Karvonsaroy
Xavfsizlik

Markaziy Osiyo Rossiya istilosining 10 yilligini o‘tkazayotgan Gruziyani kuzatmoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiyalik askarlar Janubiy Osetiyadagi Tsxinval shahri yaqinidagi mashqlarda ishtirok etmoqdalar, 6-avgust, 2010-yil. Rossiyaning 2008-yilgi urushda Gruziya ustidan qozonilgan g‘alabadan qanday foydalarga erishgani noma’lumligicha qolmoqda. (MIXAIL MORDASOV/AFP)

Rossiyalik askarlar Janubiy Osetiyadagi Tsxinval shahri yaqinidagi mashqlarda ishtirok etmoqdalar, 6-avgust, 2010-yil. Rossiyaning 2008-yilgi urushda Gruziya ustidan qozonilgan g‘alabadan qanday foydalarga erishgani noma’lumligicha qolmoqda. (MIXAIL MORDASOV/AFP)

TBILISI, Gruziya – O‘z mamlakatlarida Rossiyaning hozirligidan tashvishga tushgan Markaziy osiyolik siyosatchilar, biznes yetakchilar va oddiy fuqarolar Rossiyaning Gruziyada 10 yildan beri davom etayotgan istilosiga xavotir bilan qaraydilar.

8-avgust, chorshanba kuni hukumat binolaridagi Gruziya milliy bayroqlari qonli urushda halok bo‘lganlar xotirasi uchun tushirib qo‘yildi.

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili 7-avgust seshanba kuni o‘z mamlakati hududida haligacha davom etayotgan Rossiyaning istilosini qoraladi. Istilo natijasida Abxaziya va Janubiy Osetiya ayirmachi hududlari Moskva nazoratida qolib, mamlakatdan ajralib qolgan. Bu yerlar urushdan avval Gruziyaga tegishli hududning beshdan bir qismini tashkil etgan.

“Bu Gruziyaga qarshi urush, tajovuz, istilo va xalqaro qonunchilikning qo‘pol buzilishidir”, dedi u Gruziya hukumati rasmiylari, Latviya, Litva va Polsha tashqi ishlar vazirlari hamda Ukraina bosh vazir o‘rinbosari ishtirok etgan Tbilisidagi uchrashuv chog‘ida.

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili 7-avgust kuni Tblisida o‘tgan “Tinchlik va xavfsizlik: Rossiya-Gruziya urushidan 10 o‘tib” deb nomlangan davra suhbati ishtirokchilariga yuzlandi. Mazkur uchrashuvda Gruziyada urushdan keyingi xavfsizlik muammolari, mamlakatning bosib olingan hududlaridagi vaziyat va Gruziyaning strategik sabr siyosatining muhimligiga e’tibor qaratildi. (Gruziya prezidenti ma’muriyati)

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili 7-avgust kuni Tblisida o‘tgan “Tinchlik va xavfsizlik: Rossiya-Gruziya urushidan 10 o‘tib” deb nomlangan davra suhbati ishtirokchilariga yuzlandi. Mazkur uchrashuvda Gruziyada urushdan keyingi xavfsizlik muammolari, mamlakatning bosib olingan hududlaridagi vaziyat va Gruziyaning strategik sabr siyosatining muhimligiga e’tibor qaratildi. (Gruziya prezidenti ma’muriyati)

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Rossiya-Gruziya urushida halok bo‘lgan qahramonlarni yod etish uchun va yodgorlikka gulchambar qo‘yish uchun 8-avgust kuni Muxatgverdi qabristoniga bordi. (Gruziya prezidenti ma’muriyati)

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Rossiya-Gruziya urushida halok bo‘lgan qahramonlarni yod etish uchun va yodgorlikka gulchambar qo‘yish uchun 8-avgust kuni Muxatgverdi qabristoniga bordi. (Gruziya prezidenti ma’muriyati)

Rossiya batalyoni Janubiy Osetiyadagi Rossiya harbiy bazada saf tortib turibdi, Gruziya, 2016-yil. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya batalyoni Janubiy Osetiyadagi Rossiya harbiy bazada saf tortib turibdi, Gruziya, 2016-yil. (Rossiya mudofaa vazirligi)

“Tajovuzkorning ishtahasi istilodan keyin yanada kuchaydi”, dedi u.

Tezkor va halokatli hujum

Gruziya va Rossiya Tbilisining Yevropa Ittifoqi (YI) va NATOga qo‘shilishi masalasida bir necha yil davomida kurashgan, o‘zgaruvchan qarama-qarshilik esa 2008-yilda avjiga chiqib, besh yillik urushga sabab bo‘ldi.

2008-yil, 8-avgust kuni Rossiya armiyasi Gruziyaga bostirib kirdi, katta hududlarni egallab, bombalar tashladi.

Bor yo‘g‘i besh kun ichida Rossiya Gruziyaning kichik armiyasi ustidan g‘olib bo‘ldi va harbiy harakatlar sulh bilan yakunlandi.

Urushdan so‘ng, Moskva Janubiy Osetiya va yana bir ayirmachi anklav Abxaziyani mustaqil deb e’lon qildi va bu hududlarda o‘zining harbiy bazalarini joylashtirdi.

Tbilisi va uning G‘arbdagi hamkorlari bu harakatni “Gruziya hududining noqonuniy istilosi” deb atadilar va Ikkinchi jahon urushidan keyin ilk bor Yevropada suveren mamlakatning chegarasi harbiy kuch bilan o‘zgarishini qoraladilar.

2016-yilda urush jinoyatlari bo‘yicha tergov ochgan Xalqaro jinoiy sud prokurorlariga ko‘ra, 18500 nafar etnik gruzin Janubiy Osetiyadan majburan ko‘chirilgan.

Rossiya va Abxaziya hamda Janubiy Osetiyadagi ayirmachi hukumat BMT Bosh assembleyasining “ularning o‘z uylariga xavfsiz va munosib qaytishi”ga oid chaqiriqlarini rad etgan.

2008-yilda G‘arb Rossiyaning Gruziyaga qarshi urushi “alohida harakat ekanligi va boshqa mamlakatlarga nisbatan qo‘llanilmasligiga” ishongan, dedi o‘tgan hafta AFPga intervyu bergan Margvelashvili.

Keyin esa biz Rossiya 2014-yilda Ukrainada nimalar qilganiga guvoh bo‘ldik”, dedi u. Bu bilan u Sharqiy Ukrainadagi Moskvaparast isyonchilarining Kreml tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va Qrim yarimorolining Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini nazarda tutgan.

6-avgust, dushanba kuni Kommersant gazetasiga bergan intervyusida 2008-yilgi prezident, ayni damda esa Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Moskvaning ayirmachi hududlarni tan olishini “Janubiy Kavkazda davomiy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun yagona qadam” deya oqladi.

“Iyakka berilgan zarba”

Dushanba kuni “Эхо Москвы” radiosi bilan suhbati chog‘ida 2004-2013-yilda Gruziya prezidenti bo‘lgan Mixail Saakashvili urush boshlanisidan ancha avval Rossiya uning davlatini bosib olishga tayyorgarlik ko‘rganini aytib o‘tgan.

Gruziya shimoldagi katta qo‘shnisini yenga olmas edi, ammo “tajovuzkorning jag‘iga musht tushirdi”, dedi u.

2012-yilda bosh vazir bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘sha paytda Gruziyaga qarshi harbiy harakatlarga 2006-yildayoq ruxsat berganini va Rossiya “Janubiy Osetiya jangarilarini tayyorlaganini” aytib o‘tgan.

Gruziya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning ayirmachi hududlarda davom etayotgan harbiy harakatlarini qoraladi.

“Rossiya Federatsiyasi jahon hamjamiyatining chaqiriqlariga qaramay, o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarmadi va u yerdagi noqonuniy harbiy hozirligini yanada kuchaytirdi”, deyiladi vazirlikning seshanba kungi bayonotida.

Shu bilan birga, seshanba kuni YI tashqi ishlar rahbari Federika Mogerini “Rossiyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi harbiy hozirligi xalqaro qununchilikni buzishda davom etayotganini” aytdi.

Xalqaro hamjamiyatning ayblovlariga qo‘shilgan Germaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyani alohida mamlakatlar sifatida tan olishini “qabul qilib bo‘lmaydigan holat” deb atagan.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Margvelashviliga qo‘ng‘iroq qilib, Vashington “Gruziyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi, deb xabar berdi Gruziya prezidenti matbuot xizmati.

U “Qo‘shma Shtatlar hech qachon Gruziya hududining bosib olinishiga rozi bo‘lmasligini ta’kidladi” va “Rossiyaning harbiy tajovuzidan 10 yil o‘tib yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda Gruziyaga yordam berishda davom etajagini bildirdi”, deyiladi bayonotda.

Markaziy Osiyoda kuchayib borayotgan xavotirlar

Rossiyaning Gruziya va Ukraina hududlarini noqonuniy ravshda bosib olishi va butun dunyodagi, jumladan Suriya urushidagi xatarli ta’siri aniq, deydi kuzatuvchilar.

Buning natijasida Markaziy Osiyoda Rossiyaning aralashuvi borasidagi xavotirlar to‘xtovsiz ravishda kuchayib bordi. Bu ayniqsa, Qozog‘istonni eng ko‘p tashvishga solgan.

Avvallari Kreml, Ukrainada bo‘lgani kabi, xorijdagi etnik ruslardan iborat milliy ozchiliklarni himoya qilishni bostirib kirish uchun bahona sifatida qo‘llagan.

O‘z navbatida Ostona Qozog‘iston shimolidagi etnik ruslarning zichligini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rgan – mamlakatda qozoqlarni janubdan shimolga ixtiyorish ravishda ko‘chirish dasturi boshlangan.

Rossiyaga oid yangiliklardan ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi haqiqiy hamkorlik borgan sari Rossiyaning g‘azabini keltirmoqda.

Tojikiston ham Rossiyaning harbiy rejalari oldida zaif bo‘lib chiqdi.

Iyul oyi o‘rtalarida Rossiya va Tojikiston qo‘shma harbiy mashqlarni boshladilar, ular go‘yoki Afg‘oniston tarafdan kelib chiqayotgan xavflarga tayyor turish maqsadida o‘tkazilayotgani aytilgandi. Biroq, kuzatuvchilarga ko‘ra, asl maqsad – Rossiyaning o‘z “tomorqasiga” boshqalar, xususan, Xitoyni kiritishni istamayotganida.

Kreml agressiyasiga qarshi turish

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Kremlning Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardagi agressiv siyosati uning ichki ehtiyojlari bilan bog‘liq.

Putin “aftidan, xorijda agressiv xatti-harakatlarni amalga oshirish bilan o‘z reytingini oshirish orqali uning rejimi bu ishni hammasidan yaxshiroq bajara oladi, deb hisoblagan” deyiladi AQSH senatinining 10-yanvar kuni e’lon qilingan hisobotda.

Kreml “Rossiya jamoatchiligi urushlarni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z uyidagi jinoyatchilik va korrupsiyadan chalg‘ishi uchun tashviqot va bosim o‘tkazishdan iborat nozik kombinatsiyani” qo‘llagan, deyiladi hisobotda.

Rossiya turli mamlakatlarda o‘z tashviqotini olib borish yoki zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirish uchun “zarbdor kuchlar”ni shakllantirmoqda. Bu kuchlar siyosiy jihatdan mag‘lub bo‘lgan mamlakatlarning fuqarolariga tayanadi; bu ularni Rossiyaning moliyaviy ko‘magi evaziga turli “iflos ishlarni” bajarishga majbur qilib qo‘yadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozogʻiston va Markaziy Osiyo davlatlari NATOga aʼzo kirishi kerak. Qozogʻiston va Markaziy Osiyoga Amerika harbiy bazalari zarur.

Javob berish

“Rossiya” deb atalmish davlat fashist va terrorchidir. Nima uchun qo‘shtirnoq ichida? Chunki unday davlat yo‘q. Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, Dog‘iston, Ingushiston, Oltoy respublikasi va hokazo. Shu bilan birga, o‘zimizning sobiq Mokshansk nomlanmish Moskva koksi bor. Erzyalar yashagan sobiq Erzyansk yoki Ryazan ulusi bor. Sudlar yashaydigan Novgorod koksi bor. Yana ko‘p millatlar bor, bu yerda hammasini yoza olmayman. 18-asrda ularni Pyotr Birinchi ruslarga aylantirgan. Ularning shoh va malikalari nemislardan, nikohsiz tug‘ilgan qalloblar bo‘lishgan (Pyotr Bir, 1,2,3 soxta Dmitriylar va hokazo). 1917-yildagi to‘ntarilishdan keyin esa ularni yahudiylar boshqargan. O‘sha yahudiylar o‘zlarini rus deydi, ammo ular yahudiy ekanligini biladi. (TARJIMON ESLATMASI: muallif rus tilidan boshqa tildagi so‘zlardan foydalangan, masalan koks (hududiy birlik, matndagi mazmuni) yoki sudlar (etnik guruh nomi, ruscha ma’lumot yo‘q) . “Ulus” so‘zi ham hududiy birlikni anglatadi)

Javob berish

Ular Peterburg yoʻlaklardan boʻlgan bolani Taxtga qoʻyib ketishdi....

Javob berish

G‘irt boʻlmag‘ur gap, Amerikaning navbatdagi nayrangi. Suriyadan keyingi qurbon kim? Do‘stlar, kallangizni ishlating, yoʻqsa juda kech va ogʻriqli boʻladi…

Javob berish

Yollanma kalamushlar! Nazar ham o‘zining puli deb, Qozog‘istondan o‘girlangan, hibsga olingan hisobraqamlarni deb o‘z-o‘zini sotdi!

Javob berish

Oligarxlaringiz allaqachon o‘z davlatlarini sotib bo‘lganlar va shu pullari bilan rossiyaliklarning ko‘zlarini va quloqlarini yopib, o‘zlarining agressiv siyosatlarini targ‘ib qilmoqdalar. Birovning ko‘zidagi cho‘pni ko‘rib, o‘z ko‘zingizdagi xoda bilan ishingiz bo‘lmayapti.

Javob berish

Rossiyaga qarshi bema’ni va buyurtma qilingan tashviqot. Bo‘g‘zingizga siqqunicha yeyaveringlar...

Javob berish

Rossiya Markaziy Osiyodagi barqarorlik garovidir, Saakashvili – marginal va aqldan ozgan (siyosatchi).

Javob berish

Qozog‘iston Rossiyadan uzoqlashib, g‘arbga yaqinlashishi kerak. Shu bilan birga, barcha turkiyzabon davlatlar (jumladan, Turkiya ham) birlashishi muhim. Bizni tarix, madaniyat, til va boshqa ko‘p narsalar bog‘lab turadi. Biz iqtisodiyotimizni birgalikda rivojlantirishimiz kerak!

Javob berish

Qozog‘iston doim G‘arbga yaqin bo‘lib kelgan, ularning ildizlari bir, madaniyati va tili ham o‘xshash va h.k.... Nimalar deyapsan, hazillashyapsanmi? Bu – G‘arbga yaqinlashish. U yerda sizlarni juda kutishyapti. Farroshlar yetishmayotgan bo‘lsa kerak...

Javob berish

Alibek, AQSH bilan qanday do‘st bo‘lishni Erdo‘g‘andan so‘ra, Rossiya bo‘lmaganida Turkiyani ham Liviyaning qismati kutar edi

Javob berish

Qozoqlar Turkiyaga, ayniqsa Yevropaga yetishiga hali ancha bor. Alibek aqldan ozibdi.

Javob berish