| Fan va texnologiya

Qozog‘iston kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan hukumat dasturini kengaytirmoqda

Aydar Ashimov


“Raqamli Qozog‘iston” dasturining taqdimoti, 30-may, Ostona. (Aydar Ashimov)

“Raqamli Qozog‘iston” dasturining taqdimoti, 30-may, Ostona. (Aydar Ashimov)

OLMAOTA – Qozog‘iston kattalar orasida kompyuter savodxonligini oshirish va yoshlarni dasturlash, robototexnika va boshqa axborot texnologiyalari (IT) sohalariga o‘qitish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

O‘tgan yil dekabr oyida hukumat tomonidan tasdiqlangan “Raqamli Qozog‘iston” davlat dasturi mamlakat iqtisodiyotini kompyuter texnologiyalari yordamida rivojlantirishga qaratilgan. Dastur maktablarda IT sohasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni va kompyuter markazlarini tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Bu kabi kompyuter markazlarida Qozog‘iston bo‘ylab keng omma uchun IT mashg‘ulotlari olib borilmoqda, deyiladi Axborot va aloqa vazirligining 2-iyun kungi bayonotida.


Maktab o‘quvchilari robototexnikani o‘rganadilar: 30-may kuni Ostona shahrida “Raqamli Qozog‘iston” dasturi taqdim etildi. (Aydar Ashimov)

Maktab o‘quvchilari robototexnikani o‘rganadilar: 30-may kuni Ostona shahrida “Raqamli Qozog‘iston” dasturi taqdim etildi. (Aydar Ashimov)

“Ularda iyundan avgustgacha yarim millionga yaqin katta yoshdagilar saboq oladilar”, deyiladi bayonotda.

Kompyuter savodxonligini oshirish

Hukumat kompyuter savodxonligini oshirish uchun barcha viloyatlarda kompyuter markazlari ochishni rejalashtirmoqda.

Fuqarolar bu markazlarda kompyuterlardan, internetdan va onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Zarur bo‘lgan hollarda ularga kompyuter savodxonligi bo‘yicha darslar o‘tiladi.

Bunday markazlar allaqachon Ostona, Chimkent va Olmaotada faoliyat yuritmoqda.

“Darslar turli mavzularda o‘tiladi, bular – boshlang‘ich bilimlar, onlayn davlat xizmatlari va elektron savdo”, dedi ostonalik kompyuter kursi o‘qituvchisi Baurjan Kokeyev Karvonsaroy nashriga.

Fuqarolar mutlaqo bepul asosda mashg‘ulotlarda qatnashishi va IT sohasidagi bilimlarini oshirishi mumkin, dedi u.

“Bu hayotdan ajratib olingan bilimlar emas; kompyuterdan foydalanish, internetdagi xavflardan himoyalanish, elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish hamda mahsulotlar va xizmatlarning onlayn savdosi kabilar bugungi kunda insoniyat uchun juda kerakli axborot hisoblanadi”, dedi Kokeyev.

Qozog‘iston hukumati mazkur tashabbusni “Milliy axborot texnologiyalari” va “Kazpost” kabi bir qator kompaniyalar bilan birgalikda amalga oshirmoqda.

Maktablarda axborot texnologiyalari ta’limi

Shu bilan birga, 1 sentyabrdan boshlab poytaxtdagi barcha maktablarda axborot texnologiyalari xonalari ochiladi. Keyinchalik loyihaga boshqa viloyatlar, shu jumladan, qishloq joylardagi maktablar ham qo‘shiladi.

Loyiha Qozog‘iston hukumati, Tadbirkorlar milliy palatasi va mahalliy nohukumat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Dastlabki mashg‘ulot xonasi Ostonadagi 73-sonli umumta‘lim maktabida 23-may sanasida allaqachon ishga tushgan bo‘lib, unda xalqaro metodika asosida ta’lim berilmoqda. Bolalar robototexnika, mantiq va kompyuterli modellashtirishni o‘rganadilar, mustaqil ravishda vebsaytlar yaratadilar.

“Kelgusi uch yil ichida biz 1000 ta axborot texnologiyalari xonasini ochamiz. Shulardan 280 tasi shu yilning o‘zida tashkil etiladi”, - deydi “Nur Otan” partiyasi raisining o‘rinbosari Maulen Ashimbayev Karvonsaroyga. “Ularda dasturlash va robototexnika bo‘yicha chuqur bilim beriladi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har yili 8-16 yoshdagi 150 mingga yaqin bolalar va o‘smirlar yaxshi jihozlangan IT-xonalarida ta’lim oladilar.

Ushbu keng ko‘lamli loyiha mamlakatda axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar tanqisligining oldini olishga qaratilgan.

“Men dasturlashni o‘rganayotganimdan juda mamnunman”, dedi Ostonadagi 73-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sabina Birjanova.

“Ko‘pchilik buni qizlarga mos emas, deb hisoblaydi. Men bunday deb o‘ylamayman. Men kompyuterlar, internet, robototexnikaga qiziqaman. Maktabni bitirganimdan keyin institutga o‘qishga kiraman, dasturlashni o‘rganaman”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

4
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat Captcha
| 2019-03-31

Bu IT texnologiyalari bo‘yicha loyihamga yordam bermadi.

Javob berish