Karvonsaroy
Tahlil

“Islom davlati” – G‘arb mahsulimi?

Karvonsaroy

Abu Bakr Al-Bag‘dodiy Mosul shahridagi Al-Nuriy masjidida “Islom davlati” tuzilganini e’lon qilmoqda, 2014-yil, Iroq. Iroqlik al-Bag‘dodiy IDga asos solishidan avval “Al-Qoida” tarkibida bo‘lgan. [File]

Abu Bakr Al-Bag‘dodiy Mosul shahridagi Al-Nuriy masjidida “Islom davlati” tuzilganini e’lon qilmoqda, 2014-yil, Iroq. Iroqlik al-Bag‘dodiy IDga asos solishidan avval “Al-Qoida” tarkibida bo‘lgan. [File]

Musulmon dunyosida keng tarqalgan fitna nazariyalaridan biri – “Islom davlati” (ID) va shu kabi ekstremistik guruhlarning go‘yoki G‘arb davlatlari, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan yaratilganidir.

G‘arb islomiy davlatlar siyosatiga aralashish uchun bu guruhlarni yaratgan, degan nazariya musulmon olamidagi aholining katta qismi, shu jumladan, siyosatchilar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Ko‘pgina akademiklar, mutaxassislar va diniy arboblarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi nazariyalar mavjud faktlarni buzib ko‘rsatish maqsadida tarqatilgan yolg‘onlardir.

“Bunday nazariyani qo‘llab-quvvatlash orqali, ba’zi kuchlar global jangarilar tarmog‘ining vahshiyliklari haqida odamlarni adashtirishni istaydilar”, deydi karachilik diniy ulamo, Tinchlik va barqarorlik bo‘yicha dinlararo vakolatxona rahbari Allama Ahsan Siddiqiy.

Suratda ID tomonidan 2016-yilda Qurbon hayitida tarqatilgan videolavha kadri keltirilgan. Unda guruh jangarisi suriyalik qurbonlardan birining bo‘g‘ziga pichoq tortishidan bir necha daqiqa avvalgi holat aks etgan. “ID AQSH tomonidan yaratilgan”, degan fikrni targ‘ib qilish bilan “ayrim kuchlar global jangari tarmoqlarning shafqatsizliklari bilan odamlarni chalg‘itmoqchi bo‘ladilar”, deydi ekspertlardan biri. [File]

Suratda ID tomonidan 2016-yilda Qurbon hayitida tarqatilgan videolavha kadri keltirilgan. Unda guruh jangarisi suriyalik qurbonlardan birining bo‘g‘ziga pichoq tortishidan bir necha daqiqa avvalgi holat aks etgan. “ID AQSH tomonidan yaratilgan”, degan fikrni targ‘ib qilish bilan “ayrim kuchlar global jangari tarmoqlarning shafqatsizliklari bilan odamlarni chalg‘itmoqchi bo‘ladilar”, deydi ekspertlardan biri. [File]

Yamanda joylashgan mashg‘ulotlar bazasidagi yangi yollangan jangarilar. “ID o‘zining hujum salohiyati va taktikasini o‘z kuchiga tayanib yo‘lga qo‘ydi va rivojlantirdi. U MRB yoki boshqa tashkilotdan buyruq va ko‘rsatmalar olib ish yuritishini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, deydi ekspert. [File]

Yamanda joylashgan mashg‘ulotlar bazasidagi yangi yollangan jangarilar. “ID o‘zining hujum salohiyati va taktikasini o‘z kuchiga tayanib yo‘lga qo‘ydi va rivojlantirdi. U MRB yoki boshqa tashkilotdan buyruq va ko‘rsatmalar olib ish yuritishini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, deydi ekspert. [File]

IDning “Al-Wafa” media fondi tarqatgan ushbu suratda ID a’zolarining jangovar tayyorgarlikdan o‘tayotgani ko‘rsatilgan. “Fitna nazariyasi”dan bir qancha mamlakatlar, xususan, Eron mintaqagi manfaatlarini himoya qilish va o‘z hatti-harakatlari uchun javobgarlikdan qochish maqsadida foydalanadi. [File]

IDning “Al-Wafa” media fondi tarqatgan ushbu suratda ID a’zolarining jangovar tayyorgarlikdan o‘tayotgani ko‘rsatilgan. “Fitna nazariyasi”dan bir qancha mamlakatlar, xususan, Eron mintaqagi manfaatlarini himoya qilish va o‘z hatti-harakatlari uchun javobgarlikdan qochish maqsadida foydalanadi. [File]

Yaqin Sharqda IDning paydo bo‘lish tarixi bo‘yicha hech qanday savollar yo‘q, dedi u. “Uning ildizlari Abu Musab Al Zarqaviyga borib taqalishi barchaga ma’lum”, deb qo‘shimcha qildi u.

2004-yilda Al-Qoidaga qo‘shilgan iordaniyalik jangari al-Zarqaviy Usama Bin-Lodinga sodiqlikka qasamyod qilgan, keyinchalik Iroqda al-Qoidaning ilk amiri etib tayinlangan.

Iroqdagi ildizlar

IDning hozirgi rahnamosi – Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroqdagi al-Qoida safiga oradan bir yil o‘tib, 2005-yilda qo‘shildi. U o‘shanda qidiruvda bo‘lgan terrorchi bilan uchrashgan vaqtda qo‘lga olinganidan keyin Bag‘doddagi Bukka qamoqxonasidan endigina ozodlikka chiqqan edi.

U 1971-yilda Samarra janubidagi al-Jilam qishlog‘ida tug‘ilgan, keyinchalik o‘qishni davom ettirish uchun Bag‘dodga ko‘chib o‘tgan, dedi ID haqidagi 2 ta: “ID dunyosi” va “ID ichida” kitoblari muallifi Hisham al-Hoshimiy.

U yoshligidanoq salafiylar g‘oyasidan ta’sirlangan edi va Bag‘doddagi masjidlardan birida o‘zining ekstremistik qarashlarini tashviq qilib kelgan, dedi al-Hoshimiy.

“G‘olib firqa armiyasi” jangarilar guruhining taniqli a’zosi bo‘lgan al-Bag‘dodiyni Al-Qoidaga qarindoshi Mulla Favziy al-Badriy olib kelgan va u o‘sha paytdagi rahbar al-Zarqaviyga sodiqlik qasamyodini qabul qilgan.

Al-Zarqaviy 2006-yilda AQSH hujumi natijasida o‘ldirilgan.

“Zarqaviyning o‘limidan so‘ng, al-Bag‘dodiy Abu Umar al-Bag‘dodiy (Hamid Dovud Muhammad Halil al-Zaviy) rahbarligi ostida yuqori martabalarga erishdi”, deydi al-Hoshimiy.

Shundan so‘ng, u Iroqdagi al-Qoidaning misrlik rahbari Abu Hamza al-Muhojir qo‘li ostida xizmat qildi va “ID rahbari bo‘lish tomon o‘ziga yo‘l ocha boshladi.”

Al-Hoshimiyning aytishicha, 2010-yilda Iroq qurolli kuchlari tomonidan al-Muhojirning o‘ldirilishi “al-Bag‘dodiyning rahbar bo‘lishiga imkon berdi”.

Al-Bag‘dodiy “endi nish urgan IDni” boshqarish uchun tayinlangan bo‘lsa-da, Islom xalifaligini qayta tiklashni orzu qilar edi.

“2011-yilda al-Bag‘dodiy Suriyadagi beqarorlikdan foydalanib, sharqiy Suriyadagi al-Qoida a’zolariga o‘zining eng yaqin izdoshlarini yuboradi va ularni xalifalik g‘oyasini qabul qilishga, asosiy guruhlarini tark etish va tobora kuchayib borayotgan ID safiga qo‘shilishga undaydi”, dedi al-Hoshimiy.

2013-yilning aprel oyida u nihoyat Suriya rahbariyatini va al-Qoidaga g‘oyaviy jihatdan bog‘liq bo‘lgan guruhlarni jalb etib, ID tashkil etilganini e’lon qildi.

Sanoqsiz yolg‘onlar

Misrlik siyosiy tadqiqotchi, Al-Azhar universitetining shariat va huquq fakulteti professori Abdul Nabi Bakkarning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada terrorchi guruhlarning tarqalishi sanoqsiz yolg‘onlar bilan bog‘liq.

“Tarixiy va siyosiy faktlarni o‘rganib chiqsak, noma’lum firqalar tomonidan ilgari surilgan da’volar ochiq yolg‘on ekanligi anglashiladi”, dedi u.

Ko‘pchilik bu da’volarga ishonadi, deb qo‘shimcha qildi u. “Chunki ular mintaqadagi siyosatchilar tomonidan qayta-qayta takrorlangan.”

“Iroqda Abu Musab al-Zarqaviy, undan avval esa Bin Lodin tomonidan tashkillashtirilgan al-Qoidadan yaralgan ID qanday qilib, deylik AQSH mahsuli bo‘lishi mumkin?”, deb savol beradi Bakkar.

Islomobodda joylashgan Pokiston tinchlik tadqiqot instituti rahbari Muhammad Amir Rananing aytishicha, ID Suriyada faoliyat yuritayotgan sobiq al-Qoida rahbarlari tomonidan tashkil etilganiga shubha yo‘q.

“ID AQSH mahsuli ekaniga hech qanday dalil yo‘q”, deydi iroqlik mutaxassis al-Hoshimiy.

“ID o‘zining hujum salohiyati va taktikasini o‘z kuchiga tayanib yo‘lga qo‘ydi va rivojlantirdi”, dedi u. “U MRB yoki boshqa tashkilotdan buyruq va ko‘rsatmalar olib ish yuritishini tasavvur qilib bo‘lmaydi”.

“ID AQSH tomonidan yaratilmagan”, deydi Afg‘onistonning Helmand viloyati sobiq hokimi Juma Xon Hamdard.

“ID AQSHning eng katta dushmani bo‘lsa, qanday qilib u guruhni yaratgani haqida gapirish mumkin?”, deb savol beradi u.

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidan bo‘lgan parlament a’zosi Amir Xon Yar so‘zlariga ko‘ra, AQSH Afg‘onistonda IDga qarshi jang qilmoqda.

“Biz Nangarhorda ularning har kuni ID jangarilariga qarshi kurashayotganiga guvoh bo‘lyapmiz, ular Afg‘onistondagi barqarorlik yo‘lida o‘z askarlarini qurbon qilmoqda”, dedi u va AQSH “hech qachon” IDni qo‘llab-quvvatlamasligini qo‘shimcha qildi.

Chalg‘itish taktikasi

“Mazkur fitna nazariyasi avvaldan mavjud”, dedi Qohira universitetining jamiyatshunoslik professori Bassima Husni. “Bu mukammal o‘ylangan yolg‘ondan boshqa narsa emas”, deb ta’kidladi u.

O‘z qavmining ishonchini qozongan insonlar va tashkilotlar tomonidan tarqatilgan yolg‘onlar “nishonga olingan aholiga qarshi fitna yoki haqiqat sifatida ko‘riladi”, dedi u.

Husnining so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik ko‘pincha bu muammolarni o‘rganmaydi va taniqli arboblarning so‘zlari bilan kifoyalanishi mumkin.

“Bu odamlarning asosiy muammodan chalg‘ishiga olib kelishi mumkin”, deb qo‘shimcha qildi u. “Muammoni imkon qadar uzoqroqqa cho‘zishga qaratilgan chalg‘itish omilini yuzaga keltirish – bu fitna nazariyasining birlamchi maqsadidir”.

Iroqdagi islom ulamolari peshvosi, shayx Xolid al-Mulla “IDni AQSH mahsuli deb bilish” musulmon olamida terrorizm va ekstremizm muammosini tan olmaslik bilan teng ekanini aytadi.

“AQSH 1,5 mlrd. musulmonning ongini nazorat qiladi, musulmonlar uchun rejalar va qarorlarni belgilab beradi, deyish mantiqqa to‘g‘ri keladimi?” deya savol beradi u.

“Nima uchun biz ID – obro‘li va ta’sirga ega diniy arboblarining ekstremistik fikrlashi mahsuli ekanligini, xudbinlikka asoslangan manfaatlar va siyosiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun musulmon yoshlarning hissiyotlarini boshqarish, ularning ongini nazorat qilishga qaratilganini tan olmaymiz?”, deydi u.

Eron rejimining roli

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) G‘arb mamlakatlari, ayniqsa AQSH Yaqin Sharqda davom etayotgan nizoni alanga oldirib turishi haqidagi uydirmalarni tez-tez tarqatib turgan.

Eronning axborot mashinasi doimiy ravishda ushbu nazariyani targ‘ib qilib keladi va hududdagi terrorchilik harakatlari va hiylalar AQSHning o‘z manfaatlari yo‘lida mintaqa xalqlariga qarshi qaratilgan fitnasining bir qismi ekanligini ta’kidlaydi, deb aytadi “Al-Sharq” mintaqaviy va strategik tadqiqotlar markazining Eronga oid masalalar bo‘yicha mutaxassisi Fathi al-Sayid.

Ushbu nazariyaning tarqatlishiga ko‘p sonli Eronparast yo‘ldosh guruhlar, jumladan Livanning “Hizbulloh” guruhi ham hissa qo‘shmoqda, dedi Al-Sayid.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uydirmaning tarqatilishi ortida IIQK turibdi. “U ekstremistik guruhlar, jumladan Al-Qoidani muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda”.

“Bunday yolg‘onni tarqatishdan maqsad, eng avvalo, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusidan (IIQK) javobgarlikni chetlashtirish, ikkinchidan, mintaqaga kirish uchun bahona topish”, dedi Al-Azhardagi huquqshunos professor Bakkar.

Eron ushbu fitna nazariyasidan “Amerika ta’siriga qarshi turish bahonasida arab mintaqasidagi shialar guruhini nazorat qilish va shialarni ularni yo‘q qilishga qaratilgan urinishlardan himoya qilish maqsadida foydalangan”, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Biz sizning dadil pozitsiyangiz va “Islom davlati – G‘arb mahsulimi?” deb nomlangan maqolangizdan minnatdormiz. 2016-yilda chop etgan maqolamizda biz quyidagilarni ta’kidlagan edik: ISHID yo‘q joydan paydo bo‘ldi. Dunyo odamlari bir kun tongda uyg‘onib, Iroq va Suriyaning ko‘p qismini noma’lum diniy guruh egallab olganiga guvoh bo‘lishdi. Hech qancha vaqt o‘tmay ISHID Mosuldagi to‘liq qurollangan va harbiy bilimga ega Iroq armiyasini osonlikcha tor-mor etgan qudratli kuchga aylandi. Aynan Eron islom respublikasi kabi ISHIDning bunday murakkab va beqaror mintaqada to‘satdan paydo bo‘lishi katta chet-el kuchlarining qo‘llab-quvvatlashisiz va ularning tajribali dinshunoslari, strateglari va mutaxassislardan iborat jamoalarning ko‘magisiz amalga oshmas edi. Moskva va Tehron (oxir-oqibat Eronning sodiq tarafdori bo‘lgan Iroq bosh vaziri Nur Al-Malikiy ham ularni qo‘llab-quvvatladi. Bu o‘z o‘rnida ISHID Mosulda Iroq armiyasini zabt etishini va ularga katta miqdorda qurol-aslaha va mablag‘ qoldirilishini ham tushuntirib beradi) ISHID yaralishida ehtiyotkorlik bilan ish tutgan. O‘z o‘rnida, Rossiya va Eron AQSH, Isroil va ehtimol Turkiya ISHID deb nomlangan vahshiy terrorchi tashkiloti ortida turganini da’vo qildi. Rossiya va Eron butun dunyoni ISHIDga qarshi kurashda birlashtirayotganini da’vo qilmoqda, ammo, baxtga qarshi ko‘pchilik (jumladan g‘arbdagi ba’zi davlatlar rahbarlari) ularning so‘zlariga ... https://www.facebook.com/photo.php?fbid=1537202913273840&set=pb.100009524

Javob berish

Ularga ishonganimdan afsusdaman...

Javob berish