Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qozog‘istonda jinoyatdan jabrlanganlar uchun kompensatsiya fondi tashkil etilmoqda

Kseniya Bondal

Olmaota viloyatida bino oldida turgan mahbuslar, 2008-yil, mart. (Vladimir Tretyakov)

Olmaota viloyatida bino oldida turgan mahbuslar, 2008-yil, mart. (Vladimir Tretyakov)

OLMAOTA – Qozog‘iston jinoyatlar qurbonlari uchun kompensatsiya jamg‘armasini tashkil etdi. U qisman sudlangan jinoyatchilarning to‘lovlari hisobiga to‘ldiriladi.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasining 26-iyul kungi bayonotiga ko‘ra, 1-iyuldan e’tiboran, jinoyat sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar jinoyat qurbonlarining kompensatsiya jamg‘armasiga badal to‘lashlari lozim.

Jamg‘arma jinoyat natijasida moliyaviy zarar ko‘rgan, biroq jinoyatchining noma‘lum ekanligi yoki odil sudlovdan qochib yurgani sababli tovon pulini ololmayotgan jabrlanuvchilarga ko‘mak berishga qaratilgan.

Jamg‘armaning kompensatsiya mablag‘lari bir martalik to‘lov ko‘rinishida quyidagi to‘rt ustuvor toifadagi guruh vakillari to‘lanadi: jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan voyaga etmaganlar; odam savdosi yoki qiynoqlar qurbonlari; jinoyat natijasida sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetgan shaxslar yoki inson immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanganlar; vafot etgan qurbonlarning qonuniy vakillari.

Qarag‘anda viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasida jurnalistlar uchun uyushtirilgan ochiq eshiklar kunida ishlayotgan ayollar. 2015-yil, iyul oyi. (Vladimir Tretyakov)

Qarag‘anda viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasida jurnalistlar uchun uyushtirilgan ochiq eshiklar kunida ishlayotgan ayollar. 2015-yil, iyul oyi. (Vladimir Tretyakov)

Sodir etilgan jinoyatlarning og‘irligiga qarab, sudlangan jinoyatchilar 12000 dan 72000 tengegacha (34 dan 207 AQSH dollargacha) pul to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Jamg‘arma fondi, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘langan jarimalar va axloq tuzatish ishlari bilan band bo‘lgan sudlangan shaxslarning maoshlaridan olib qolinadigan pul mablag‘lari hisobiga ham to‘ldiriladi.

Bosh prokuratura hisob-kitoblariga ko‘ra, jamg‘armaga har yili 1 milliard tengedan (2,9 million dollar) ortiq mablag‘ kelib tushadi.

Ushbu loyiha Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, uni Moliya vazirligi amalga oshiradi.

Mahbuslardan pul undirish

Jamg‘arma mablag‘lari qurbonlar huquqlarini himoya qilishga safarbar etiladi, deydi Ostona advokatlari uyushmasi yuristi Amanjo‘l Muhamedyarov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Qonun loyihasi Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan”, dedi u. “U 2016-yilda muhokamaga qo‘yilgan edi. 2017-yilda Senat hujjatni tasdiqladi. Shu yilning yanvar oyida esa unga president Nursulton Nazarboyev imzo chekdi”.

Muhamedyarovning so‘zlariga ko‘ra, jamg‘arma 2020-yil 1-iyuldan kompensatsiya pullarini to‘lay boshlaydi.

Davlat jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash uchun hech qanday pul ajratmaydi, u davlat byudjetiga bog‘liq bo‘lmaydi, dedi Muhammedyarov, to‘lanadigan pullar davlat g‘aznasiga tushmaydi; barcha mablag‘lar jabrlanganlarga kompensatsiya sifatida to‘lanadi.

“Boshlang‘ich bosqichda Bosh prokuratura jamg‘arma faoliyatini alohida nazoratga olishi lozim – sudlanganlardan pul yig‘ish, jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lash va ularning jabrdiyda deb tan olinishini tezlashtirish shular jumlasidandir”, dedi advokat.

Jabrdiyda jamg‘armadan tovon puli olganidan keyin ham yetkazilgan ma’naviy zararni yoki sud xarajatlarini qoplash uchun jinoyatchini sudga berishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi Muhamedyarov.

Jabrlanganlar uchun yordam

Zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlanganlar uchun mo‘ljallangan bu kabi kompensatsiya jamg‘armalari Qo‘shma Shtatlar va Avstraliyada anchadan beri mavjud, deydi Olmaotada joylashgan Markaziy Osiyo strategik tadqiqotlar instituti direktori Anna Gusarova.

“Qozog‘istonda jinoyatdan jabrlanganlarga tovon to‘lovchi fond juda kerak, chunki jabrdiydalar ko‘makka muhtoj”, deydi Gusarova. “Barcha jioyatchilardan pul undirish ham mantiqan to‘g‘ri, chunki pul mablag‘lari tanlab olish asosida yig‘iladigan bo‘lsa, ushbu choraning adolatli ekani savol ostida qoladi”.

Biroq, kelgusi ikki yil davomida davlat tomonidan yig‘ilishi rejalashtirilgan 2 milliard tenge (taxminan 5,8 million AQSH dollar) belgilangan maqsadli guruhlarga kompensatsiya pullarini to‘lash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin, deya ta’kidladi u.

“Shunga qaramay, Bosh prokuraturaning butun jamg‘arma faoliyatini nazorat qilib borishi maqsadga muvofiq”, dedi u.

“Undirib olish uchun sudlanuvchida pul bo‘lmasa, u to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ qarz sifatida yozib boriladi va sudlanuvchi uni keyinchalik to‘lashi kerak bo‘ladi”, dedi Gusarova.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Fond bilan qanday bogʻlanca boʻladi? Telefon raqami qanday?

Javob berish