Karvonsaroy
Ta’lim

“Bolamni maktabga qabul qiling”: Qirg‘izistonda har yilgi aksiya boshlandi

Karvonsaroy

29-aprel kuni poytaxt Bishkekning 140 yilligi nishonlanishi vaqtida favvoraga to‘plangan bolalar. “Bola huquqlari himoyachilari ligasi” nohukumat tashkiloti 14-avgust kuni Qirg‘izistonda “Bolamni maktabga qabul qiling” aksiyasini boshladi. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

BISHKEK – Bishkekda joylashgan “Bola huquqlari himoyachilari ligasi” nodavlat tashkiloti 14-avgust, seshanba kuni “Bolamni maktabga qabul qiling” har yilgi aksiyasini boshladi, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Aksiya shanbaga to‘g‘ri keladigan to‘liqsiz o‘quv kuni – 1 sentabr oldidan bo‘lib o‘tadi.

Inson huquqi himoyachilari Ta’lim va fan vazirligi biljan hamkorlikda aksiya davomida bolalarni maktabga qabul qilish bo‘yicha yuridik ko‘mak va maslahatlar beradilar, dedi nodavlat tashkiloti rahbari Nazgul Turdubekova.

Konstitutsiyaga ko‘ra, Qirg‘izistonda har kim umumta’lim maktablarida bepul ta’lim olish huquqiga ega. Bu aksiya “har bir bolaning ta’lim olish huquqini” amalga oshirishga yordam beradi, dedi u.

To‘yimli tushlikdan so‘ng tabassum qilayotgan qirg‘izistonlik bola, Laylak tumani, Botkent viloyati, o‘tgan yil dekabr oyida olingan surat. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, “Bolamni maktabga qabul qiling” aksiyasining asosiy maqsadi “har bir bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarish”. (Rahm-shafqat korpusi)

“Hech qaysi bola ta’lim olmasdan qolmasligi kerak”, deb qo‘shimcha qildi u.

“Bolalarning ta’lim olish huquqlari buzilishiga duch kelayotgan” ota-onalarga yordam berishga qaratilgan “Bolamni maktabga qabul qiling” aksiyasi Qirg‘izistonda 10-bor o‘tkazilmoqda, deb tushuntirdi Turdubekova.

Ota-onalar farzandlarini maktabga topshirishda duch kelayotgan muammolar, jumladan “turli sertifikatlar, maktabga tayyorlov kurslaridan o‘tganlik haqida hujjat, maktab formasini sotib olganlik, bolaning turli xil testlardan o‘tganligi, maktabga qabul qilish to‘lovlarining tasdig‘i yoki yashash va ro‘yxatda turish joylarining muvofiq emasligi” shular jumlasidandir, dedi u.

“Biz har bir holatni kuzatib boramiz,” deydi u. “Maktabga qabul qilinguniga qadar har bir bolaga hamroh bo‘lamiz”.

Davomatni rag‘batlantirish

Shuningdek, bosh vazir Muhammedkali Abilgaziev dushanba, 13-avgust kuni barqaror taraqqiyot bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida ta‘lim tizimida “tub islohotlarni” amalga oshirishga chaqirdi, deb xabar beradi AKIpress.

Ushbu islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, u “5 yarim yoshdan katta barcha bolalar bog‘chaga borishi, barcha maktablar internetga ulangan bo‘lishi kerak”ligi ta’kidladi.

Davomatni rag‘batlantirish va xavfsizlikni kuchaytirishning yana bir omili sifatida 1 sentabr – to‘liqsiz o‘quv kunida Qirg‘iziston maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun yo‘lkira bepul bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda, deb xabar beradi AKIpress.

13-avgust kuni Ichki ishlar vazirligi (IIV) huzuridagi yo‘l-patrul xizmati va turli transport kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu bir kunlik aksiyani o‘tkazishga kelishib olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500