| Xavfsizlik

Qirg‘izistonga sayyohlarni jalb etish maqsadida Issiqko‘lda xavfsizlik kuchaytirilmoqda

Arman Kaliyev


Issiqko‘lda dam olayotganlar, o‘tgan yilning avgust oyi. (Nurgali Rahmonov)

Issiqko‘lda dam olayotganlar, o‘tgan yilning avgust oyi. (Nurgali Rahmonov)

ISSIQKO‘L, Qirg‘iziston – Qirg‘izistonning eng katta ko‘li joylashgan Issiqko‘l viloyati politsiyasi yozgi dam olish mavsumida hududda nazoratni kuchaytirib, jinoyatchilarga qarshi choralar ko‘rmoqda.

Issiqko‘l – mamlakatdagi eng yirik turistik maskan hisoblanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi (IIV) va Bishkek shahar politsiyasining 3 mingdan ortiq xodimi sayyohlik mavsumining eng qizg‘in pallasida viloyatga safarbar etilgan.


Issiqko‘ldagi ichki ishlar idorasi oldida saf tortib turgan politsiya xodimlari, iyun oyi. Politsiya turistik mavsumda jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni faollashtirgan. (Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi)

Issiqko‘ldagi ichki ishlar idorasi oldida saf tortib turgan politsiya xodimlari, iyun oyi. Politsiya turistik mavsumda jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni faollashtirgan. (Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi)


Bo‘zteri qishlog‘idagi “Zolotiye peski” pansionatining dam oluvchilari, Issiqko‘l, 2017-yil, iyun oyi. (Arman Kaliyev)

Bo‘zteri qishlog‘idagi “Zolotiye peski” pansionatining dam oluvchilari, Issiqko‘l, 2017-yil, iyun oyi. (Arman Kaliyev)

Politsiya tinim bilmayapti

Politsiya, asosan, Markaziy Osiyo va Rossiyadan kelgan sayyohlarni “muttahamlar”dan himoya qilish bilan band.

IIVning 17-iyul kungi xabariga ko‘ra, 14-iyul kuni Rossiyalik ayol Bo‘zteri qishlog‘idagi bozorda hamyonini o‘g‘irlatgan. Politsiya bir erkak va uch nafar ayoldan iborat kissavurlar to‘dasini qo‘lga oldi.

To‘rt nafar gumondordan uchtasi avval sudlangani ma’lum bo‘ldi.

IIVga ko‘ra, bir hafta avval Issiqko‘lga sayyohlarni o‘marish maqsadida kelganini tan olgan shaxs ushlangan.

Bu orada, 5-iyuldan boshlab Chuy viloyatida Issiqko‘lga olib boruvchi yo‘lda ko‘chma nazorat-o‘tkazish punktlari ishlay boshladi, deb xabar berdi Kabar.kg nashri viloyat politsiyasiga tayanib.

Viloyat politsiyasiga ko‘ra, ko‘chma nazorat-o‘tkazish punktlari 2018-yilgi sayyohlik mavsumi davomida xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ular yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima yozish emas, balki sayyohlarga yordam berish bilan shug‘ullanadi.

Politsiya sayyohlar va mahalliy aholini yordam kerak bo‘lganda ushbu punktlarga murojaat qilishga chaqirmoqda. Ular, shuningdek, huquq-tartibot idoralari vakillarining qonunga xilof hatti-harakatlari ustidan shikoyatlarni ham qabul qiladi.

Osoyishtalikni ta’minlash

Xavfsizlikning kuchaytirilgani Qirg‘izistonga yanada ko‘proq xorijlik turistlarni jalb qiladi, deydi bishkeklik siyosiy sharhlovchi Bek Ibraliyev.

“Bu yili Issiqko‘lga xorijdan dam olish uchun keladigan sayyohlar soni 5 foizga oshishi kutilmoqda”, dedi u Karvonsaroyga. “Kuzda esa Qirg‘iziston ko‘l bo‘yidagi to‘g‘larda Butunjahon ko‘chmanchilik o‘yinlariga keladigan ko‘p sonli xorijlik mehmonlarni qabul qiladi.”

O‘yinlar Cho‘lpon ota shahrida sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston uchun sayyohlarni Issiqko‘l tabiatiga jalb qilishgina emas, balki yaqinda o‘tkazilishi kutilayotgan o‘yinlarda o‘z aksini topadigan mintaqa madaniyati va tarixiga qiziqishtirish ham muhim.

“Shunday ekan, huquq-tartibot idoralari butun dunyoda dolzarb bo‘lib borayotgan terrorchilik tahdidlarini hisobga olgan holda xavfsizlik choralarini ko‘rmoqdalar”, dedi u. “Bu kabi yirik ko‘lamdagi tadbirlar kuchaytirilgan xavfsizlik sharoitida o‘tkazilishi kerak”.

Xavfsizlik – Issiqko‘lga har yili keladigan qozog‘istonlik turistlar uchun eng muhim masalalardan biri.

Olmaotalik 28 yashar Asan Salxanov har yili yozda Bo‘zteri qishlog‘idagi “Zolotiye peski” pansionatida dam olishni xush ko‘radi. Bu yerga ko‘plab yoshlar kelishadi.

“Men diskotekalarga borishni va kechgacha sayr qilishni yoqtiraman, lekin o‘g‘rilarga yo‘liqish ehtimoli sababli tunda yurish xavfli bo‘lishi mumkin”.

“Politsiya patrullari soni ko‘paytirilsa, biz – dam oluvchilar o‘zimizni xavfsizroq his qilamiz”, dedi u Karvonsaroyga.

Sizga maqola yoqdimi?

9
5
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha