Karvonsaroy
Xavfsizlik

Tojikistondagi harbiy mashg‘ulotlar Kremlning kamayib borayotgan ta’siri sababli xavotirda ekanini ko‘rsatdi

Karvonsaroy va AFP

Rossiyaning mobil zenit-raketa majmualari aprel oyida Tojikistondagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida raketa uchirmoqda. 17-iyul kuni boshlangan Tojikiston-Rossiya qo‘shma mashqlari Rossiyaning mintaqadagi rejalari borasida xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiyaning mobil zenit-raketa majmualari aprel oyida Tojikistondagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida raketa uchirmoqda. 17-iyul kuni boshlangan Tojikiston-Rossiya qo‘shma mashqlari Rossiyaning mintaqadagi rejalari borasida xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

TOG‘LI BADAXSHON, Tojikiston – Joriy haftada Rossiya va Tojikiston Afg‘oniston tarafidagi jangarilar hujumiga tayyorgarlik o‘laroq iddao qilingan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi, biroq aslida buning boshqa sabablari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Asosan zahiradagi kuchlardan iborat 10 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ilk bor sovet davrlaridagi sobiq ittifoqchilari bilan Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qatnashadilar, deyiladi Tojikiston mudofaa vazirligi bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, birlashgan kuchlar faraziy hujumlarda Afg‘onistondan kirib kelgan “terrorchilarni yo‘q qilish” amaliyotlarini o‘tkazadi.

Mashqlar 17-iyul, seshanba kuni boshlangan va 20-iyul, juma kuni yakunlanishi rejalashtirilgan edi.

Tojikistondagi Rossiya harbiylari, 15-iyul kungi surat. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Tojikistondagi Rossiya harbiylari, 15-iyul kungi surat. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi askarlari, 17-iyul kuni olingan surat. Ular tojik qurolli kuchlari bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazar ekan, Rossiyaning hududdagi rejalari yuzasidan xavotirlar paydo bo‘lmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi askarlari, 17-iyul kuni olingan surat. Ular tojik qurolli kuchlari bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazar ekan, Rossiyaning hududdagi rejalari yuzasidan xavotirlar paydo bo‘lmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasidan ruslarning 400 ga yaqin askari va 80 ta harbiy uskunasi mashqlarda qatnashish uchun yuborilgan, deb xabar bergan Rossiya armiyasi.

Mazkur baza Rossiyaning xorijdagi eng katta harbiy bazasi bo‘lib, Tojikistondagi ikkita alohida hududda, Dushanbe va Xatlon viloyatining Qorg‘ontepa shaharlarida joylashgan. U yerda taxminan 6000 dan 7000 gacha askarlar bor.

Bazaning joylashuvi sababli ikki davlat harbiylari ishtirokidagi avvalgi mashqlar Afg‘oniston bilan chegaradosh Xatlon viloyatida o‘tkazgan edi.

Ammo, joriy mashg‘ulotlar mamlakatning boshqa hududida, Tojikistonning Xitoy bilan chegaradosh yagona viloyati – Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida o‘tkazilmoqda.

Joylashuv, joylashuv va yana bir bor joylashuv

Mashg‘ulotlar joyining o‘zgarishiga sabab – Xitoy va Rossiyaning o‘z “tomorqasiga” boshqalarni kiritishni istamayotgani, deydi ba’zi kuzatuvchilar.

Xitoy so‘nggi yillarda Tojikistonda xavfsizlik sohasidagi ko‘magini ancha kuchaytirdi, jumladan, Tojikiston va Afg‘onistonning 1300 kilometrlik chegarasida infratuzilma yaratib, 2016-yildan beri Tojikiston bilan hamkorlikda harbiy mashqlarni o‘tkazib kelmoqda.

Bunday hamkorlik Tojikiston chegaralarida ham amalga oshirilmoqda. Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, Pekin viloyat chekkasida, Afg‘oniston va Xitoyning Shinjon viloyati chegarasi yaqinida xavfsizlik inshootini barpo etdi, deyiladi Xalqaro inqiroz guruhi (ICG) tomonidan mart oyida e’lon qilingan ma’ruzada.

“Rossiyalik manbalarning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda Xitoyning harbiy hozirligi Moskva uchun og‘riqli masala”, deyiladi bayonotda.

Unda aytilishicha, “bir necha yil avval rossiyalik tahlilchi va rasmiylar Markaziy Osiyoni Moskvaning “tomorqasi” deb tasvirlashga o‘rganib qolgan edilar, bu bilan Pekin Markaziy Osiyodagi har qanday faoliyatini rossiyalik hamkorlar bilan muvofiqlashtirishi kerakligiga ishora qilar edilar”.

“Tojikistonda katta tajribaga ega rossiyalik mutaxassis Xitoy rasmiylarining Tog‘li Badaxshonda barpo etilgan xavfsizlik inshootlari soni haqida Moskvaga xabar bermagani yuzasidan o‘z noroziligini bildirgan.”

“Xitoy mintaqada Rossiyadan ko‘ra ko‘proq ustunlikka ega, xususan, mablag‘ va Tojikistonga juda zarur bo‘lgan yirik infratuzilmalar hamda boshqa loyihalarni moliyalashtirishga tayyorligi bilan”, deyiladi hisobotda.

18-iyul, chorshanba kuni Rossiyaning davlat nazoratidagi Gazprom kompaniyasi Tojikistonga neft va gaz zahiralarini qazib olishga ortiq yordam bera olmasligini e’lon qilishi Rossiyaning o‘z qo‘shnilariga yordam bera olmasligi yoki buni istamasligini ko‘rsatdi.

Mamlakatning bu qismida Xitoyning xavfsizlik sohasidagi hozirligi “Rossiyani g‘azablantiradi”, deyiladi bayonotda.

Terrorizmga qarshi kurash bahonasi

Mustaqil kuzatuvchilarga ko‘ra, Rossiyaning Markaziy Osiyoda o‘z harbiy qudratini mustahkamlashi va uni namoyish etishga urinishi – Moskvaning o‘z do‘stlarini dushmanlardan himoya qilishdan ko‘ra, ko‘proq boy berilgan sovet hududlari ustidan nazoratni tiklashga qaror qilganidan darak bermoqda.

Rossiya harbiylari uzoq yillar davomida tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlab kelgan, biroq 2005-yilda sharmandalik bilan Tojikistonni tark etgan edilar. O‘shandan beri Rossiya o‘z nazoratini mustahkamlash harakatlari doirasida ularni qaytarishga urinib kelgan.

Rossiya va Tojikiston o‘rtasida 2012-yil oktyabrda imzolangan kelishuvga ko‘ra, 201-harbiy baza Tojikistonda 2042-yilgacha mavjud bo‘ladi.

Kremlning da’vosiga ko‘ra, Markaziy Osiyoga Afg‘oniston tarafdan jangarilar kirib kelishi xavfi mavjud.

Masalan, yanvar oyida Rossiya rasmiylari Afg‘onistondagi “Islom davlati” (ID) jangarilari soni 10 mingga yaqin ekanini bayon qilgan edilar. Afgoniston rasmiylari bu raqamga zudlik bilan aniqlik kiritib, ularning “bir necha yuz” ekanligini bildirganlar.

Moskvaning g‘azab ustida o‘z qudratini ko‘rsatib qo‘yishga urinishlari tufayli, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z yo‘lini belgilashni boshlamoqda.

Jumladan, 6-mart kuni Qozog‘istonlik qonun chiqaruvchilar Kaspiybo‘yidagi ikkita dengiz portini foydalanish uchun ochish haqidagi qonunni ma’qulladilar. Ushbu portlar noharbiy yuklarni AQSHdan Afg‘onistonga (Rossiyani chetlab o‘tib) yetkazish uchun tranzit nuqtasi bo‘lib xizmat qilish ko‘zda tutilgan.

Ekspertlarga ko‘ra, Moskva Markaziy Osiyodagi ta’sirini yo‘qotayotganidan norozi ekanligini ko‘rinib turibdi, Rossiyaning “qo‘g‘irchoq OAV”lari esa voqealar rivojiga “tizimli ravishda” e’tiroz bildirib kelmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston harbiy ITTIFOQ tuzishi zarur!!!

Javob berish