Karvonsaroy
Jamiyat

Markaziy Osiyoliklar ruscha familiyalardan voz kechmoqdalar: “Bizning o‘z madaniyatimiz bor”

Kanat Altinbayev

“Ostona atrofidagi mingyillik” festivalida ishtirok etayotgan milliy liboslardagi ikki erkak, 5-iyul. (Azamat Aliyev/Strategy 2050)

“Ostona atrofidagi mingyillik” festivalida ishtirok etayotgan milliy liboslardagi ikki erkak, 5-iyul. (Azamat Aliyev/Strategy 2050)

MARKAZIY OSIYO – Markaziy Osiyo aholisi Chor Rossiyasi davrida qabul qilingan “-ov” yoki “-yev” kabi slovyan suffikslaridan voz kechib, tarixiy o‘zliklariga qaytmoqdalar.

24.kg nashrining xabar berishicha, 2017 yilda 33 mingdan ortiq qirg‘izistonlik o‘z ism-sharifini o‘zgartirgan. Ular o‘z familiyalaridan “-ov/-yev” suffukslarini olib tashlab, “uulu/kizi” yoki “tegin” qo‘shimchalarini qo‘shganlar va slavyancha shakldan qirg‘izcha ismlarga o‘tganlar.

Bu holat Qirg‘izistonda Sovet ittifoqi inqirozidan keyin, 1990-yillar avvalida boshlangan va o‘shandan beri qirg‘izistonliklar uchun o‘z-o‘zini milliy anglashning bir belgisi bo‘lib qolgan.

Bunday o‘zgarishlarni yuqori lavozimdagi hukumat rasmiylari ommalashtirdilar.

Oqtovda mustaqillik kunini nishonlash marosimi ishtirokchilari 15 metrlik Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘tarib ketmoqdalar, o‘tgan yilning 16-dekabri. (Mang‘istov viloyati hokimiyati)

Oqtovda mustaqillik kunini nishonlash marosimi ishtirokchilari 15 metrlik Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘tarib ketmoqdalar, o‘tgan yilning 16-dekabri. (Mang‘istov viloyati hokimiyati)

Rossiyada yashaydigan qozoqlar Qozog‘istonning Qustanay shahrida o‘tgan madaniy anjumanda ishtirok etmoqdalar, surat iyun oyida olingan. (Jahon Qozog‘iston uyushmasi)

Rossiyada yashaydigan qozoqlar Qozog‘istonning Qustanay shahrida o‘tgan madaniy anjumanda ishtirok etmoqdalar, surat iyun oyida olingan. (Jahon Qozog‘iston uyushmasi)

Aka-uka – sobiq ichki ishlar vaziri Bolot Sher-Niyoz va deputat, kinoijodkor Sodiq Sher-Niyoz birinchilardan bo‘lib slavyancha Sherniyozov familiyasidan voz kechganlar.

Qirg‘izistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Qilichbek Sulton 2016-yilda Sultonov familiyasini o‘zgartirgan. “-ov” suffiksi Qirg‘iziston yoki qirg‘izlarda hech qanday ma’noga ega emas, dedi u 24.kg nashriga.

Bishkekda joylashgan Markaziy Osiyodagi inson huquqlari kongressi koordinatori Tursunbek Akun Karvonsaroy bilan suhbatda 2002-yilda familiyasidagi “-ov” qo‘shimchasidan voz kechganini aytadi.

Akunning aytishicha, u o‘z ismini Osiyo mamlakatlari, jumladan, Xitoyga safar qilganidan keyin o‘zgartirgan. U yerda yashovchilar qirg‘izistonlikning familiyasi slavyancha ekanligidan hayratga tushganlar.

“Hozirgi yoshlarning familiyasi “uulu” va “kizi” qo‘shimchalariga ega”, dedi u.

“Hammamiz “-ov” va “-yev” ruscha suffikslardan voz kechishimiz kerak”, dedi u. “Axir, Qirg‘iziston ancha vaqtdan berdi suveren davlat, nima uchun ism-shariflar boshqa davlatnikiga o‘xshagan bo‘lishi kerak?”

“Har bir millat ajdodlardan qolgan ismlarni olishi kerak”, dedi u. “O‘zimizning tariximiz va madaniyatimizga qaytishimiz kerak – ana shu maqsadga muvofiq bo‘ladi.”

Qozog‘istonda moziyga qaytish

Qozog‘istonda ham ruslashgan familiyalar urfdan chiqmoqda.

Masalan, Olmaota hokimi Baurjan Baybek 1991-yilda Qozog‘iston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z ismini o‘zgartirib, otasining ismidagi “-vich” va familiyasidagi “-ov” suffikslaridan voz kechgan.

Olmaotalik faollardan biri va Antigeptil ekologik harakat yetakchisi Ulan Shamshet Karvonsaroy nashriga bergan intervyusida 16 yoshida pasport olayotgan vaqtda ism-sharifining ruscha shaklidan atayin voz kechganini aytib o‘tdi.

Davlat mustaqillikda erishganidan keyin ko‘pchilik qozoqlar familiyalaridagi suffikslarini olib tashlab ism-shariflarini o‘zgartirdilar, dedi u. 2000-yillarda tug‘ilganlarning aksariyati yangicha uslubdagi ismlardan foydalanadi, deb qo‘shimcha qildi u.

“Qizimning familiyasi Ulanqizi”, dedi Shamshet.

Bu Markaziy Osiyo davlatlari uchun tabiiy va oddiy fenomen, dedi u.

“Ruslarning bizga o‘tkazgan ta’siridan voz kechib, o‘zligimizga qaytishimiz muhim”, dedi Shamshet. “Ruslar ota-bobolarimizni qozoqchada o‘gli/qizi degan tushunchalardan voz kechishga majburlaganlar. Bu bizni rus olaminig bir qismiga aylantirish yo‘lidagi siyosat edi.”

Sovet Ittifoqi davrida qozoqlar pasport idoralarida ism-shariflarining ruslashgan shakli bilan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak edi. Sovet hukumati milliy familiyalarni qoldirishni rag‘batlantirmagan, deb qo‘shimcha qildi u.

Bu siyosatga qarshi chiqqan bir misol qozog‘istonlik urush qahramoni, Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan va Moskvani natsistlardan himoya qilgan Baurjan Momisho‘gli bo‘lgan, deb ta’kidladi Shamshet.

Urushdan tirik qaytgan bo‘lsa-da, unga “Sovet Ittifoqi qahramoni” degan oliy unvonini berish uchun Sovet hukumati uning o‘lishini kutgan, chunki u Momishev emas Momisho‘gli bo‘lgan, deydi Shamshet.

Ayni vaqtda ruslar hukmronligi ostida bo‘lmagan yaqin atrofdagi davlatlar, masalan, Xitoy, Mongoliya va Pokistondagi etnik qozoqlar – oralmanlar qozoqcha ism-shariflarga ega.

“Hozirda ko‘pchilik qozoqlardagi ruscha ismlar hech qachon qozoqlarga tegishli bo‘lmagan”, dedi Olmaota viloyatining Kaskelen shahridan bo‘lgan oralman Asangali Temirxan Karvonsaroy nashriga. “Biz rus emasmiz, bizning o‘z madaniyatimiz bor.”

Tojikistonda avj olayotgan trend

Ruslashuvdan uzoqlashish trendi Tojikistonda ham mavjud, degan edi Tojikiston adliya vazirligi rasmiysi Iftixor Samadzoda Center-1 nashrining o‘tgan yilgi xabariga ko‘ra.

Tojikistonda ushbu jarayon 2007-yilda, (avvalgi ismi-sharifi Emomali Rahmonov bo‘lgan) prezident Emomali Rahmon hamyurtlariga o‘rnak bo‘lish uchun o‘z familiyasini o‘zgartirganidan so‘ng boshlangan.

Tojiklar familiyalarining oxiriga “-zoda”, “-yon”, “-pur” va “-duxt” qo‘shimchalarini qo‘shadilar. Bunday familiyalar soni yildan yilga oshib bormoqda.

Rossiyada ishlaydigan tojikistonlik mehnat migrantlari bundan mustasno, ularning ko‘pchiligi ruscha familiyalardan foydalanishga majburlar.

Familiyalari tojikcha bo‘lsa, ular Rossiya politsiyasi va ish beruvchilar bilan turli muammolarga duch keladilar, deb xabar bergan edi iyul oyida Ozodagon nashri.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 11

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Россия фақат муаммо дегани. Германия урушда ютмагани чакки бўлган

Javob berish

Sen faqat “muammolar” degan soʻzni eshitgansan, HAQIR ODAM... Lol

Javob berish

Rus tilidan voz kechib, barcha rus tilidagi maktablar va telekanallarni yopishsa zoʻr boʻlardi. Ingliz yoki turk tilidagi maktablar va telekanallar ochiladi. Va umid qilamanki, bu oʻzgarishlar Ozarbayjonda ham boʻy koʻrsatadi.

Javob berish

Yaxshi maqola. Juda foydali. Lotin yozuvini ham tezroq qabul qilishsa zoʻr boʻlardi.

Javob berish

Avvaliga mamlakatda nimanidir yaxshilash haqida oʻylash, shundan keyin boshqa masalarga oʻtish kerak. Hozir esa nima qilishayotgani Xudogagina maʼlum. “-ov” va boshqa qoʻshimchalarni olib tashlasak, ham avval yashaganimizdek yashashda davom etaveramiz. Mamlakatning ham, sening ham hayoting oʻzgarib qolmaydi. Yaxshi, familiyani oʻzgartirib, xursand boʻlarsan, keyinchi?

Javob berish

Yaxshi, sen mamlakatda oʻzgarishlar boʻlishini kut. Biz esa minglab vatandoshlarimizni oʻldirgan odamlarga xos familiyalardan foydalanishni istamaymiz.

Javob berish

Giyohvandlikni tashla, juft tuyoqli hayvon)) Kanalizatsiyang borligidan va gʻorda emas, uyda yashayotganidan XURSAND BOʻL... Arlekino, j...b :)

Javob berish

Juda foydali maqola. Shunday davom eting. Turkiy millatlar qayta tiklansin!

Javob berish

Toʻgʻri. Oʻzimizning tarixiy nomlarga qaytish kerak. Ruscha familiyalar ruslarda boʻlaversin.

Javob berish

Ismi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yaxshi inson bo‘lish muhim. Muallif mayda-chuyda narsalarni yozgan. Ixtilof urug‘ini sochgandan ko‘ra, tuzukroq narsa yozgani ma’qul.

Javob berish

Oʻz fikringizda qolavering agar yoqsa, men maqola muallifini yoqlayman. Bu ixtilof emas. Milliy ismi sharifni targʻib etishimiz shart. Siz yaxshishi slavyan millatlari vakillariga Sergeyjon Ivanboy oʻgʻli deb ism qoʻyishni taklif etingchi qanday javob olasiz.

Javob berish