Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-06-12 | Xavfsizlik

Suriyani tiklash xarajatlaridan bosh tortayotgan Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlaridan yordam so‘ramoqda

Aksar qismi isyonchilar nazoratida bo‘lgan Idlib viloyatining Zardana shahrida 7-iyun kuni kechqurun yuz bergan havo hujumlaridan yaralangan suriyaliklar tibbiy yordam olishmoqda. Suriya shimoli-sharqidagi hujumlar rejim ittifoqchisi Rossiya tomonidan amalga oshirilgani gumon qilingan. Hujum natijasida 38 fuqaro, jumladan, to‘rt nafar yosh bola halok bo‘lgan, deb xabar berdi Suriya inson huquqlari monitoringi markazining kuzatuv guruhi. (Omar Haj Kadur/AFP)

Karvonsaroy

Mustaqil tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Rossiya harbiylarining Suriya muxolifat kuchlarini pala-partish bombardimon qilishi natijasida vayron bo‘lgan Suriyani tiklashga Kremlning munosabati G‘arb koalitsiyasining sa’y-harakatlaridan keskin farq qiladi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), shu jumladan, Markaziy Osiyodagi sobiq sovet mamlakatlarini Suriyani qayta tiklashda yordam berishga chaqirdi.

MDH mamlakatlari hududlarni minalardan tozalash, hamkorlikda patrul xizmatini olib borish va insonparvarlik yordami kabilar bilan yordam berishlari mumkin, dedi u 6-iyun kuni Rossiyaning Qizil shahrida o‘tgan MDH mudofaa vazirlari kengashi chog‘ida.

Suratda Suriyaning Homs viloyati Talbissa shahridagi kimsasiz ko‘chalar va vayrona binolar aks etgan, 30-sentabr, 2015-yil. Shu kuni Rossiya Suriyada, Homs shahri yaqinida ilk havo hujumini uyuhstirganini tasdiqlagan va shu tariqa Moskvaning harbiy aralashuvi rasman start berilgan edi. (Mahmud Tama/AFP)

Rossiyaning SU-25 samolyoti Suriyada tungi parvozga otlanmoqda, surat sanasi noma’lum. Rossiya Suriyada halokatli havo hujumlari kampaniyasini o‘tkazgach, MDH mamlakatlarini Suriyani qayta tiklashga chaqirmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

2015-yilning oktabr oyida Rossiya havo kuchlari Suriyada IDga tegishli deb gumon qilingan binoga zarba berdilar. Rossiya 2015-yilda nizoga aralashganidan beri havo hujumlarining 14 foizigina ID nishonlariga tekkan, deb xabar beradi Terrorizm va isyonlarni tadqiq qilish bo‘yicha IHS Jane markazi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

“Xalqaro terrorizmga qarshi kurash va umumiy xavfsizlikni ta’minlashda bizning birdamligimizni namoyon eta oladigan ko‘magingizga umid qilmoqdamiz”, degan u Rossiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra.

Rossiya Suriya urushida qatnashayotgan yagona MDH davlatidir.

Rossiyadan biror narsa kutish foydasiz

Shoyguning MDH a’zolarini yordamga chaqirishi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov uning davlati Suriyani qayta tiklashga mablag‘ ajratmasligi haqida ochiq aytgan gaplaridan roppa-rosa bir yil o‘tib yangradi.

Bogdanov bu murosasiz bayonotini 2017-yil fevral oyida Moskvada Yevropa Ittifoqi (YI) elchilariga ma’lum qilgandi, deb xabar beradi Financial Times nashri.

Suriyadagi tiklash ishlari uchun “o‘n milliardlab dollar” kerak bo‘ladi, degan u va shu yerda ishtirok etgan diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan “hech narsa” kutmaslik kerakligini qo‘shimcha qilgan.

“Rossiya u yerga borib, hamma narsani vayron qilin, buzib tashlagan, endi esa qolganlarning buni to‘g‘irlashini kutmoqda”, deb aytgan yevropalik diplomat.

Shoygu va Bogdanovning da’volari shuni ko‘rsatadiki, Rossiya MDH a’zolari va butun dunyo Rossiya barbod qilgan yerlarni tiklash uchun pul ajratishini kutmoqda.

Markaziy Osiyo Rossiyaning ikkiyuzlamachiligiga qarshi

Markaziy Osiyo siyosiy tahlilchilari Rossiyaning o‘zigagina manfaat keltiruvchi chaqiriqlarini jiddiy tanqid ostiga oldi.

“Bu Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari va ayniqsa Qozogistonni xalqaro darajadagi shubhali harakatlarda ishtirok etishga birinchi bor chaqirishi emas”, dedi olmaotalik siyosatshunos Islam Kurayev Karvonsaroy nashriga.

“Ammo Qozog‘iston suveren davlat va hech kimdan qarzdor emas”, dedi u. “Boshqa davlatning rasmiysi bizga talab qo‘yishi qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Zero, Rossiya (Suriyada) birinchi navbatda o‘zining geosiyosiy manfaatlarini ko‘zlaydi.”

Rossiyaning Suriya diktatori Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlashining o‘zi qayta tiklash uchun mablag‘ ajratishdan tiyilishga asos bo‘la oladi, dedi bishkeklik siyosiy tahlilchi Askat Dukenbayev.

“Agar Qirg‘izistondagi xususiy korxonalar Shoyguning chaqirig‘i sabab moliyalashtirishga qiziqish bildiradigan bo‘lsalar, AQSH sanksiyalariga duch kelsalar ham bu ularning o‘zlariga havola”, dedi u Karvonsary nashriga. “Ammo Qirg‘izistonning hukumat tashkilotlari Suriyada tinchlik o‘rnatilgunga qadar bunga bosh qo‘shmasliklari kerak. Bu esa faqat Bashar Asad hukumatni tark etganidan keyin ro‘y berishi mumkin.”

Pragadagi tojikistonlik siyosiy tahlilchi Nurmuhammad Xolzoda ham ehtiyotkorlikka chaqirdi.

“Tojikistonning har qanday koalitsiyadagi ishtiroki, garchi bu urush oqibatlarini tiklash bo‘lsa ham, xalqaro tashkilotlar kuzatuvi va tegishli vakolatga ega xalqaro agentliklar qaroridan keyin amalga oshirilishi kerak”, dedi Karvonsaroy nashriga.

“Tojikistonda kuchli texnik salohiyat ham, ortiqcha mablag‘ ham yo‘q”, dedi u. “Mamlakatning o‘zi xorijiy grantlar, kreditlar va insonparvarlik yordamiga muhtoj.”

“Suriyada hamon tinchlik o‘rnatilmagan va Rossiyaning ittifoqchilari umumiy tushunchaga ega emaslar”, dedi Tojikiston iqtisodiyot vazirining sobiq o‘rinbosari Karimjon Ahmedov Karvonsaroy nashriga.

“Tojikiston uchun Afg‘onistonni barqarorlashtirishda ishtirok etish ma’qul emasmikin?”, deydi u.

Afg‘nistondagi barqarorlik O‘zbekiston uchun ham muhim, dedi o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Umid Asatullayev.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Trump o‘rtasida o‘tgan so‘nggi uchrashuvda, ular aniq maqsadni belgilab olganlar: O‘zbekiston uchun Afg‘onistonni tiklash muhim vazifa va barcha sa’y-harakatlar shunga qaratiladi”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“O‘zbekistonda hech kim Asadning hukumatini qo‘llab-quvvatlashni istamaydi”, deydi toshkentlik 28 yashar Abdurasul Samandarov Karvonsaroy nashriga. “U shuncha yillardan beri o‘z xalqiga qarshi urush qildi, natijada Islom Davlati (ID) shakklandi. Uning jangarilari Afg‘onistondan bizga tahdid qilib, O‘zbekistonga kirishga harakat qilmoqda.”

“Suriya xalqini qoniqtiradigan hukumat shakllanmagunicha, biz mamlakatga hech qanday yordam yubormaymiz”, dedi u.

Rossiyaning Suriyadagi pala-partish qotilliklari

2015-yilda Rossiya nizoga aralashganidan beri, uning xalqaro terrorchilik guruhini mo‘ljalga olgani haqidagi da’volariga zid ravishda havo hujumlari 150 foizga oshgan bo‘lsada, shulardan 14 foizigina ID nishonlariga borib yetgan, deb xabar bergan 15-may kuni IHS Jane Terrorizm va isyonlarni tadqiq qilish markazi.

Zarbalar, asosan, “ID ozchilikni tashkil etgan yoki umuman faoliyat yuritmagan hududlarga berilgan”.

Rossiya bombalari shifoxonalar va boshqa taqiqlangan fuqarolik obyektlariga yog‘ilgan, bundan asosiy maqsad Asadga muxolif kuchlarni yo‘q qilish bo‘lgan, deb xabar beradi Suriya inson huquqlarini kuzatish tashkiloti, Chegarasiz shifokorlar, “Amnesty International” va boshqa bir qator nodavlat tashkilotlari.

2017-yilda Suriyada tibbiyot muassalariga 112 marta hujum qilingani aniqlangan, deb xabar beradi Middle East Monitor. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar natijasida tinch aholi vakillaridan 73 kishi halok bo‘lgan, 149 nafari jarohatlangan.

Bu orada, 2018-yilning dastlabki 6 oyi davomida Suriya rejimi va uning Rossiyalik ittifoqchilari tomonidan kasalxonalarga 92 marta zarbalar berilgan, natijada 89 kishi halok bo‘lgan, 135 nafari jarohatlangan, deb ma’lum qildi BMT bosh kotibining matbuot kotibi Farxan Haq.

Kreml yetkazilgan zarar uchun hech qachon tovon to‘lamagan va uning hujumlari faqat terrorchilar yoki ularning tarafdorlarini o‘ldirganini ta’kidlab kelgan.

Rossiyaning YIdagi elchisi Vladimir Chijovning aprel oyida Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida ham shunday qaysarlik alomatlari yaqqol namoyon bo‘lgandi.

“Nima uchun Rossiya bombalari keltirgan zararni Yevropa qoplashi kerak?” degan savolga javob berarkan, Chijov uning mamlakatiga tegishli harbiy samolyotlarning kasalaxonalarga zarba berganini inkor qildi. U “Hujumda faqat va faqat terrorchilik tashkilotlari nishonga olingan”, degan iddaosida qat’iy turdi.

AQSHning milliardlari

Rossiya harbiylari va samolyotlari Suriyadagi muxolifat kuchlari tarafidan egallangan hududlarni o‘qqa tutib, tinch aholini himoyasiz qoldirayotgan bir paytda, IDga qarshi G‘arb koalitsiyasining eng katta ko‘makchisi bo‘lgan AQSH butunlay boshqacha yondashuv olib bormoqda.

“AQSH Suriyaga gumanitar yordam ajratish bo‘yicha yetakchi donor-davlat hisoblanadi. Inqiroz boshlanganidan beri ushbu mamlakatga 7,7 mlrd. dollar ajratilgan”, dedi 22-mart kuni Vashingtonda AQSH davlat kotibining o‘rinbosari Jon Sallivan.

“Natijada har oy viloyatlar aholisidan tashqari, qo‘shni mamlakatlardagi 5,5 mln.dan ortiq suriyaliklarga yordam yetkazib berilmoqda”, dedi u.

Amerikalik harbiylar Suriyadagi ID jangarilariga qarshi operatsiyalarda tinch aholini muhofaza qilish bo‘yicha ham jiddiy choralar ko‘rmoqda.

“Biz o‘z hujumlarimizni davom ettirmoqdamiz, bunda ularning tinch aholiga ta’sirini minimallashtirishga harakat qilinmoqda. Zarbalar natijasida oddiy fuqarolar orasida tasodifiy qurbonlar bo‘lgan taqdirda hisobotlarning ochiq-oshkora bo‘lishini ta’minlashga intilamiz”, degan edi AQSH rahbarligidagi koalitsiya iyun oyida.

Mazkur bayonot Amnesty International tashkilotining 5-iyun kungi hisobotiga javob o‘laroq yangradi. Hisobotda ID o‘z poytaxti deb e’lon qilgan Al-Raqqa shahrini qaytarib olish bo‘yicha o‘tkazilgan jangovar operatsiya davomida tinch aholi vakillari orasida qurbonlar berilgani aytilgan edi.

“Iroq va Suriyadagi bor haqiqat shuki, biz hech qanday qonunlar, me’yorlarga amal qilmaydigan, hech qanday bashariy muammolar bilan qiziqmaydigan dushmanga qarshi jang qilmoqdamiz. IDni tor-mor etishga qaratilgan har qanday zarba oldidan jiddiy sa’y-harakatlar va razvedka ma’lumotlarini to‘plashga zo‘r berganmiz. Bunda tinch aholining jabrlanishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymaslik muhim”.

[Ushbu maqolani tayyorlashga Olmaotadan Arman Kaliyev, Xo‘janddan Negmatullo Mirsaidov va Toshkentdan Maksim Yeniseyev o‘z hissasini qo‘shgan.]

Do you like this article?

Ca mobile no 20

Fikrlar

* Majburiy
Captcha