Karvonsaroy
Jamiyat

Tarazdagi “Hunarmandlar shahri” xalqaro turizmni rivojlantirishga yordam beradi

Kseniya Bondal

Tarazdagi ko‘rgazma davomida qo‘lda ishlangan hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etilgan, 2015-yil, noyabr. (Karligash Aralbekova)

Tarazdagi ko‘rgazma davomida qo‘lda ishlangan hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etilgan, 2015-yil, noyabr. (Karligash Aralbekova)

OLMAOTA – Jambil viloyati hokimiyati 50 dan ortiq Tarazlik hunarmandlarni bir joyga to‘plab, sayyohlar oqimini ko‘paytirishga yordam beradigan loyihani amalga oshirishga kirishdi.

Ustalarni 4 gektar maydonni egallagan Shahristonga to‘plab, “Hunarmandlar shahri”ni barpo etish ko‘zda tutilgan, deydi Jambil viloyati hokimiyatining turizm boshqarmasi rahbari Karligash Aralbekova Karvonsaroy bilan suhbatda.

Uning aytishicha, o‘tmishda Taraz uch hududga bo‘lingan, bular – Qal’a, Shahriston va Rabot.

“Qal’ada shahar hukmdorining saroyi va unga yaqin insonlarning uylari bo‘lgan. Shahristonda sharqona bozor va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan, Rabotda esa oddiy xalq istiqomat qilgan”, deb hikoya qiladi Karligash Aralbekova.

2015-yil noyabr oyida Tarazda o‘tkazilgan ko‘rgazmada hunarmand o‘zi yaratgan mahsulotlar bilan savdosi bilan band. (Karligash Aralbekova)

2015-yil noyabr oyida Tarazda o‘tkazilgan ko‘rgazmada hunarmand o‘zi yaratgan mahsulotlar bilan savdosi bilan band. (Karligash Aralbekova)

Oktabr oyi oxirlarida yangi hunarmandlar bozorining ochilishi kutilmoqda, dedi Aralbekova.

Hunarmandlar shahri 8-9 asrlarga xos me’morchilik uslubida bunyod etiladi. Shahar bo‘ylab hunarmandlar ustaxonalari joylashadi.

Tashrifchilar amaliy san’at ustalarini bevosita ish jarayonida kuzatishlari, turfa xil hunarmandchilik buyumlarni tayyorlashda ishtirok etishlari mumkin. Ular uchun shuningdek, hunarmandlarning kundalik hayoti haqida hikoya qiluvchi turli teatrlashtirilgan tomoshalar ham namoyish etiladi.

Chinakam tarixiy muhit yaralishi uchun hunarmandlar milliy xalq liboslarida bo‘ladilar.

Aralbekovaning so‘zlariga ko‘ra, loyiha dastlabki bosqichda mahalliy hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Loyihaning qiymatiga qurilish rejasi tayyor bo‘lganidan so‘ng aniqlik kiritiladi.

Mahalliy hokimiyat viloyatdagi barcha hunarmandlarni bir joyga to‘plash maqsadida Jambil viloyati hunarmandlari uyushmasini ham tashkil etdi. Uyushma a’zolari faqat buyumlar sotish bilan emas, balki mahalliy aholi hamda sayyohlarga seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishdan ham daromad oladilar.

2 ming yillik tarixga ega qadimiy shaharga o‘tgan yili 400 mindan ortiq sayyoh kelgan, bu 2016-yildagidan ikki baravar ko‘p, dedi Aralbekova Qozog‘iston migratsiya xizmati ma’lumotlariga tayanib.

Viloyat turizm departamenti Hunarmandlar shahri va tog‘-chang‘i kurorti ishga tushishi bilan yiliga yana 300 mingdan ortiq sayyohlar tashrif buyurishiga umid qilmoqda. Shu tariqa yillik sayyohlar soni 700 mingga yetishi mumkin.

Tarixiy chorrahalar

Taraz O‘rta asrlarda Sharqiy Osiyoni O‘rtayer dengizi bilan bog‘lovchi karvon yo‘li hisoblangan Ipak Yo‘li markazida joylashgan mintaqaviy savdo va hunarmandlik markazi bo‘lgan.

Xorijlik sayyohlarni jalb qilish uchun shahrimizning “yangi tarixi” bo‘lishi kerak, Aralbekova.

“Masalan, zargarlik kabi hunarlar saqlanib qolgan”, dedi u. “Ro‘yxatimizda charm, yog‘och, temir va kigiz ustalari ham bor.”

Boshqa qadimiy hunarmandlik turlari yo‘q bo‘lib ketgani ularning o‘rnini bosuvchi yo‘nalishlarni izlashga turtki bo‘ldi.

Masalan, shu asrning 8-9 asrlarida Tarazda shishadamgarlik sohasi juda rivojlangan bo‘lgan, ammo keyinchalik u butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, dedi u.

“Biz italiyalik shishadamgarlar bilan bog‘landik, hunarmandlarimizga suvenirlar tayyorlash bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etishni rejalashtiryapmiz”, dedi Aralbekova.

Taraz qadimda ipakchilik bilan ham mashhur bo‘lgan. Chunki aynan shu yer ipakchilik uchun xomashyo hisoblanuvchi tut daraxtlari o‘sadigan Qozog‘istoning yagona viloyati.

Ammo, bu kasb ham unutilgan, dedi u. Uni tiklash uchun viloyat turizm boshqarmasi mahalliy ustalarga o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish uchun Xitoylik hunarmandlar bilan muzokara olib bormoqdalar.

Mehr bilan ishlangan

Tarazda joylashgan “Aynalayin” nodavlat tashkiloti raisi Aygul Razakova Hunarmandlar shahri loyihasi ishtirokchilaridan biri. U ko‘rpacha tikadi.

Alohida mato parchalaridan qo‘roq tikish uchun juda katta sabr kerak, dedi u Karvonsaroy nashriga. “O‘z mahsulotlarimizga beradigan eng muhim narsamiz iliqlik va mehrimizdir.”

Razakova o‘zi ishlab chiqargan qo‘l mehnati buyumlarini 2005-yildan beri sotadi.

“Ko‘rpalarning narxlari 15 ming tengedan (45 AQSH dollari) boshlanadi”, dedi u. “Bundan arzon shunga o‘xshash narsalar bor, ammo ular ommaviy ishlab chiqariladi, ularga alohida mehr berilmaydi va biznikiga o‘xshab qo‘lda tayyorlanmagan.”

Onalar qizlariga ko‘rpacha tikishni olti yoshdan o‘rgatganlar”, dedi u. “Ajdodlarimiz bu ishga jiddiy qaraganlar. Bu bizning azaliy an’analarimizdan biri.”

“Biz bu haqda sayyohlarga so‘zlab berishimiz kerak; ana shundagina ularda tariximiz va madaniyatimizning kichik bo‘lagini o‘zlari bilan olib ketishni istagi paydo bo‘ladi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500