Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-06 | Biznes

2018-yilda O‘zbekistonga kiritilgan AQSH investitsiyalari hajmi oshdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xarid qilgan Boeing-787 samolyoti 18-may kuni Toshkentga yetib keldi. (O‘zbekiston havo yo‘llari)

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – 2018-yilning dastlabki to‘rt oyi davomida O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalarning chorak qismidan ko‘prog‘i Amerika Qoshma Shtatlari hissasiga to‘g‘ri keldi, deyiladi 27-iyun kuni O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan bayonotda.

1991-yilda Rossiyadan mustaqil bo‘lganidan so‘ng, O‘zbekistonga umumiy qiymati 4,3 milliard AQSH dollariga (33 trillion so‘m) teng xorijiy sarmoya kiritildi, shundan 300 million AQSH dollari (2,3 trillion so‘m) joriy yilning dastlabki to‘rt oyiga to‘g‘ri keldi.

2018-yilning dastlabki 4 oyida AQSH sarmoyalari jami xorijiy investitisiyalarning 28 foizini tashkil etdi, deyiladi bayonotda.

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen (o‘ngda) 20-may kuni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining Toshkentda o‘tgan yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Savdo palatasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan amerikalik investorlar va Amerika Qo‘shma Shtatlarida biznes manfaatlariga ega o‘zbek tadbirkorlarni jamlagan. (Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi)

Tadqiqotga ko‘ra, Xitoy va Rossiyadan sarmoyalar ancha kam bo‘lib, mos ravishda 10 va 6 foizni tashkil qilgan.

AQSHning yetakchi kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

O‘zbekiston bir qator iqtisodiy islohotlarni qabul qilgan 2017-yildan buyon Amerikaning yirik bizneslari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirgan.

Ular orasida General Electric, White & Case va McKinsey & Company, Yum! Brands kabi kompaniyalar bo‘lib, so‘nggisi shu yil Toshkentda mashhur KFC restoranlarini ochishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda General Motors, Boeing, ExxonMobil, Coca-Cola va John Deere kabi Amerika kompaniyalari faoliyat yuritib kelmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi.

“May oyi o‘rtalaridagi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Trampning tarixiy uchrashuviga qadar ham Qo‘shma Shtatlar investorlari mamlakatda yetakchi o‘rinlarni egallab kelganini ta’kidlash lozim”, deydi toshkentlik iqtisodchi Rustam Fayziyev Karvonsaroy nashriga.

“Uchrashuv chog‘ida o‘zbek va amerikalik biznes yetakchilari 4,8 milliard AQSH dollariga teng shartnomalarni imzoladilar”, dedi u.

Kelishuvlar 20 dan ortiq yirik shartnomalar, shu jumladan, “Honeywell” va Jizzax Petroleum o‘rtasida Jizzaxda neftni qayta ishlashga ixtisoslashgan zavodni barpo etishga oid shartnomani ham o‘z ichiga oldi.

Markaziy bank Amerika investitisiyalari hajmining “kelajakda yanada oshishini” kutmoqda, dedi Fayziyev.

Boeing O‘zbekistonga Dreamliner samolyotlarini yetkazib bermoqda

“Boeing” kompaniyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik – AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ko‘zga ko‘ringan misollaridan biri.

18-may kuni “Boeing” uchinchi “Dreamliner”ni Toshkentga yetkazib berdi.

“Boeing samolyotlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchun muhim va kompaniya o‘z parkini ushbu havo kemalari bilan kengaytirishda davom etadi”, dedi milliy aviakompaniya matbuot kotibi Shuhrat Xoliqov Karvonsaroyga.

“Biz ularni sifati, ishonchliligi va qulayligi uchun yuqori baholaymiz”, dedi u. “2020-yilgacha yana uchta Drimlayner sotib olinadi va ularning soni 6 taga yetadi.”

“O‘zbekiston havo yo‘llari” ushbu samolyotlarga O‘zbekistonda birinchi bo‘lib buyurtma bergan, deb qo‘shimcha qildi u.

Drimlaynerlarning sotib olinish aviakompaniyaga 2017-yilda Toshkent va Nyu-York o‘rtasida uzluksiz reyslarni yo‘lga qo‘yishga imkon berdi.

O‘zbekistonlik Amerika fuqarolari uchun yangi imkoniyatlar

AQSH aholini ro‘yxatga olish byurosining 2016-yilgi ma‘lumotlariga ko‘ra, mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega 62 ming o‘zbekistonlik bor. Ularning ayrimlari o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida uylariga qaytishni rejalashtirmoqda.

Ular orasida Nyu-Yorkda Uber haydovchisi bo‘lib ishlaydigan Bobur Muhammad ham bor.

“Men 90-yillarda grin-karta yutib oldim, so‘ngra AQShga ko‘chib kelib, Amerika fuqaroligiga ega bo‘ldim”, dedi u Karvonsaroy bilan telefon orqali suhbatida.

O‘zbekistondagi liberallashuv to‘lqini chog‘ida u yerda biznes ochishga qiziqib qolganman. Men Uberga o‘xshash kompaniya ochish haqida o‘ylayapman”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar 0

Captcha