Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-06-21 | Ta’lim

Qirg‘iziston maktab o‘quvchilarini tabiiy ofatlardan himoya qilishga intilmoqda


Bishkekdagi 76-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchilari, sanasiz surat. (Xoakin Toro/Jahon banki)

Bishkekdagi 76-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchilari, sanasiz surat. (Xoakin Toro/Jahon banki)

Jahon banki

BISHKEK – Jahon bankining yangi dasturi faol seysmik hududda joylashgan Qirg‘izistondagi maktab binolari va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yer silkinishlari, iqlimiy o‘zgarishlar va yomonlashayotgan infratuzilma Markaziy Osiyoda seysmik jihatdan eng faol mamlakatlardan bo‘lgan Qirg‘izistondagi ta‘lim sohasi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Zilzilalar va boshqa xavflar

Mamlakatda yiliga 300 dan ortiq zilzila qayd etiladi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, binolar, mulk va infratuzilmaga shikast yetishi natijasida har yili 280 mln. AQSH dollaridan ortiq (19,1 mlrd. qirg‘iz so‘mi) – yalpi ichki mahsulotning 4,3 foizi miqdorida zarar ko‘riladi.

Zilzilalardan tashqari, Qirg‘iziston boshqa tabiiy ofatlar bilan ham yuzma-yuz keladi.

Mamlakat, shuningdek, ko‘chkilar, sellar, muzlarning erishi tufayli kelib chiqadigan suv toshqinlari va yer ko‘chkilariga moyil. 2100-yilga kelib, markaziy Osiyodagi muzliklarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i erib bitishi taxmin qilinmoqda. Bu iqlim bilan bog‘liq favqulodda hodisalar xavfini keskin oshiradi.

Zilzilalar Qirg‘izistonning ta‘lim sohasiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu sohadagi yillik iqtisodiy yo‘qotishlar qariyb 12 million dollardan (819,7 milliard qirg‘iz so‘mi) oshadi.

Tabiiy ofatlarning inson hayoti uchun xavfi ham kam emas – zilzilalar tufayli mamlakat bo‘ylab 3000 dan ortiq maktabda tahsil olayotgan 1,5 millionga yaqin qirg‘izistonlik o‘quvchilarning hayoti ham jiddiy tahdid ostida qolmoqda.

Shu munosabat bilan, Qirg‘iziston hukumati 2024-yilga qadar mamlakatdagi mavjud 3228 ta‘lim muassasasi xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan “Xavfsiz maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari” davlat dasturini qabul qildi.

Jahon banki va Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va qayta tiklash Global fondi ushbu istiqbolli strategiyani amalga oshirishda hukumatga yordamlashmoqda.

Yaqinda tasdiqlangan “Qirg‘izistonda barqarorlikni mustahkamlash” loyihasi mamlakatdagi ta’lim muassasalarining xavfsizligini va funksional imkoniyatlarini yaxshilashga, infratuzilmani modernizatsiya qilish va maktab binolarining tabiiy ofatlarga qarshi chidamliligni oshirish uchun maxsus dasturlarni joriy etishga ko‘maklashadi.

Ushbu loyiha Jahon bankining “Xavfsiz maktablar” global dasturi ko‘magida boshqa mamlakatlar, jumladan, Kolumbiya, Filippin va Turkiyada amalga oshirilayotgan xavfsiz maktablar loyihalaridan olingan xulosalar asosida tuziladi.

Bolalar va ularning kelajagini muhofaza qilish

Loyiha, shuningdek, tanlab olingan ta’lim muassasalarida energiya samaradorligini, isitish, suv va sanitariya sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Zero, aksariyat maktablar sovet davrida qurilgan va shoshilinch modernizatsiyaga muhtoj.

Yangi davlat dasturi doirasida tashkil etiladigan onlayn modul Ta’lim vazirligi va boshqa tegishli idoralarga maktab infratuzilmasini boshqarish va qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Aholisining to‘rtdan biri nochorlikda yashovchi mamlakatda tabiiy ofatlar nafaqat ta’lim olish imkoniyatlari va bolalarning rivojlanishini cheklaydi, balki qashshoqlikka barham berish imkoniyatlarini ham pasaytirib yuboradi.

Qirg‘iziston hukumati Jahon banki ko‘magida mamlakatning ta’lim sohasi uchun yanada mustahkamroq, xavfsizroq va chidamliroq infratuzilmani barpo etish, natijada bolalar va ularning kelajagini himoya qilish uchun muhim choralarni ko‘rmoqda.

[Jahon banki http://www.worldbank.org/terms sahifasida keltirilgan shartlar asosida ushbu materialdan foydalanishga ijozat bergan.]

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar 0

Captcha