”, dedi u. “Rossiyada – bu qonunga xilof emas.”

LNR mavjud emas, deb javob qaytargan sudya Islomxon Yesenbayev RFE/RLning qozoq xizmatiga ko‘ra.

“Siz mavjud bo‘lmagan davlat uchun kurashgansiz”, dedi u. “Ular faqat jang qilib odamlarni o‘ldiradigan to‘da xolos.”

Kreml nazoratidagi OAV ta’siriga tushganlar

Ko‘pchilik qozoqlar, ayniqsa, Rossiya bilan chegaradosh shimoliy hududlarda yashovchilar, ko‘p ma’lumotni Rossiya OAVlaridan olishadi, dedi olmaotalik siyosatshunos Aydos Sarim Karvonsaroy nashriga.

“Ukrainaga jang qilishga ketgan hamyurtlarimiz Kreml tarqatayotgan buzg‘unchi tashviqotga ko‘r-ko‘rona ishonadilar, dedi u.

Shu sababli ular jinoyatga, shu jumladan, xorijdagi qotilliklarga qo‘l urib, o‘z hayotlarini barbod qildilar, dedi u.

Shimoliy Qozog‘iston fuqarolari Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida arosatda yashaydilar, dedi u.

“Aksariyat shimolliklar qozoq televideniyesidan ko‘ra, ko‘proq Rossiya televideniyesini tomosha qiladi”, dedi u. “Ko‘pchilik bizning bosh vazirimiz Dmitriy Medvedev emas, balki Baxijan Sagintayev ekanligini bilmaydi.”

Shimolliklar o‘zini qozoq deb bilmasligi milliy xavfsizlikka tahdid soladi, dedi Sarim.

“Rossiya OAViga ko‘r-ko‘rona ishongan odam, ikki mamlakat o‘rtasida nizo chiqsa kimning tarafini oladi?”, deydi u.

“Bu yoqimsiz va xavotirli holatdir”, dedi u. “Bunday holatlarning ommaviy tus olishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Agar rossiyaparast ayirmachilar tarafini oluvchilar ko‘paysa va ular Qozog‘iston qonunlarini nazar-pisand qilmasalar, bu Ostona uchun jiddiy signal bo‘ladi.”

“Qozoqlar ongiga ta’sir qilinishiga barham berish uchun Rossiyaning “zombi telekanallari” yopilishi kerak”, dedi Olmaota fuqarolik jamiyati yetakchisi va Antigeptil ekologik harakati a’zosi Ulan Shamshet.

Shu bilan birga, Qozog‘iston OAV Ukrainadagi vaziyatni keng miqyosda va adolatli yoritishga yaxshiroq harakat qilishi kerak, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Qozog‘istonliklar ayirmachilik uchun qattiq jazo berilishi tarafdori

Qozog‘istonliklar ayirmachilik harakatlariga qo‘shilishning oldini olish maqsadida hukumatdan qat’iy choralar ko‘rishni talab qilmoqdalar.

“Mamlakatimizda ayirmachilik qarashlariga ega qanchadan-qancha yashirin jangarilar borligi haqida o‘ylashning o‘zi dahshatli... Ularni qat’iy nazoratga olish kerak”, dedi 41 yashar chimkentlik taksi haydovchisi Nurjan Kuanbayev Karvonsaroy nashriga.

“Imperialistik Rossiya bizni changalida qattib siqib, o‘z yo‘limizdan borishimizga qo‘ymayapti”, dedi u.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis, olmaotalik Mirlan Telebarisov kuchli iqtisodiyot va farovonlikni sog‘lom jamiyatning muhim unsurlari deb atadi.

“Bu yerdagi turmush darajasidan qoniqsangiz, Qozog‘istonni vatanim deb aytishdan baxtli bo‘lasiz”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Shunda hech kimning xayoliga ayirmachilik haqidagi o‘y-fikrlar kelmaydi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Juda yaxshi maqola! Muallifga rahmat! “Rus dunyosi” deganlari nafaqat Qozogʻiston, balki butun dunyo uchun asosiy tahdiddir! Ular fashistlar! Bu fashizmga qarshi butun dunyo birgalikda kurashmogʻi lozim! Aslida Ukraina biz uchun ham kurashmoqda! Maqolada yozilganlarning bari haqiqat! Birinchi navbatda, Rossiya kanallarining translyatsiyasini taqiqlash kerak! Ayirmachilik kayfiyatidagilarni oldindan aniqlab, uzoq muddatlarga qamoqqa hukm qilish, jamiyatdan ajratish kerak! Qozoq tili yagona davlat tili boʻlishi kerak. Tarixdan saboq olinmadimi?! 20-asrning genotsidini bir eslang!

Javob berish

Endi hamma xursand bo‘lishi kerak, men Nazarboyevni doim qoralaganlarni nazarda tutyapman. Yangi vaqtinchalik prezident vazifasini o‘tovchi tayinlandi, u avval nafaqalarni, talabalar stipendiyasini oshiradi va umuman olganda saylovlargacha odamlar haqida qayg‘uradi. Ammo undan keyin o‘zining rus xotini bilan yangi prezident qozoqlar ovullarda ochlikda qanday qirilishini ko‘rsatadi. Keyin esa qozoqlar hozirgidek nafaqat Rossiyada, balki o‘zining ham yurtida odam o‘ldiradi. Odamlar tinch yashaydigan vaqt bo‘lmagan edi, endi bundan ikki barobar kuchli bo‘ladi. Endi ustingizdan rus ayoli hukmronlik qiladi. Bu ayol siz qozoqlarga qanday hayot qilishini ko‘ramiz.

Javob berish

Maqola muallifining yozganlari safsata, Qozog‘istonning har bir fuqarosi bizda kim prezident-u, kim bosh vazir ekanligini yaxshi biladi. Ukraina janubi-sharqidagi jangovar harakatlarda ishtirok etishga chaqiriq ham bo‘lmagan, bu muxbirning nosog‘lom tasavvuridan boshqa narsa emas. Avval faktlarni o‘rganish kerak edi, klaviaturani taraqlatmasdan. Bu harbiy nizo faqat va faqat sizning davlatingiz ishi va javobgarlik ham uning zimmasida. Bu ishga Qozog‘iston fuqarolarini aralashtirish va Rossiya bilan do‘stona munosabatlarga putur yetkazish kerak emas. Millatlararo nifoq keltirib chiqaruvchi maqolalarni esa yozmaslikni iltimos qilgan bo‘lardim. Bizning yurtda yashamasangiz, bizning nomimizdan gapirmang.

Javob berish

Ahmoq, bu maqolada DXR va LXRda jangarilik qilayotgan qozoqlar haqida yozilgan. Ular qaytib kelgandan keyin odam bo‘lmaydi. U yerda jangarilar tarafidan noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilayotgani aytilgan. Endi tushunarlimi

Javob berish

Ekspertning darajasi – chimkentlik taksi haydovchisi, muallif, zahar ichib o‘lganing yaxshi.

Javob berish

Senmi ekspert? Hammol

Javob berish

Qozog‘istonda rusofobiya ko‘p yillardan beri singib bormoqda. Ko‘zlarni kattaroq ochinglar.

Javob berish