Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-06-19 | Fan va texnologiya

“Go Viral” festivali: Markaziy Osiyodagi tadbirkorlar va innovatorlar uchun yangi imkoniyatlar

Olmaotadagi “Go Viral” festivalida bolalar virtual ko‘zoynakni taqib ko‘rmoqdalar, 17-iyun.

Kseniya Bondal

OLMAOTA – 15-17-iyun kunlari Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi ikkinchi marotaba Olmaotada “Go Viral” festivalini o‘tkazdi. Har yili o‘tkaziladigan ushbu tadbir jurnalistlar, tadbirkorlar, san‘atkorlar va boshqa innovatorlarni OAV va texnologiyalar orqali dunyo bilan bog‘lash uchun imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Uch kunlik festival davomida 14 mamlakatdan kelgan innovatorlar o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar. Ma’ruzalar, mahorat saboqlari va biznes uchrashuvlarda 1500 dan ortiq odam qatnashdi.

Eng yaxshi deb topilgan uch loyihaning har biri – robotlar yaratish uchun mo‘ljallangan mobil ilova, kitoblar savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt va Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlari haqidagi ma‘lumotlarni jamlagan veb-sayt – elchixona va boshqa homiylar tomonidan 1000 AQSH dollari (334 ming qozoq tengesi) bilan mukofotlandi.

Raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar “Go Viral” festivali ishtirokchilarining savollariga javob bermoqdalar, Olmaota, 17-iyun. (Kseniya Bondal)

Yangi g‘oyalar taqdimoti

Qirg‘izistonlik tadbirkor, tadbir ma’ruzachilaridan biri Jon Chixun ishtirokchilar bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.

“Tadbirkor - biznesga oid bilimlarini artistik qobiliyatlari bilan birlashtirish orqali innovatsiya yaratadigan kishidir”, deydi u.

Gruziyadagi Kelajak laboratoriyasining bosh ijrochi direktori Irakliy Kashibadze bolalar uchun mo‘ljallangan ta‘lim loyihasini taqdim etdi. U, asosan, sobiq sovet davridan qolgan ta‘lim modellarini qo‘llaydigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari uchun pedagogika sohasida yangicha yondashuvni taqdim etadi.

MDH mamlakatlaridagi ta’lim tizimi bolalarni haqiqiy hayotga tayyorlamaydi, dedi u Karvonsaroyga.

AQSH va Finlandiyada loyihaga yo‘naltirilgan o‘qitish tizimi allaqachon joriy etilgan va bolalarning o‘zlashtirishi yaxshilanmoqda, dedi u. Tizim Gruziyadagi xususiy maktablarda o‘zini to‘la oqlagan bo‘lsa-da, ta’lim sohasi mutaxasisslari bu loyihani MDH davlatlarida joriy etishga biroz ikkilanmoqdalar.

Hamkorlikni kuchaytirish

“Go Viral” festivali kabi tadbirlar Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega, deydi o‘zbekistonlik Nigora Arifjanova.

“Mamlakatlarimiz bir-biri bilan hamkorlik qilishi zarur, zero, birgalikda biz tezroq rivojlanamiz,” dedi u Karvonsaroyga. “Festivalda bu kabi ko‘p qiziqarli narsalarga guvoh bo‘laman deb sira o‘ylamagan edim.”

Tojikistonning “Tayron” media-xoldingi kompaniyasi bosh direktori Shahnoza Hamdamovaning Karvonsaroyga ma’lum qilishicha, uning uchun festival ikki jihat bilan ahamiyatli bo‘ldi – u o‘z tashabbuslari uchun yangi hamkorlar topdi va boshqa ishtirokchilar bilan yangi biznes-g‘oyalarni ishlab chiqdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha