Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-04 | Siyosat

Rossiya va Eronni Suriyada muqarrar to‘qnashuv kutmoqda

Boshpanasiz qolgan oilalar Idlib viloyatida muxolifat nazoratidagi yerlardan rejim nazoratidagi hududlarda joylashgan o‘z qishloqlariga qaytayotgan vaqtda, Suriyalik askarlar Abu al-Duhur chorrahasida Rossiya va Suriya rahbarlarining surati oldida suhbatlashib turibdi, 4-aprel. (Jorj Urfalian/AFP)

Qohiradan Valid Abu al-Xayr

Rossiyaning Suriyadagi urushdan keyingi maqsadlari – o‘zining harbiy hozirligini uzaytirish va mamlakatdagi siyosiy hamda iqtisodiy ta’sirini kengaytirish bilan bog‘liq. Bu esa Suriyada o‘z hozirligini saqlab qolishga urinayotgan Eron va uning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan ziddiyatlarga sabab bo‘lishi aniq, deydi mutaxassislar.

Rossiyaning Suriyadagi missiyasi deyarli yakunlanganini e’lon qilganiga qaramay, o‘tgan oy Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya kuchlari Moskva manfaatlariga mos ravishda Suriyada qolishini ma’lum qildi, deb xabar berdi AFP nashri.

“Harbiylarimiz Rossiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida dunyoning muhim mintaqasida bo‘lib turibdi”, dedi Putin Rossiya aholisiga yo‘llagan an’anaviy yillik murojaatida.

Rossiya askarlari Vafidin lageriga kiraverishda 12-aprel kuni Sharqiy G‘utaning Duma shahridan ko‘chirilgan Jaish al-Islom jangarilari va ularning oila a’zolari bo‘lgan avtobuslarning kelishini kutmoqdalar. (Yusuf Karvashan/AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Suriya, Yaman va Afg‘onistonga oid masalalar bo‘yicha ikki mamlakat hamkorligini muhokama qilish maqsadida 2017-yilning noyabr oyida Tehronda o‘z vakillari bilan uchrashdilar. (Kreml)

“Ular Rossiya manfaatlari va bizning xalqaro majburiyatlarimizning bajarilishini ta’minlash uchun o‘sha yerda qoladilar. Harbiylarni olib chiqishni rejalashtirmayapmiz”, dedi u.

Suriyada o‘z yutuqlarini mustahkamlash bilan birga, Rossiya qayta tiklash xarajatlarini kamaytirib, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan mablag‘ ajratishni so‘ragan.

Va’da va kechikishlar

“Rossiya Suriyaning katta qismida nazorat o‘rnatish rejasini amalga oshirish uchun oxirgi ikki yilni vaqtni choz‘ish bilan o‘tkazdi”, deydi suriyalik huquqshunos Bashir al-Bassam.

Rossiya qurolli kuchlarining chiqib ketishi haqidagi takroriy e’lon va va’dalarga qaramay, “bu bayonotlar va va’dalarning barchasi quruq gap ekanligi ko‘rinib turibdi, chunki bugungi kunda uning qurolli kuchlari Suriyadagi faoliyatini kuchaytirgan”, dedi u.

Al-Bassamning aytishicha, Rossiya o‘z hozirligini qonuniylashtirish maqsadida Suriya rejimi bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzib, siyosiy gegemonlik o‘rnatishga intilmoqda.

Siyosiy frontda Rossiya Suriya rejimi va muxolifat guruhlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning bartaraf etilishi va kelishuvlarning imzolanishini nazorat borgan, dedi u. Bu bilan u ayrim hududlarda Eronning ta’sirini kamaytirgan.

“Rossiya Suriya armiyasi ustidan ham nazoratni qo‘lga olmoqda va ham hukumat, ham nodavlat kuchlarini qo‘llab-quvvatlamoqda”, dedi u. Bular Wagner Group va Suriyaning maxsus Yo‘lbars kuchlaridir (al-Nimr kuchlari).

Suriya “shubhasiz, yaqin kelajakda Rossiya va Eron mojarosiga guvoh bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi u. “Suriya xalqining mulki va resurslari Suriyani qo‘llab-quvvatlash va urushdan keyingi davr bahonasida Rossiya va Eron tomonidan talon-taroj qilinmoqda.”

Urushdan keyingi davr

“Rossiya urushdan keyingi davrda siyosiy, iqtisodiy va harbiy gegemonlik o‘rnatish maqsadida Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda”, dedi iqtisodchi va Ayin Shams universiteti professori Shaher Abdulloh.

Bu davrda qayta tiklash ishlari va Suriyaning neft-gaz resurslari, ayniqsa Suriyaning Badiya sahrosi hududini nazorat qilishga urinish kuzatiladi, dedi u.

Rossiya Tartusdagi harbiy bazasini kengaytirmoqda va o‘z askarlarini qirg‘oq bo‘ylab deyarli har yerda joylashtirmoqda, shu bilan birga, Hmeymimdagi havo bazasini qo‘lga olgan, dedi Abdulloh.

Iqtisodiy jabhada, Suriyaning 12-blokidagi dengiz bo‘yi zahiralarini qazib olish maqsadida Rossiyaning energetik korxonalari avval to‘xtatilgan eksklyuziv tenderni yangilamoqchi.

2016-yilning o‘zida Rossiya infratuzilma va boshqa sohalarda 1 milliard AQSH dollariga teng shartnomalarni imzoladi. O‘tgan yilning dekabr oylarida Rossiyaning Yevro Polis kompaniyasi hukumat bilan 25 foiz mahsulot evaziga neft zahiralarini himoya qilish shartnomasini imzolagan.

Rossiyaning Stroytransgaz korxonasi Suriyaning fosfat konlarida texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini va Palmira hududida qazish ishlarini boshlab yubordi, dedi Abdulloh.

“Rossiya Suriyaga asosiy bug‘doy yetkazib beruvchi sifatida o‘z o‘rnini egalladi va bu bilan Suriyaning oziq-ovqat xavfsizligini o‘z qo‘liga oldi”, deb qo‘shimcha qildi u.

Iqtisodiy maqsadlar

“Suriya sababli Moskva va Tehron o‘rtasida mojaro kelib chiqish arafasida, sababi ikki davlat urushdan keyin qolgan ulushning katta qismini qo‘lga kiritmoqchi”, dedi sobiq Misr armiyasi zobiti, general mayor Yahyo Muhammad Ali.

Ikki davlatning ham Suriyada o‘z iqtisodiy maqsadlari bor, dedi u. “Bu, birinchidan, Suriyada olib borilgan urush xarajatlarni qoplash, ikkinchidan esa – kelajakda foyda olish.”

Ikkala davlat ham Suriya hukumati bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, uzoq muddatli shartnomalarni imzoladilar, deb ta’kidladi u.

Eron Suriyani o‘zining ta’sir doirasida bo‘lishini istaydi, dedi u. Uning asosiy maqsadi Tehronni O‘rtayer dengizi bilan bog‘lovchi yerusti yo‘nalishini barpo etishdir.

Ayni vaqtda “Rossiya Suriyadagi hozirligidan va urushdagi bevosita ishtirokidan foydalanib, o‘z qurollarini targ‘ib qilmoqda”, dedi u. “Suriyaning jang maydonlarida 160 dan ortiq yangi qurollar sinovdan o‘tgan.”

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 40

Fikrlar 0

Captcha