Karvonsaroy
Biznes

Jahon banki taraqqiyot imkoniyatlaridan foydalanish uchun Tojikistonni islohotlarga chaqirmoqda

Karvonsaroy

Dushanbe shahridan 75 km sharqda joylashgan Vaxsh daryosidagi Nurek gidroelektr stansiyasining suv chiqarish tunneli, 2018-yil. Jahon banki Tojikistonni gidroenergetikani rivojlantirishga undamoqda. (YXHT)

Dushanbe shahridan 75 km sharqda joylashgan Vaxsh daryosidagi Nurek gidroelektr stansiyasining suv chiqarish tunneli, 2018-yil. Jahon banki Tojikistonni gidroenergetikani rivojlantirishga undamoqda. (YXHT)

DUSHANBE – Taraqqiyotning yangi imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish uchun Tojikiston tadbirkorlar va potensial investorlarga ushbu mamlakatni o‘z bizneslarini yuritish uchun afzal joy sifatida tanlashga yetarli darajada ishontirishga intilishi kerak, deyiladi dushanba, 25-iyun kuni Jahon banki e’lon qilgan hisobotda.

“2030-yilga qadar Milliy strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash: umummilliy taraqqiyot uchun zamin yaratish” deb nomlangan hisobot Tojikistonga kichik va o‘rta biznes subyektlarini investitsiyalar jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etishga rag‘batlantirish uchun samarali siyosat va institutsional islohotlarni amalga oshirishni tavsiya qiladi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun Jahon bankining tizimli davlat diagnostikasi (SCD) Tojikiston uchun makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, samarali davlat institutlarini yaratish hamda strategik infratuzilma va inson kapitaliga investitsiya kiritishini nazarda tutadi.

SCD tavsiyalari Jahon banki guruhining tahliliy ishlari xulosalari, shuningdek, boshqa xalqaro va mahalliy hamkorlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan bo‘lib, onlayn so‘rovlar va yuzma-yuz maslahatlashuvlarda olingan fikr-mulohazalarni o‘z ichiga olgan.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, “yillar davomida investitsiyalarning yetarli emasligi Tojikistonning xususiy sektoriga ishlab chiqarish salohiyatini yaratish va iqtisodiy diversifikatsiyani ta’minlashga to‘sqinlik qildi. Ushbu grafikda sobiq Sovet davlatlari uchun xususiy investitsiyalar (YIMga nisbatan foizda) ko‘rsatilgan. (Jahon taraqqiyoti ko‘rsatkichlari/Jahon banki)

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, “yillar davomida investitsiyalarning yetarli emasligi Tojikistonning xususiy sektoriga ishlab chiqarish salohiyatini yaratish va iqtisodiy diversifikatsiyani ta’minlashga to‘sqinlik qildi. Ushbu grafikda sobiq Sovet davlatlari uchun xususiy investitsiyalar (YIMga nisbatan foizda) ko‘rsatilgan. (Jahon taraqqiyoti ko‘rsatkichlari/Jahon banki)

Davlat muassasalari va banklar faoliyatini kuchaytirish

Tojikistonning bank tizimi makromoliyaviy barqarorlik uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bank sohasidagi tangliklarni hal etish uchun mamlakatda huquqiy islohotlarni yo‘lga qo‘yish va muammoning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqaruvdagi kamchiliklarni bartaraf etish lozim.

Barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga erishish uchun samarali davlat muassasalariga ega bo‘lish muhimdir, deyiladi hisobotda.

Hisobotda aytilishicha, “Tojikistondagi biznes muhitini yaxshilash va investitsiyalar, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlari uchun sharoit yaratish – mavjud qonunlar va me’yorlar, jumladan, raqobat qonunlarini takomillashtirishni talab etadi”.

SCD raqobatni kuchaytirish va unumdorlikni oshirish uchun davlat korxonalarini isloh qilishni taklif etmoqda.

Daromadlarni boshqarish va soliq siyosatini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurash va adolat tuyg‘usini ta’minlash muhimdir.

“Mustaqil sud tizimi qonunlarga rioya qilish madaniyatini singdirish orqali iqtisodiyotning turli qatlamlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi”, deyiladi hisobotda.

Inson kapitaliga investitsiyalar

Tojikiston yillar mobaynida inson kapitaliga cheklangan sarmoyalar kiritib kelgan, deb ogohlantiradi SCD. U mamlakatda “asosiy infratuzilmani va inson kapitalini strategik investitsiyalash orqali samaradorlikni oshirish va demografik dividendlarni eng yuqori darajaga ko‘tarish”ni taklif qiladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Tojikiston hukumati elektr energiyasi va aloqa infratuzilmasini ishonchli va yetarli darajada ta’minlashi kerak.

“Tojikiston o‘ta yirik bozorga geografik jihatdan yaqinligidan foydalanishi, bog‘liqlikni yashilash va bu bilan mintaqaviy va global integratsiya salohiyatidan foydalanishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500