Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-08-03 | Terrorizm

Tojikistonning ittifoqchilari “Islom davlati” tahdididan so‘ng yordamga oshiqmoqda


Dushanbedagi AQSH elchixonasining muvaqqat vakili Kevin Kovert (o‘ngda) ID javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan hujum natijasida to‘rt sayyoh, jumladan, ikki nafar amerikalikning halok bo‘lgani yuzasidan 31-iyul kuni elchixonaga ta’ziya bildirishga kelgan odam bilan suhbatlashmoqda. (STR / AFP)

Dushanbedagi AQSH elchixonasining muvaqqat vakili Kevin Kovert (o‘ngda) ID javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan hujum natijasida to‘rt sayyoh, jumladan, ikki nafar amerikalikning halok bo‘lgani yuzasidan 31-iyul kuni elchixonaga ta’ziya bildirishga kelgan odam bilan suhbatlashmoqda. (STR / AFP)

Nadin Bahrom

DUSHANBE – Tojikistonda bir guruh sayyohlarga qarshi “Islom davlati” (ID) javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan hujum hamon saqlanib qolayotgan ekstremizm tahdidiga e’tibor qaratib, mintaqadagi davlatlarning ushbu tahdidni yengish uchun strategiya ishlab chiqishi va koalitsiya tuzishi kerakligini ko‘rsatdi.

29-iyul, yakshanba kuni Dushanbedan qariyb 100 km uzoqlikdagi Dang‘ara viloyatida qurollangan to‘da o‘z mashinasi bilan bir guruh sayyohlarni borib urgan, so‘ng mashinadan chiqib, ulardan to‘rt nafarini – ikki amerikalik, bir nafar shveytsariyalik va bir nafar niderlandiyalikni pichoqlab o‘ldirgan. Yana ikkita velosipedchi jarohatlangan.

ID hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va hujumda ayblangan besh kishi o‘z sadoqatini ifoda etayotgan videolavhani e’lon qilish bilan bu da’voni tasdiqladi.


Tojikistonda to‘rt nafar sayyohning o‘ldirilishi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ID qotillik ijrochilari ishtirokidagi videolavhani e’lon qilgan. 31-iyul kuni Telegram ilovasi orqali tarqatilgan videoda ular arab tilida ID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga o‘z sadoqatlarini ifoda etayotgani tasvirlangan.

Tojikistonda to‘rt nafar sayyohning o‘ldirilishi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ID qotillik ijrochilari ishtirokidagi videolavhani e’lon qilgan. 31-iyul kuni Telegram ilovasi orqali tarqatilgan videoda ular arab tilida ID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga o‘z sadoqatlarini ifoda etayotgani tasvirlangan.


Tojikiston va AQSH askarlari 2017-yilgi “Mintaqaviy hamkorlik mashqlari”da ishtirok etmoqdalar, Dushanbe, Tojikiston.

Tojikiston va AQSH askarlari 2017-yilgi “Mintaqaviy hamkorlik mashqlari”da ishtirok etmoqdalar, Dushanbe, Tojikiston.


AQSH markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Josef Votel Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon (o‘ngda) bilan qo‘l siqishmoqda, 11-may, Dushanbe. [File]

AQSH markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Josef Votel Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon (o‘ngda) bilan qo‘l siqishmoqda, 11-may, Dushanbe. [File]


AQSHning Tojikistonga jangovar qurollarni taqdim etish marosimida ishtirok etayotgan tojik armiyasi desantchilari, Dushanbe, 2016-yil. (Nadin Bahrom)

AQSHning Tojikistonga jangovar qurollarni taqdim etish marosimida ishtirok etayotgan tojik armiyasi desantchilari, Dushanbe, 2016-yil. (Nadin Bahrom)

Videoda Tojikiston huquq-tartibot xodimlari tomonidan yo‘q qilingan gumondor shaxslarga o‘xshash besh kishi ID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga sodiqlikka qasamyod qilayotgan aks etgan.

Biz mehmondo‘st xalqmiz va hech qachon mehmonlarni xafa qilmaymiz”, deydi dushanbelik 32 yashar Nigora Sattorova. “Bu dahshatli hodisa Tojikistonni obro‘sizlantirish va odamlarni sarosimaga solishni istaganlar tomonidan amalga oshirilgan.”

Xavotirli chaqiriq

Iroq va Suriyada ID ustidan qozonilgan g‘alaba ortidan jangarilarning Afg‘onistonga ko‘chishi, u yerdan esa boshqa joylarga tarqalishi natijasida yuzaga kelayotgan ekstremistik tahdidning xavotirli alomatlari Markaziy Osiyoda anchadan beri mavjud edi.

Hujum IDning “biz shu yerdamiz” degan xavotirli chaqirig‘idir, deydi xavfsizlik masalalari bo‘yicha dushanbelik tahlilchi Abdumalik Qodirov.

Ushbu voqea yoshlar bilan ishlash naqadar muhimligini ham ko‘rsatadi, dedi u.

“Yoshlarga ta’lim berish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlar yetarli samara bermadi”, dedi Qodirov Karvonsaroy nashriga. “Biz baland minbarlar, TV, gazeta va hokazolar orqali nutqlar so‘zladik, ammo, ularga ta’sir qila olmagan ekanmiz.”

Bu Tojikiston hukumatining ID bilan birinchi bor to‘qnash kelishi emas, dedi ismi oshkor etilishini istamagan huquqni muhofaza qilish xodimi Karvonsaroy nashriga.

Avval, ID qatoriga qo‘shilish ilinjida yurganlar “bayroqlar osib, terrorchilik hujumlarini rejalashtirar edilar, ammo biz ularni o‘z vaqtida to‘xtatar edik”, dedi u 2015-yil avgustda sodir bo‘lgan voqealarni yodga olib. “Huquq-tartibot idoralari ularni uzoq muddatga qamash bilan cheklandilar. Hech kim yoshlar bilan ishlamadi.”

Yakshanba kuni yuz bergan hujumdan so‘ng, Tojikiston hukumati 1-avgust, chorshanba kuni mehmonlarni himoya qilish uchun “sayyohlik politsiyasini” tuzishga va’da bergan.

Prezident Emomali Rahmon “jamoat tartibi va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash” va “jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan” kuchlarni tashkil qilishga buyruq berdi, deb xabar qiladi davlat ommaviy axborot vositalari.

O‘tgan oyda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari uchrashib, terrorchilik va ektremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qilgan edilar.

Tojikistonning chinakam ittifoqchilari

Rossiya Markaziy Osiyoda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun ekstremizm tahdidini sabab qilib ko‘rsatsa-da, ayrim voqelikar Kremlning asl maqsadi geosiyosiy o‘yinlar olib borish ekanligidan darak bermoqda.

Misol uchun, o‘tgan oyda Rossiya terrorga qarshi kurash bahonasida Tojikistonda keng ko‘lamli harbiy mashqlarni o‘tkazgan.

Biroq, o‘quv mashqlarining afg‘on chegaralaridan ancha uzoqda o‘tkazilgani va mamlakatda Xitoy ta‘sirining oshib borayotgani harbiy mashg‘ulotlarning Rossiya “o‘z tomorqasi”ga birovlarni kiritishni istamayotgani sababli o‘tkazilganidan darak bermoqda.

Aksincha, Tojikiston qarashlari va maqsadlari mushtarak bo‘lgan boshqa xalqaro va mintaqaviy ittifoqdoshlaridan yordam olib kelmoqda.

Hujumdan ko‘p o‘tmay, Tojikiston “tergovni boshqarayotgan bir vaqtda” Amerika Qo‘shma Shtatlari tojik hukumatiga ko‘maklasha boshladi, deb xabar berdi AQSH rasmiylari.

“Bu fojia bizni faqat yaqinlashtiradi va umumiy tahdidga qarshi kurashishimizda bizga zarur bo‘lgan hamkorlik hamda ishonchni kuchaytiradi, deb yozdi 31-iyul, seshanba kuni AQSH elchixonasining muvaqqat vakili Kevin Kovert o‘zining Facebook sahifasida. Bu mehmondo‘stlik, ochiq va iliq ruhdagi jamiyat kabi umumiy qadriyatlarimizga qarshi qaratilgan hujum bo‘ldi. Biz birgalikda yanada kuchayamiz.”

May oyida Tojikiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va zamonaviy tahdidlar va muammolarni birgalikda hal qilishga oid qator chora-tadbirlarni amalga oshirdilar.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef L. Votel 11-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashish, shuningdek, boshqa yuqori lavozimli amaldorlar bilan muzokara o‘tkazish maqsadida Dushanbega keldi.

Ular “kelajakda Tojik-afg‘on chegarasi mudofaasini yanada kuchaytirish, zamonaviy tahdidlar, jumladan, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, narkotrafik va kiber-jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashishga oid istiqboldagi sa‘y-harakatlarni” muhokama qildilar.

2017-yilning mart va aprel oylarida AQSH va Tojikiston qo‘shinlari Tojikiston bo‘ylab qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar. Ular “transmilliy terrorizmga qarshi hamkorlikdagi muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘zda tutuvchi ssenariylarga muvofiq harakat qildilar”.

2017-yilning iyul oyida AQSH Markaziy harbiy qo‘mondonligi Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Mo‘g‘uliston askarlari hamda qozog‘istonlik kuzatuvchilar bilan birga Dushanbe va Faxrobod yaqinidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

2017-yilgi Harbiy hamkorlik mashqlari terrorizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligini ta’minlash va barqarorlikni tiklash uchun harbiy amaliyotlar olib borishga qaratilgan.

Tojikiston endigina mustaqil bo‘lgan vaqtlarda bor imkoniyatini ishga solib, o‘z qurolli kuchlarini tuzishga urindi; bu vaqtda Rossiya armiyasi u yerdan “o‘ziga tegishli eng muhim narsalarni” olib chiqib bo‘lgandi. Qo‘shma Shtatlar “janubiy chegaralardagi blokpostlarning barpo etilishida muhim rol o‘ynadi”, deydi harbiy tahlilchi, dushanbelik faxriy Mahdiy Sobir Karvonsaroyga. “U chegara qo‘shinlarimizni transport vositalari va boshqa jihozlar bilan ta’minladi.”

1992-yildan buyon AQSHning Tojikistonga taqdim etgan yordami 1,8 milliard dollardan (14,7 milliard somoniy) oshdi, jumladan, AQSH elchixonasining 2018-yil iyun oyidagi bayonotiga ko‘ra, xavfsizlik maqsadlari uchun 262 million dollar (2,1 milliard somoniy) ajratilgan.

“Ezgu maqsadlarni ko‘zlab”

Tojikiston uzoq vaqtdan beri ekstremizmga qarshi kurashib kelmoqda va bu borada unga Amerika Qo‘shma Shtatlari keng ko‘lamli yordam taqdim etgan, deydi dushanbelik xavfsizlik bo‘yicha tahlilchi Abdumalik Qodirov.

“Amerikalik yo‘riqchilar bizning xavfsizlik xizmatlarimizga terrorizmga qarshi qanday kurashish kerakligini o‘rgatdilar”, dedi u Karvonsaroyga. “AQSH Tojikistonda terrorizm va radikalizm tahdidlarini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan bir qator loyihalarni ham moliyalashtirdi”, deb qo‘shimcha qildi u.

Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, “chegarachilarimiz mamlakat sarhadlarini mustaqil ravishda, jumladan, potensial terrorchilar va ekstremistik guruhlardan himoya qila olishi uchun Afg‘oniston bilan chegarada nazorat punktlari qurish va ularni mustahkamlashga ham mablag‘ ajratdi”, dedi u.

“Qo‘shma Shahtlar bu ishlarni sidqidildan amalga oshirmoqda”, deydi u.

“Tojikiston va AQSH 2001-yil 11-sentyabr voqealaridan buyon terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi birgalikda yelkama-yelka turib kurashib kelmoqda”, deydi Tojikiston prezidenti huzuridagi Dushanbe strategik tadqiqotlar markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Sayfullo Safarov.

“Umuman olganda, biz Qo‘shma Shtatlar bilan ko‘plab sohalar: odam savdosi, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘lida hamkorlik qilamiz”, dedi u Karvonsaroyga. “Shunday bo‘lsa-da, Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik yanada faolroq bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi.”

Tojikiston va AQSH xalqaro terrorchilik tahdidlari – ID, Tolibon va shu kabi guruhlarning xavfi va ularga qarshi kurash zarurligi borasida mushtarak qarashlarga ega, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha