Karvonsaroy
Energiya

Qirg‘iziston qishloqlarida quyosh energiyasi loyihasi amalga oshirilmoqda

Arman Kaliyev

Ot mingan ikki qirg‘izistonlik erkak 12-may kuni Norin viloyatining Otboshi tumanida, dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi Qizil-bel tog‘idan o‘tmoqdalar. Qirg‘izistonning ko‘pgina tog‘li tumanlarida elektr energiyasi tanqisligi mavjud. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

Ot mingan ikki qirg‘izistonlik erkak 12-may kuni Norin viloyatining Otboshi tumanida, dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi Qizil-bel tog‘idan o‘tmoqdalar. Qirg‘izistonning ko‘pgina tog‘li tumanlarida elektr energiyasi tanqisligi mavjud. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

BISHKEK – Qirg‘izistonning sanoat, energetika va yer resurslari bo‘yicha davlat qo‘mitasi (SEYRDQ) Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) moliyaviy ko‘magida mamlakatning chekka va tog‘li hududlarini quyosh energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirishga kirishdi.

Ushbu loyiha doirasida hukumat chekka hududlar aholisiga 300 mVt quvvatga ega quyosh energiyasi uskunalari va jihozlarini bepul taqdim etadi. SEYRDQning 16-iyul kungi xabariga ko‘ra, ushbu uskunalar qatorida quyosh panellari, akkumulyatorlar, televizorlar, muzlatkichlar, yorug‘lik diodli lampalar va yoritish moslamalari bor.

Elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgani sababli shu paytgacha na elektr energiyasi va na boshqa qulayliklarga ega bo‘lgan uylarning tomiga quyosh panellari o‘rnatiladi.

Muntazam ravishda quyosh nuri bilan ta’minlangan sinov loyihasidagi hududlar ekologik jihatdan sof elektr energiyasiga ega bo‘ladi.

Jumgal viloyatida yashovchi mahalliy aholi o‘tov yasamoqda, iyul oyi. (Mirbek Busurmankulov)

Jumgal viloyatida yashovchi mahalliy aholi o‘tov yasamoqda, iyul oyi. (Mirbek Busurmankulov)

Norin viloyatining Jumgal tumani, Ken-Suu qishlog‘i aholisi birinchilardan bo‘lib quyosh panellari va uy jihozlarini olishdi. Bu joy dengiz sathidan 2000 metr balandda joylashgan bo‘lib, o‘zining sovuq iqlimi bilan mashhur.

Loyiha doirasida qishloqda jami 15 ta uskuna o‘rnatildi.

Norin viloyatidagi loyiha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, SEYRDQ va OTB mamlakatning elektr quvvati taqchil bo‘lgan chekka hududlarida mustaqil elektr ta’minot tizimini o‘rnatishni boshlaydi, deyiladi qo‘mita vebsaytida.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari

Qirg‘izistoning qariyb to‘rtdan uch qismi tog‘li hududlardan iborat. Shu sababli elektr ta’minoti chegaralangan.

Mamlakatda sovet davridan qolgan energetika tizimi ancha eskirgan va yangilanishga muhtoj bo‘lib, ularni yangi, ekologik toza texnologiyalar bilan, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalariga almashtirish talab etilmoqda.

Mamlakatda har yili elektr quvvati iste’moli 5 foizga ortmoqda, bu raqamning asosiy qismi aholi ehtiyojlariga to‘g‘ri keladi, dedi Bishkekda joylashgan nodavlat egologik tashkiloti – Unison Group rahbari Nurzat Abdirasulova.

Mamlakat aholisi soni ortib bormoqda, yangi uy xo‘jaliklari paydo bo‘lyapti, ammo yangi elektr energiyasi inshootlari qurilmayapti”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Avvallari elektr quvvati iste’molining katta qismi sanoat ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirgi kunda elektr energiyasining 60 foizdan orti‘g‘i aholi tomonidan sarflanadi, dedi Abdirasulova.

“Elektr quvvati ishlab chiqarish inshootlarining taqchilligi yaqqol seziladi, ayniqsa quvvat yetishmasligi vaqtida birinchi galda chekka hududlar elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi”, dedi u. Bu muammoga yangilanadigan energiya manbalari yechim bo‘la oladi.

Qiziqishni kuchaytirish

Yangilanadigan energiya sanoati boshlang‘ich bosqichda. Qirg‘izistonda yangilanuvchi energiya manbalari mamlakat elektr quvvati manbalarining 1 foizini ham tashkil etmaydi, dedi Abdirasulova.

Qirg‘izistonliklar uylarida yangilanadigan energiya manbalarini o‘rnatishga shoshilmayaptilar, dedi bishkeklik muhandis-ekolog Baktigul Stakeyeva Karvonsaroy nashriga.

“Oddiy iste’molchilar uchun optimal yechim bo‘lgan quyosh panellari qimmat va ular haqida yetarli ma’lumot yo‘q”, dedi u.

Qirg‘izistonda hozirgi kun xarajatlarini hisobga olsak, quyosh panellari o‘zini oqlashi uchun “o‘nlab yillar” talab etiladi, dedi u.

Shu sababli, aholi hukumat va OTBga o‘xshash xalqaro taraqqiyot banklariga umid qilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu yerda uy qura olmaymiz, banklardan kredit olish esa arzimaydi. Bolalarni uxlatish uchun aytiladigan ertaklar bularning bari.

Javob berish