Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Qozoq tadbirkorlari Afg‘onistonlik hamkorlar bilan bitim imzolash niyatida

Aydar Ashimov

Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Humoyun Rasav jurnalistlarning savollariga javob bermoqda, 3-avgust, Ostona. (Aydar Ashimov)

Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Humoyun Rasav jurnalistlarning savollariga javob bermoqda, 3-avgust, Ostona. (Aydar Ashimov)

OSTONA – Qozog‘iston va Afg‘oniston o‘zaro savdoni kuchaytirishga intilmoqda.

3-avgust kuni Qozog‘iston poytaxtida Qozog‘iston-Afg‘oniston anjumani bo‘lib o‘tdi, unda ikki davlatdan hukumat rasmiylari va biznes yetakchilar ishtirok etdilar. Ushbu tabdirda Karvonsaroy vakili ham qatnashgan.

Ishtirokchilar orasida “Afg‘oniston savdo-sanoat vaziri Humoyun Rasav rahbarligidagi yirik delegatsiya” ham bor edi, deb xabar berdi Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayevning matbuot xizmati. “Tadbirda 40 dan ortiq afg‘on va qozoq biznes yetakchilari ishtirok etdi.”

Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vazirligi ularning 20 dan ortig‘i afg‘onistonliklar bo‘lgani haqida xabar berdi.

Qozog‘iston-Afg‘oniston anjumani ishtirokchilari, 3-avgust, Ostona. (Aydar Ashimov)

Qozog‘iston-Afg‘oniston anjumani ishtirokchilari, 3-avgust, Ostona. (Aydar Ashimov)

Qozog‘iston-Afg‘oniston anjumani ishtirokchilari, 3-avgust, Ostona. (Aydar Ashimov)

Qozog‘iston-Afg‘oniston anjumani ishtirokchilari, 3-avgust, Ostona. (Aydar Ashimov)

Hamkorlik istiqbollari

Tadbirda Afg‘oniston bilan bitim tuzish maqsadida bo‘lgan Qozog‘iston tashqi savdo palatasi (VPK), Qozog‘iston temir yo‘llari, “Qozoq-Eksport”, “Qozoq-Invest”, “Qozoqgeologiya” va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Markaziy Osiyo Afg‘oniston tashqi siyosatida muhim o‘rinni egallaydi, Qozog‘iston esa mintaqada hal qiluvchi rolga ega, dedi Rasav ishtirokchilar oldida so‘zlagan nutqida.

“Biz bozoringizga meva, sabzavot, dorivor o‘simliklar, ziravorlar, qimmatbaho toshlar va marmar yetkazib berishni istaymiz”, dedi u anjumandan so‘ng.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning hali o‘zlashtirilmagan ulkan salohiyati mavjud, dedi Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Aristan Kabikenov Karvonsaroy nashriga.

Yuk tashish ana shunday istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlardan biri, dedi u. Qozog‘iston “Afg‘oniston va O‘zbekiston hamda Afg‘oniston va Turkmaniston bilan uch tomonlama shartnoma” tuzishni rejalashtirmoqda, deb qo‘shimcha qilmoqda u.

Qishloq xo‘jaligi, transport va mineral resurslarni qazib olish Qozog‘iston-Afg‘oniston hamkorligining ilk yo‘nalishlaridan bo‘ladi, deb bashorat qildi u.

Savdoni rivojlantirish

“Bu yil biz Afg‘onistonga Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan transformatorlarni yetkazib beramiz”, dedi Kentau transformator zavodi rahbari Xayrulla Kojabayev Karvonsaroy nashriga. “Afg‘oniston elektr tarmoqlarini zamonaviylashtirmoqda, u bizning transformatorlarimizdan foydalanadi.”

Aslida, Qozog‘iston biznes delegatsiyasining iyul oyida Kobulga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida imzolangan ilk shartnoma Afg‘onistonga transformatorlar yetkazib berishga oid bo‘lgan, deb xabar berdi Kapital.kz VPK ma’lumotiga asoslanib.

O‘shanda qozoq delegatsiyasi oziq-ovqat, energetika, qurilish-montaj, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi kompaniyalar vakillarini ham o‘z ichiga olgan edi.

Afg‘onistonda eksport imkoniyati katta, dedi 54 yashar ostonalik iqtisodchi va tadbirkor Tolegen Ahmetov Karvonsaroy nashriga. “O‘tgan yili Qozog‘iston Afg‘onistonga 500 million AQSH dollarga teng tovar yetkazib berdi va Afg‘onistondan 80 million AQSH dollariga teng mahsulot import qildi.”

“2018-yilning birinchi yarmida, 2017-yilning xuddi shu davri bilan taqqoslaganda, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmi 20 foizga oshgan”, deb qo‘shimcha qildi u.

2018-yilning yanvar-aprel oylarida Qozog‘iston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 180,2 million AQSH dollariga yetdi, deb xabar berdi Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vazirligi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500