Karvonsaroy
Diplomatiya

Qozog‘istonning AQSH bilan hamkorlikni kuchaytirishi Moskvani g‘azablantirmoqda

Arman Kaliyev

Qozog‘istonning milliy yuk tashish operatori – “Kazmortransflot”ga tegishli Baris kemasi Quriq portiga kirmoqda, 8-aprel. (Quriq porti)

Qozog‘istonning milliy yuk tashish operatori – “Kazmortransflot”ga tegishli Baris kemasi Quriq portiga kirmoqda, 8-aprel. (Quriq porti)

OLMAOTA – Qozog‘iston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi chinakam hamkorlikning kuchayib borayotgani Rossiyani tobora ko‘proq g‘azablantirmoqda, deb yozadi Rossiya OAV.

Shu oy boshida Kreml Ostonadan sobiq “mustamlakachi” davlat maslahatisiz boshlangan Ostona va Vashington o‘rtasidagi hamkorlik borasida izoh talab qildi, deb xabar berdi Rossiyaning “Kommersant” gazetasi.

11-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashilotiga a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi anjumanda Rossiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Sergey Lavrov qozog‘istonlik hamkasbi Qayrat Abdrahmonovga Moskva AQSH va Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvlardan norozi ekanligini bildirgan.

Moskva, ayniqsa, Ostonaning o‘tgan yili Qo‘shma Shtatlarga Afg‘onistonga yuk tashish uchun Kaspiy dengizidagi Oqtov va Quriq portlaridan foydalanish huquqini berganidan ranjigan, deb xabar berdi Kommersant nashriga Rossiya delegatsiyasidagi ismi sir qolishini istagan manba.

Olmaotadagi “EF” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, 13-iyun. (Arman Kaliyev)

Olmaotadagi “EF” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, 13-iyun. (Arman Kaliyev)

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ushbu masalaga oid tegishli hujjatlarni imzolangan edi.

Qozog‘iston bu rejalar bo‘yicha Rossiya bilan maslahatlashmadi ham, xabardor ham etmadi, deb aytgan Kommersant nashriga ismi oshkor etilishini istamagan rossiyalik diplomat.

Markaziy Osiyodagi xavfsizlik

Qozog‘istondagi nufuzli shaxslar Moskvaning bu shikoyatlaridan hayratda.

Afg‘onistonda AQSH harbiylarining joylashtirilishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik darajasini sezilarni oshirdi, deb yozgan qozog‘istonlik biznes-magnat Aydan Karibjanov 12-iyun kuni o‘zining Facebook sahifasida.

Lavrovga javob berar ekan, Karibjanov 1999-2000-yillardagi Botken voqeasini tilga olgan. O‘shanda Afg‘onistonda joylashgan O‘zbekiston Islomiy Harakati (O‘IH) jangarilari Tojikistonni kesib o‘tib, janubiy Qirg‘izistonga kirib borishgan edi.

Jangarilar 20 kishini, jumladan, bir nechta xavfsizlik xodimlari va to‘rt nafar yaponiyalik geologni garovga olishgan.

Oqibatda garovga olinganlarning barchasi ozod qilingan, ammo Botkenda O‘IH va Qirg‘iziston qurolli kuchlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar 2000-yilgacha davom etdi.

Afg‘onistonda AQSH qurolli kuchlarining joylashtirilishi Markaziy Osiyoda tinchlik va osoyishtalik garovidir, dedi Karibjanov 2001-yilda Afg‘onistonga AQSH askarlari kirganidan beri bosqinchi jangarilar va Qirg‘iziston qurolli kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlarga barham berilganiga ishora qilib.

Rossiya ta’sirining kamayishi

Kreml siyosatidan ayro bo‘lgan mustaqil yo‘lidan borayotgan Qozog‘iston Rossiya ta’sirini kamaytirish choralarini izlamoqda.

Masalan, o‘tmishda Rossiya benzin yetkazib berishni kamaytirgan paytlarida Qozog‘iston yoqilg‘i taqchilligidan aziyat chekkan.

Qozog‘istonda neft xomashyosi mo‘l bo‘lsa-da, mamlakatning neftni qayta ishlash quvvatlari sust bo‘lib kelgan.

O‘tgan yil kuzda Qozog‘istondagi ikki neftni qayta ishlash zavodidagi ta’mirlash ishlari sababli kelib chiqqan yoqilg‘i tanqisligi davrida mamlakatdagi yoqilg‘i quyish shaxobchalari haydovchilardan oldindan to‘lab qo‘yilgan kuponlarni talab qila boshladi, bu o‘z navbatida davlat iqtisodiga jiddiy zarba bo‘ldi.

“Yoqilg‘i quyish shaxobchasida yarim kun 20 litr benzinni kutgan kunlarimiz kabi dahshatli kunlar endi qaytmaydi degan umiddaman”, dedi 35 yashar ostonalik Abay Idrisov Karvonsaroy nashriga.

“Neftga boy Qozog‘istonda yashab turib nima uchun nafaqat chet eldan benzin import qilishga, balki Rossiya yetkazib beradigan benzinga qaram bo‘lib qoldik?”, deydi olmaotalik taksi haydovchisi Yermek Suyinshalin.

“Rossiya xuddi Yevropani gazsiz qoldirishi bilan qo‘rqitganidek, bizga ham benzinsiz qoldirish bilan tahdid qilib, bundan foydalanmoqda”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Energiya qaramligini kamaytirish

Bu yil esa vaziyat o‘zgardi, Qozog‘iston uch oy muddatga Rossiya yoqilg‘isining temiryo‘l orqali importini taqiqlashga imkoniyat topdi, dedi Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev 29-may kuni Ostonada.

Vazir Qozog‘istondagi ikkita neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinganidan so‘ng, “Yevro-4” va “Yevro-5” ekologik standartlariga mos benzin ishlab chiqarishni oshirishi haqida e’lon qildi.

Qozog‘istonda 3 ta: Atirau, Pavlodar va Chimkent neftni qayta ishlash zadovlari bor. Hukumat 2024-yilga qadar Mangistau viloyatida to‘rtinchi zavodni barpo etishni rejalashtirgan.

“Qozog‘istonda talab oshmagan, shu sabab katta miqdorda benzin import qilishdan ma’no yo‘q”, degan Bozumbayev 11-iyun kuni vazirlik bergan xabarga ko‘ra.

Keragidan ortiq yoqilg‘isi bo‘lgan Qozog‘iston Rossiya bilan ikki o‘rtadagi hukumatlararo shartnoma muddati tugashi bilan, qo‘shni mamlakatlarga benzin eksport qilish niyatida. 2019-yilning 1-yanvarida o‘z kuchini yo‘qotadigan bitimga ko‘ra, Qozog‘iston benzin eksport qila olmaydi.

Qozog‘iston yoz oylari oxirigacha neftga muhtoj qo‘shnilari bilan tegishli shartnomalarni imzolashni kutmoqda, dedi Bozumbayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Afg‘onistonda AQSH nafaqat o‘z manfaati, balki Rossiya manfaati uchun ham faoliyat olib bormoqda. Nahotki tushunmasangiz? Afg‘oniston Rossiyaga yaqin, ammo AQSH okean ortida. Kalla faqat ovqat yeyish uchun emas, o‘ylash uchun ham berilgan.

Javob berish

Bozubayev o‘z manfaatlari o‘rniga Rossiya manfaatlarini himoya qilishini istisno etmayman.

Javob berish

Rossiya Qozog‘istonni kalta jilovda ushlagani ma’qul, aks holda u har narsa kutsa bo‘ladigan Trampning buyrug‘i bilan hamma ishni rasvo qilishi mumkin. Agar Qozog‘iston baribir Rossiya bag‘ridan chiqib ketadigan bo‘lsa, u Qirg‘izistonda rasmiy emas, rostakamiga kuchayishi kerak.

Javob berish

Gruziyaga qo‘shin kiritayotganida, Qrimni bosib olishda, Suriyada urushayotgan paytida Moskva Qozog‘iston bilan maslahatlashganmidi?

Javob berish

Rossiya hatto shu yerda ham o‘z qo‘shnisiga bosim o‘tkazish maqsadida iqtisodiy omillarni qo‘llayapti...

Javob berish

Allaqachon Rossiyadan uzoqlashish kerak edi.

Javob berish

Agar Qozog‘iston Rossiyadan yuz o‘girsa, Qozog‘istonning beli sinadi. Qozog‘istondagi hamma narsa deyarli sotib bo‘lingan. Agar AQSH o‘ziga olib qolmoqchi bo‘lsa. Agar Qozog‘istonga shu kerak bo‘lsa, unda bemalol...

Javob berish

Jiddiy yozyapsizmi? Qozog‘iston Rossiyasiz juda yaxshi yashaydi. Bundan tashqari, rubldan keyin bizning tenge narxi tushib ketdi. Chunki siz bosqinchisiz. Janubiy Qozog‘istonda ingliz tilini joriy qilishni boshlash kerak. Alvido Rossiya, alvido rus dunyosi. Xudo Amerikani asra, Xudo sanksiyalarni asra, omin, omin, omin!!!

Javob berish

Kremlga borar joyini ko‘rsatib qo‘yish kerak, daf bo‘lgurlar.

Javob berish