Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-08-02 | Biznes

Tojikistonlik fermer Afgonistondagi NATO harbiylari uchun piyoz yetkazib beradi

“So‘g‘d: imkoniyatlar vodiysi” xalqaro savdo yarmarkasida namoyish etilgan meva-sabzavotlar, 6-7-iyul, Xo‘jand. (Negmatullo Mirsaidov)

Negmatullo Mirsaidov

XO‘JAND, Tojikiston – Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan “Ecolog International” (EI) kompaniyasining Makedoniyadagi shaxobchasiga ko‘ra, tojikistonlik fermer NATOning Afg‘onistondagi ta’minot yo‘llariga o‘z hissasini qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Kelishuvga ko‘ra, tojikistonlik fermer Tolib Hasanov Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashayotgan NATO harbiylari uchun 100 tonna piyoz yetkazib beradi, dedi EI kompaniyasining oziq-ovqat ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Benedikt Garsiya Karvonsaroy nashriga.

Shartnoma 6-7-iyul kuni Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan har yilgi “So‘g‘d: Imkoniyatlar vodiysi” xalqaro savdo yarmarkasi doirasida imzolandi, dedi u.

Garsiya avval ham tojikistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilgani va boshqa tojik meva-sabzavot ta’minotchilari bilan ishlashdan umidvor ekanini bildirgan.

“Biz ko‘p yillardan beri koalitsiya kuchlari uchun Turkiyadan meva-sabzavot yetkazib berganmiz”, dedi u. “Endi oradagi masofani qisqartirsak ham bo‘ladi.”

2017-yilda Hisordagi “Sitabr” qishloq xo‘jalik kompaniyasi EI bilan hamkorlikda janubiy Tojikistondan harbiylar uchun 2000 tonnadan ziyod meva-sabzavot yetkazib bergan, dedi Garsiya.

“So‘g‘d viloyati ekologik toza quritilgan mevalarni Yevropaga yetkazib berish borasida ulkan salohiyatga ega”, dedi u.

Ular juda mazali”, dedi u. Tojikiston oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari xalqaro sertifikatlash standartlari talablariga javob berishga harakat qilishlari kerak, deb qo‘shimcha qildi.

“Biz juda qat’iy talablar qo‘yamiz”, dedi u o‘z korxonasini nazarda tutib. “Mahsulot yuqori sifat standartlariga muvofiq kelishi shart, ayniqsa oziq-ovqat xavfsizligida.”

Сизга мақола ёқдими?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha