Karvonsaroy
Diplomatiya

USAID O‘zbekistonda sud tizimi islohotini qo‘llab-quvvatlaydi

Karvonsaroy

USAIDning Osiyo bo‘yicha rahbari yordamchisining o‘rinbosari Xavier Piedra va O‘zbekiston adliya vaziri Ruslan Davletov 8-iyun kuni Toshkentda mamlakatda sud-huquq tizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. (AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi)

USAIDning Osiyo bo‘yicha rahbari yordamchisining o‘rinbosari Xavier Piedra va O‘zbekiston adliya vaziri Ruslan Davletov 8-iyun kuni Toshkentda mamlakatda sud-huquq tizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. (AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi)

TOSHKENT – AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va O‘zbekiston Adliya vazirligi rasmiylari 8-iyun, juma kuni mamlakatda sud-huquq tizimini qo‘llab-quvvatlashga oid o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Hujjat USAIDning Osiyo bo‘yicha rahbari yordamchisining o‘rinbosari Xavier Piedra va O‘zbekiston adliya vaziri Ruslan Davletov tomonidan imzolandi, deyiladi Toshkentdagi AQSH elchixonasi bayonotida.

Elchixona bayonotiga ko‘ra, “yangi qonunlar va nizomlarni ishlab chiqish, huquqshunoslik sohasini rivojlantirish, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va nodavlat tashkilotlari uchun huquqiy muhitni kengaytirish” ustida ikki mamlakat hamkorlikda ish olib boradi.

“USAID tashkiloti va O‘zbekiston mamlakatning sud tizimiga bo‘lgan ishonchni va jamoatchilikning undan foydalanishini oshirish yo‘lida anchadan beri hamkorlik qilib kelmoqda va bugungi kelishiv ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va kuchaytirishdagi muhim bosqichni belgilab berdi”, dedi Piedra kelishuvni imzolash marosimida.

“O‘zbekiston va AQSH hamkorligining kengayishi o‘zbek fuqarolarining adliya tizimidan foydalanish imkoniyatini oshiradi hamda sud tizimini yanada ochiq va samarali bo‘lishiga ko‘maklashadi”, dedi u.

Fuqaro va huquqshunoslar islohotlarni talab qilmoqdalar

Fuqarolik sudlari Ozbekiston sud tizimining eng samarasiz segmentlaridan biri va “og‘riqli nuqtasi” bo‘lib kelgan, dedi toshkentlik advokat Muslima Hakimova.

“Ular o‘z ishlarini talab darajasida bajara olmaydilar va ishlarning samaradorligiga kafolat bera olmaydilar”, deydi u Karvonsaroy nashriga.

“Sudyalar kamligi tufayli sudlar uzoq vaqtga cho‘ziladi. Ayrim hollarda sud kuni sudya ish bilan tanishish va qaror chiqarish uchun 15 daqiqadan kam vaqt sarflaydi”, dedi u.

“O‘ta band bo‘lgan sudlar ancha ishlarni ko‘rib chiqishga ulgurmaydi va ularni kerakli saviyada hujjatlashtirmaydi”, dedi Hakimova. “Bunday kamchiliklarning bari xalq noroziligiga sabab bo‘lyapti. Jamiyat islohotlarni talab qilmoqda.”

Toshkentlik 68 yashar Nodira Isakova Karvonsaroy nashriga uning ishi O‘zbekiston sudi tomonidan besh oydan beri ko‘rib chiqilayotganini aytadi.

“Qo‘shnim tomonidan qilingan tuhmat bo‘yicha fuqarolik ishim sudda fevral oyidan beri ko‘rib chiqilmoqda”, dedi u.

“Har safar ishni ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan paytda yo sudya band bo‘ladi yoki sudlanuvchi kelmaydi yoki hujjatlar tayyor bo‘lmaydi”, dedi Isakova.

“Keyingi majlis iyul oyiga rejalashtirilgan, ammo u yana kechiktiriladigan o‘xshaydi”, dedi u. “Ish adolatli ko‘rib chiqilishiga ishonmayapman.”

Adliya tizimini yaxshilash yo‘lidagi hamkorlik

AQSH va O‘zbekiston rasmiylari sud tizimini mustahkamlash uchun bir necha yillar davomida birgalikda ishlamoqdalar. AQSHning Toshkentdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, sudyalar va boshqa sud xodimlariga kasbiy tayyorgarlik va huquqiy ta’lim berish uchun AQSH tomonidan moliyalashtirilgan bir qator dasturlar bo‘yicha hamkorlik shular jumlasidandir.

AQSH elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, USAID O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun AQSH va Yevropaga o‘quv safarlarini tashkillashtiradi, qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvatlaydi va “O‘zbekiston xalqi va ularning sudlari o‘rtasida muloqotni ta‘minlash va oshkoralikni rag‘batlantiradigan tadbirlarda ishtirok etadi.”

E-SUD tizimi O‘zbekistonda USAID va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) ko‘magida 2013-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, o‘zbek hukumatiga fuqarolik ishlariga oid sudlarni boshqarish bo‘yicha umummilliy elektron tizim yaratishga yordam berdi. Bu tizim hozirda mamlakatdagi barcha fuqarolik sudlarida yo‘lga qo‘yilgan.

(Toshkentdan Maksim Yeniseyev ushbu maqolani tayyorlashga ko‘maklashgan)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500