Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-08-10 | spotlight

“Gazprom” Tojikistonning neft-gaz konlariga oid umidlarini yo‘qqa chiqardi


“Gazprom” tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Sariqamishda 8 ta ehtimoliy neft va gaz konlari aniqlangan bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 18 mlrd. kub metr gaz va 17 mln. tonna neftga teng bo‘lishi mumkin. (Pixabay)

“Gazprom” tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Sariqamishda 8 ta ehtimoliy neft va gaz konlari aniqlangan bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 18 mlrd. kub metr gaz va 17 mln. tonna neftga teng bo‘lishi mumkin. (Pixabay)

Negmatullo Mirsaidov

DUSHANBE – Tojikistonda Rossiyaning ko‘magi bilan neft va gaz konlarining ochilishiga bo‘lgan umidlar to‘satdan chippakka chiqdi.

Tojikistonning bosh geologiya boshqarmasi raisining o‘rinbosari Rahmonbek Baxtdavlatovning ma’lum qilishicha, Rossiyaning “Gazprom” neft-kimyo giganti Tojikistonda neft va gaz konlarini razvedka qilishni to‘xtatishga qaror qilgan.

Bu haqda Baxtdavlatov 18-iyul kuni Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan, keyinroq Karvonsaroy bilan telefon orqali suhbatda “Gazprom”ning shunday qarorga kelganini tasdiqladi.


“Gazprom”ning Tojikistondagi asosiy maqsadi – tijoriy foyda ko‘rishdan tashqari, mamlakat iqtisodiyoti jiddiy neft va gaz taqchilligini boshdan kechirayotgan bir paytda, respublikaning energetik xavfsizligini ta’minlash, deyiladi kompaniya saytida.

“Gazprom”ning Tojikistondagi asosiy maqsadi – tijoriy foyda ko‘rishdan tashqari, mamlakat iqtisodiyoti jiddiy neft va gaz taqchilligini boshdan kechirayotgan bir paytda, respublikaning energetik xavfsizligini ta’minlash, deyiladi kompaniya saytida.


“Gazprom”ning Tojikistondagi burg‘ilash maydoni. (Gazprom International)

“Gazprom”ning Tojikistondagi burg‘ilash maydoni. (Gazprom International)

9 yilda 1 quduq

Baxtdavlatovning aytishicha, “Gazprom” Sariqamish va G‘arbiy Shoxambari hududida geologik razvedka ishlarini olib borish uchun bundan 9 yil avval litzensiya olgan, ammo bu vaqt ichida birgina quduq qazib, shuning o‘zini yetarli deb xulosa qilgan.

“Sariqamish nihoyatda chuqur burg‘ilash talab etadigan hudud ekanligini tushunamiz, ammo yakuniy xulosa chiqarish uchun birgina quduqning o‘zi kifoya qilmasligi aniq”, dedi Baxtdavlatov Karvonsaroyga.

“Biz Gazpromga umid qilgandik, ular o‘z quvvatlarini ishga solgan holda barcha ishni uddalaydilar deb o‘ylagandik. Gazprom esa bittagina quduq burg‘ilab, Tojikistonda gaz ham, neft ham yo‘q ekan, deyapti. Ular bir emas, 2-3 ta quduq burg‘ilashi kerak edi”, degan u iyul oyida o‘tgan matbuot anjumanida.

“Gazprom”ning qarori istiqbolli neft-gaz konlaridagi ishchilarning nekbin kayfiyatiga mos emasdi, deydi bir necha bor burg‘ilash maydonlarida bo‘lgan mahalliy jurnalist Hikmatullo Sattorov.

Obyektlarda yetarli zahiralar borligiga ishchi-xodimlarning ishonchi komil edi, dedi u Karvonsaroyga.

1980-yillarda olib borilgan razvedka ishlari Sariqamish va G‘arbiy Shoxambarini o‘z ichiga olgan tojik-afg‘on havzasida neft va gaz zahiralarini borligini ko‘rsatgan edi.

Jumboqli qaror

Tojikistonda tasdiqlangan uglevodorodlar zahirasi gaz kondensatlari bilan qo‘shib hisoblaganda 1,6 mln. tonnani tashkil qiladi, prognoz qilingan zahiralar esa – 110 mln. tonna, deb xabar bergan may oyida “Sputnik” nashri.

“Gazprom” tomonidan 2014-yilda burg‘ilangan quduq – Shahrinav-1p Markaziy Osiyodagi eng chuquri bo‘lib, uzunligi 6450 metrga teng.

Asia-Plus xabariga ko‘ra, “Gazprom”ning o‘zi tomonidan olib borilgan razvedka ishlari natijasida Sariqamishda 8 ta ehtimoliy neft va gaz konlari aniqlangan bo‘lib, ularning umumiy zahirasi 18 mlrd. kub metr gaz va 17 mln. tonna neftga teng bo‘lishi mumkin.

Bu natijalarni hisobga olganda, “Gazprom”ning qo‘qqisdan chiqib ketishi “jumboq bo‘lib qolmoqda”, dedi Sattorov.

Kompaniyada ishlaydigan haydovchi “Gazprom” to‘satdan ishni to‘xtatishidan avval mutaxasisslardan gaz kondensatini qayta ishlovchi korxonani bapro etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini eshitgan, deydi Hikmatullo Sattorov.

“Hamma tabiiy gaz qazib olinishiga tayyorlanayotgan edi”, dedi u. “U yerda nimadir topildi, ular esa to‘satdan ishni to‘xtatdilar”.

Sabablar va xavotirlar

Tojikistondagi istiqbolli konlardan neft va gaz qazib olish Markaziy Osiyodagi boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq mehnat va xarajat talab qilsa-da, “Gazprom”ning bunday keskin qarori iqtisodchilar va boshqa kuzatuvchilarni o‘ylantirib qo‘ygan.

Ishlarning to‘xtatilgani “Gazprom International” kompaniyasi saytida keltirilgan bayonotga ham zid.

“Gazprom”ning Tojikistondagi asosiy maqsadi – tijoriy foyda ko‘rishdan tashqari, mamlakat iqtisodiyoti jiddiy neft va gaz taqchilligini boshdan kechirayotgan bir paytda, respublikaning energetik xavfsizligini kafolatlash, deyiladi kompaniya saytida.

20-iyul kungi matbuot anjumanida “Gazprom” butun mamlakatga qo‘l siltaganini inkor etdi, deb xabar bergan 20-iyul kuni Asia Plus va Sputnik nashrlari. U Sariqamish va G‘arbiy Shoxambarida burg‘ilash ishlarining to‘xtatilishiga tijoriy sabablarni ro‘kach qilgan.

“Gazprom” yerga chuqur ko‘milgan tojik gazini qazib olishdek katta xarajat talab qiladigan ishni boshlashdan oldin uglevodorodlar narxining oshishini kutayotgan bo‘lishi mumkin, deydi dushanbelik iqtisodchi Hojimuhammad Umarov.

Bugungi kun hisob-kitoblariga ko‘ra, “o‘ta chuqur burg‘ilash ishlari juda qimmatga tushadi”, dedi u Karvonsaroyga.

“Ehtimol, Tojikiston O‘zbekistondan arzon tabiiy gazini sotib olib, evaziga arzon elektr energiyasi sotgani ma’quldir”, deb taklif berdi u. “Neft va gazni esa qora kunga asrab qo‘yish kerak”.

Rossiyaga qaram bo‘lgandan ko‘ra, “O‘zbekistonning geologik razvedka kompaniyalarini jalb etish yaxshiroq bo‘lar”, deydi u.

Boshqa kuzatuvchilar esa keskinroq fikr bildirganlar.

Strategik hamkor?

1991-yilda SSSR parchalanganidan beri Tojikistonda Rossiyaning birgina loyihasi muvaffaqiyatli bo‘lgan, u ham bo‘lsa – Sangto‘da elektr stansiyasi, deydi dushanbelik siyosatshunos Nuriddin Qarshiboyev.

“Rossiya kompaniyalari o‘zlarini ishlayotgandek qilib ko‘rsatar edilar”, dedi u Karvonsaroyga. “Bu yerda bo‘lishdan asl maqsad esa strategik hamkor ekanliklarini ko‘rsatish bo‘lgan”.

“Chinakam strategik hamkor bunday qilmaydi”, deydi u. “U qiyin vaziyatda bizga yordamga kela olishini isbotlashi kerak.”

“Har safar, siyosiy bosim o‘tkazish kerak bo‘lganida, siyosiy missiyalarni bajarayotgan Rossiya kompaniyalari o‘z ustunliklaridan bosim o‘tkazish uchun foydalanadilar”, dedi u.

Rossiya kompaniyalari odatda qo‘shma loyihalarda siyosiy maqsadlarsiz ishtirok etmaydilar, deydi Kanadada yashovchi tojikistonlik siyosatshunos Karimjon Ahmedov.

“Tojikiston itoatkorroq bo‘lganida, (Rossiya rahbarligidagi) Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga (YIH) qo‘shilishga qarshilik qilmaganida, uning nefti ham, gazi ham bo‘lar edi”, dedi u Karvonsaroyga.

Tojikiston hanuzgacha YIHga qo‘shilmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 26

Fikrlar 0

Captcha