Karvonsaroy
Jamiyat

Suratlarda: Ostona aholisi va sayyohlar ko‘cha san’ati asarlaridan zavq olmoqdalar

Aydar Ashimov

Dmitriy Levochkin eskizi asosida tayyorlangan graffiti. Rassom 14 duymlik optik grafikani qo‘llagan holda 3D-effekt hosil qiladi. Suratdagi binoda Tore urug‘idan bo‘lgan Chingizxon avlodi tasvirlangan. (Aydar Ashimov)

Tarixiy voqealarni qog‘ozga tushirayotgan qiz. Shamol ularni uzoq o‘tmishga uchirib ketmoqda. 14-avgust kuni Ostonada olingan surat. (Aydar Ashimov)

Barcha graffiti suratlarida ularning ta’rifi va muallifning ismi yozilgan. Masalan, mazkur suratdagi “Dashtdagi uyqu” asari Samir Salahov ijodiga mansub. (Aydar Ashimov)

“Dashtdagi uyqu” kartinasida irbis (tog‘ qoploni) va sayg‘oq aks ettirilgan, 14-avgust kuni Ostonada olingan surat. Qachonlardir bu jonzotlar zamonaviy Qozog‘istonda juda ko‘p edi. Hozirda ular Qizil kitobga kiritilgan va tabiat himoyachilari tomonidan asrab-avaylab kelinadi. (Aydar Ashimov)

Qozoq shoiri va yozuvchisi Saken Sayfullinning (1894-1939) Ostonadagi binolarning birida graffiti usulida chizilgan surati, 14-avgust. (Aydar Ashimov)

Shahardagi qurilish majmuasida Ostonadagi diqqatga sazovor joylardan biri – Hazrat Sulton masjidi tasvirlangan, 14 avgust kuni olingan surat. Masjid shaharning turli rivojlanish bosqichlarini ifoda etuvchi chizgilar bilan to‘ldirilgan. (Aydar Ashimov)

Shahardagi chorrahalarning birida qozoqlarning qadimiy o‘yini – “qiz quvdi” tasvirlangan, Ostona, 14-avgust. Yosh yigit o‘z sevgilisining ortidan quvmoqda, ular ot choptirib ketmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Graffiti suratlari Ostona ko‘chalarida uchratish mumkin bo‘lgan yagona san’at asarlari emas. 14-avgust kuni olingan bu suratda Ishin daryosi yaqinidagi “Bitlz” guruhining haykalini ko‘rish mumkin. (Aydar Ashimov)

OSTONA – Yaqinda Qozog‘istonning shovqin-suronli poytaxti Ostonada yaratilgan graffiti suratlari mahalliy aholi va sayyohlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Ko‘cha san’ati yaqindan beri Markaziy Osiyo bo‘ylab ommalasha boshlagan. Qozog‘iston shaharlari va viloyatlaridagi ko‘pgina rassomlar o‘zlari yashaydigan joylarni ijodlari bilan bezamoqdalar, ularning ayrimlari mahalliy va milliy mavzularda ishlangan.

Ilk suratlar shaharning Sariarka tumani hokimiyati tashkillashtirgan “Urban Art Astana - 2018” musobaqasi doirasida chizilgan edi. Musobaqa shahar aholisini san’atning mazkur bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilgan edi.

“Ariza topshirganlarning 70 tasidan shaharning turli joylarida chiziladigan 26 ta eskiz tanlab olindi”, deyilgan musobaqa vebsaytida.

Tarixiy voqealarni qog‘ozga tushirayotgan qiz. Shamol ularni uzoq o‘tmishga uchirib ketmoqda. 14-avgust kuni Ostonada olingan surat. (Aydar Ashimov)

Tarixiy voqealarni qog‘ozga tushirayotgan qiz. Shamol ularni uzoq o‘tmishga uchirib ketmoqda. 14-avgust kuni Ostonada olingan surat. (Aydar Ashimov)

Rassomlar graffiti asarlarini turarjoy binolariga chizishgan. Ular tunda proyektorlar yordamida devorlarga chizmalar chizib, kunduzi esa ularni bo‘yaydilar.

Dam olish kunlari gidlar sayyohlarga graffitilarni ko‘rsatadilar, xohlovchilar u yerda suratga tushishlari mumkin.

“Bu kabi qiziqarli tur uchun rahmat! Barcha san’at asarlari o‘ziga xos, mislsiz va iliq ruhda bajarilgan. Ular menga shu darajada ko‘tarinkilik baxsh etganidan, uyimdagi devorlarga ham rasm solishni xohlab qoldim”, dedi onlayn izoh qoldirgan tur ishtirokchilardan biri.

Suratlar taqdimoti 6-iyul – Ostona 1997-yil dekabrda mamlakat poytaxti deb e’lon qilingani munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlari oldidan rejalashtirilgan edi.

Bezatilgan binolarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, izoh qoldirganlarning aksariyati o‘z tahsinlarni ifoda etganlar.

Suratlar ostida “Rahmat, siz shaharni jonlantirdingiz!”, “Bunday go‘zalliklar ko‘paysa yanayam yaxshi bo‘lardi”, “Zo‘r loyiha! Yaxshi ish!”, “Chiroyli!” kabi izohlar yozib qoldirildi.

“Bu ajoyib. Bu kabi go‘zallik odamlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi”, deydi ostonalik 32 yashar Aygerim Yesmaxova Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500