Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-03 | Inson huquqlari

Markaziy osiyolik migrantlar: Rossiyadagi adolatsizlik va irqchilik


Qirg‘izistonning nochor qishloqlaridan remont, qurilish yoki yuk tashish kabi vaqtinchalik ish qidirib poytaxtga kelgan erkaklar, Bishkek, 30-iyun. Qirg‘izlarning ko‘pchiligi migrantlar hayoti kun sayin yomonlashayotgan Rossiyaga bormay, poytaxtning o‘zida ishlashni afzal ko‘rmoqdalar. (Arman Kaliyev)

Qirg‘izistonning nochor qishloqlaridan remont, qurilish yoki yuk tashish kabi vaqtinchalik ish qidirib poytaxtga kelgan erkaklar, Bishkek, 30-iyun. Qirg‘izlarning ko‘pchiligi migrantlar hayoti kun sayin yomonlashayotgan Rossiyaga bormay, poytaxtning o‘zida ishlashni afzal ko‘rmoqdalar. (Arman Kaliyev)

Arman Kaliyev

BISHKEK – Rossiya huquq-tartibot idoralari muntazam ravishda Markaziy osiyolik migrantlar huquqlarini poymol qilib, ularga nisbatan ta’magirlik va zo‘ravonlik qilmoqdalar, deydi inson huquqlari faollari.

Boshdan kechirganlarini Karvonsaroyga so‘zlab bergan Markaziy osiyolik migrantlar Rossiyadagi hayotlari bamisoli “dahshatli tush”ga aylanganini aytadilar.

Rossiya politsiyasi Markaziy Osiyolik migrantlarni “ovlash” bilan ovora ekani yetmagandek, mahalliy aholining ularga nisbatan munosabati ham yaxshi emas.


Huquq himoyachisi Valentina Chupik (o‘rtada) Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari bilan suhbatlashmoqda, sanasiz surat. (Facebook)

Huquq himoyachisi Valentina Chupik (o‘rtada) Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari bilan suhbatlashmoqda, sanasiz surat. (Facebook)

Har kungi adovat

33 yashar Mayrambek Osmonov mart oyida Moskvadan tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i Soʻquluqqa qaytib kelgan. U oilasini boqish umidida Rossiyaga kelgan ko‘p sonli Markaziy osiyolik migrantlardan biri edi. Hozir Bishkekda yo‘riqchi-haydovchi bo‘lib ishlamoqda.

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari ko‘pincha rus tilida so‘zlasha olganliklari sababli Rossiyaga boradilar. Tilni bilganliklari tufayli ular odatda mahalliy aholi o‘ziga ep ko‘rmaydigan ishlar, masalan, quruvchilik, hammollik, farroshlik, qorovulchilik va shu kabi “qora” ishlarga joylasha oladilar.

Osmonovga ko‘ra, Rossiyada ishlovchi qirg‘izistonlik mehnat muhojirlariga alohida imtiyozlar berilishi kerak, sababi ikkala mamlakat Moskva tomonidan muvofiqlashtiriluvchi hududiy iqtisodiy blok – Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YIH) a‘zosi hisoblanadi. Nazariy jihatdan, YIH bo‘yicha sheriklik Qirg‘iziston fuqarolariga Rossiyaning istalgan joyida hech qanday to‘siqsiz yashash va ishlash huquqini kafolatlashi lozim.

“Shunday bo‘lsa-da, real hayotda biz Rossiya rasmiylarining adovati va Markaziy osiyolik “chaqirilmagan” mehmonlarga nisbatan noroziligini ko‘rmoqdamiz”, dedi u.

U ortiq Rossiyaga bormaslikka ont ichganini aytadi.

Ruslarning bizni yoqtirmasligiga toqat qila olarmiz ham, lekin, bor-budimizni shiladigan va kamsitadigan politsiya tinch yashashimizga qo‘ymaydi, dedi u Karvonsaroyga. “Kamroq pul topsam ham, o‘z yurtimda yashaganim afzal”.

Osmonov hujjatlari joyida bo‘lsa ham, Moskvada doim huquq-tartibot idoralaridan yashirinib yurishga majbur bo‘lganini aytadi.

Uning aytishicha, politsiya xodimlari uning hujjatlarini tortib olishar, pul berganidan keyingina qaytarar edilar.

“Odatda, patrul mashinasini ko‘rgan zahotim, eng yaqin hovli tarafga o‘zimni urardim, deydi u. “Ular o‘z qurbonlarini – o‘zbek yoki qirg‘izlarni yaxshi taniydilar, ular uchun biz sog‘in sigirmiz”.

Inson huquqlarining keng ko‘lamli buzilishi

Moskvadagi “Tong Jahoni” inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkilotining ijrochi direktori Valentina Chupikning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada politsiya xodimlari muhojirlardan hujjatlarni ta’magirlik yo‘li bilan tortib oladilar.

Politsiya hujjatlarni migrantlarning o‘ziga “qayta sotish” uchun tortib oladi. Agar migrant politsiya mahkamasiga olib ketiladigan bo‘lsa, hujjatlarni qaytarib olish “narxi” 4 karra oshadi, degan edi u may oyida 24.kg nashriga.

Chupik Markaziy osiyolik mehnat muhojirlari saqalanadigan hisbxonalarni “konslagerlar”dagi sharoitga qiyoslagan.

“Ular odamlarni yerto‘la, kabinka, mittigina kameraga joylaydilar, ularni yotoqsiz, yemaksiz va suvsiz qoldiradilar, hatto, hojatga chiqishga imkon berilmaydi”, dedi u. “Ular migrantlardan telefonlarini tortib oladilar va pul berib qutulishga majburlash uchun ularni sutkalab shunday sharoitlarda ushlab turadilar”.

U Rossiya politsiyasining hatti-harakatlari qandli diabetga chalingan qirg‘izistonlik migrantning o‘limiga sabab bo‘layozgani haqida 24.kg nashriga so‘zlab bergan.

Patrul xodimlari erta tongda insulin sotib olib, aptekadan chiqayotgan yigitni qo‘lga olganlar. Hujjatlari joyida bo‘lishiga qaramay, u politsiya idorasiga olib ketilgan. Undan insulinni olib qo‘yishgan, o‘zini esa bir yarim sutkaga kameraga tiqishgan.

Buning natijasida u diabetik komaga tushgan.

“Politsiya xodimlari tez yordam chaqirishgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Ular yigitni tashqariga olib chiqib, o‘rindiqqa yotqizganlar va sud tomon yo‘l olganlar. Sudya esa, hujjatlarga qarab ham o‘tirmay, migrantni deportatsiya qilish haqida buyruq chiqarib bergan”, dedi Chupik.

“Yigit ertasi kuni o‘ziga kelgan va og‘ir ahvolda edi”, deydi Chupik.

Zo‘ravonlik va korrupsiyaning avj olishi

“Politsiya Rossiyadagi eng korruptsiyalashgan idoradir”, deydi muhojirlarga bepul huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan immigratsiya siyosati mutaxassisi Chupik. “Korruptsiya ortidan daromad olish maqsadida politsiyada irqchilik tuyg‘usi shakllantiriladi”.

Chupikning o‘zi Moskvaga O‘zbekistondan ko‘chib kelgan, bu erda u politsiya bilan muammoga duch kelgan mehnat muhojirlariga bepul yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

U kuniga taxminan 40 tacha telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qiladi, ularning aksariyati noqonuniy hibsga olish bilan bog‘liq shikoyatlardir.

“Muhojir ko‘kko‘z yoki mallasoch bo‘lmagani uchun, ayniqsa, ko‘zlari osiyoliklarga xos qisiqroq bo‘lgani sabab, politsiya xodimi tomonidan to‘xtatiladi”, dedi u, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari migrantlarni sababsiz ushlab turish huquqiga ega emasligini ta’kidlar ekan.

Rossiyada migrantlar huquqlarini monitoring qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakat huquq-tartibot organlarining zo‘ravonliklari kuchaygan, ektremizm va terrorizmga qarshi kurash bahonasida esa korrupsiya yuzaga kelgan, dedi Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi vitse-prezidenti, bishkeklik Tolekan Ismailova.

“(Rossiyadagi) migrantlar erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash huquqiga egalar”, dedi u Karvonsaroyga.

Politsiyaning Markaziy osiyolik muhojirlarga qarshi qaratilgan reydlari va tahdidlari Rossiyada inson huquqlari va fuqarolik erkinliklari keng miqyosda buzilayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda, deb qo‘shimcha qildi Ismoilova.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 33

Fikrlar 3

Captcha
Comment bubble | 2018-11-11

Bu juda qiziq, nega hech kim Rossiyada ular oʻzlarini qanday tutishlari-yu, 90-yillarda ruslarni uy-joyini tashlab Rossiyaga ko‘chishga majbur qilganliklari haqida yozishmaydi?

Javob berish
Руслан | 2018-08-01

Ha, bu haqiqat, yillar o‘tishi bilan borgan sari yomonlashib bormoqda! Bizni odam qatorida ko‘rmasdan, o‘z geosiyosiy va geoiqtisodiy maqsadlari yo‘lida qullarday ishlatadigan bunday strategik hamkorning nima keragi bor! MDHdan hech nima qolmadi, agar Markaziy Osiyo Rossiyadan yuz o‘girsa, u o‘zining kar qulog‘i bilan yakkalanib qoladi!

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-11-13

Oʻzlaringizni odamga oʻxshab tutinglar, shunda munosabat ham normal boʻladi. Oʻz qoidalaringiz bilan begona monastirga kirishga urinyapsiz. Unda shikoyat ham qilmang. Odam boʻlolmasang - uyingda oʻtir.

Javob berish