Karvonsaroy
Xavfsizlik

Olimpiyachining o‘ldirilishi ortidan Qozog‘iston ichki ishlar tizimida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilishi kutilmoqda

Kanat Altinbayev

Olmaota ko‘chalarini kezib yurgan patrul xizmati xodimlari, 2018-yilning yozi. (Ostona shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi)

Olmaota ko‘chalarini kezib yurgan patrul xizmati xodimlari, 2018-yilning yozi. (Ostona shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi)

OSTONA – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ichki ishlar xodimlarini huquqshunoslik universitetlarini bitirganlar bilan almashtirib, Ichki ishlar vazirligi (IIV) tizimida katta islohotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Nazarboyev 23-avgust kuni Atirau viloyatida hukumat rasmiylari bilan uchrashuvida aytib o‘tgan, deb xabar beradi Moy Gorod (Mening shahrim) yangiliklar sayti.

“Butun dunyoda politsiyachilar odamlarga do‘st, ammo biz uchun ular kim?”, deya ritorik savol berdi Nazarboyev.

U Gruziyada 2004-2007-yillarda Mixail Saakashvilining birinchi prezidentlik muddati davomida ichki ishlar tizimida olib borilgan islohotlarni misol qilib keltirgan.

Atrofi panjara bilan o‘ralgan Olmaotadagi ichki ishlar idorasi, avgust oyi. 6-avgust kuni Olmaota shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi idoralar atrofidagi panjaralarni olib tashlab, fuqarolar uchun qulay kutish xonalari tashkil etilishini ma’lum qildi. (Kanat Altinbayev)

Atrofi panjara bilan o‘ralgan Olmaotadagi ichki ishlar idorasi, avgust oyi. 6-avgust kuni Olmaota shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi idoralar atrofidagi panjaralarni olib tashlab, fuqarolar uchun qulay kutish xonalari tashkil etilishini ma’lum qildi. (Kanat Altinbayev)

“Gruziyada hukumat barcha politsiyachilarni lavozimidan ozod qilib, huquqshunoslarni ishga oldi va bu tizimda tartib o‘rnatdi”, dedi u. “Men ham hozir shu haqda o‘ylayapman. Qo‘lida diplomi bor qancha yuristlar ishsiz yuribdi. Menimcha, biz Gruziyadan namuna olishimiz kerak...”

Ichki ishlar tizimidagi islohotlar: jamoatchilik talabi

Qozog‘istonda ichki ishlar xodimlari faoliyatidan norozilik 19-iyul kuni Olmaotada Qozog‘istonning medal olgan birinchi figurali uchuvchisi Denis Ten o‘limidan so‘ng kuchaygan. Huquq-tartibot organlari xodimlari ikki nafar gumondorni qo‘lga olganlar. Ten mashinasining yon oynalarini o‘girlamoqchi bo‘lgan shaxslarni to‘xtatishga uringan payt pichoqlangan edi.

Ichki ishlar idoralari mamlakatning moliyaviy poytaxtida mashhur sportchini yoki uning mulkini himoya qilishga qodir bo‘la olmagani ommaviy axborot vositalarida ko‘plab noroziliklarni keltirib chiqardi. Keng jamoatchilik huquq-tartibot organlarini samarasiz faoliyati uchun tanqid ostiga olib, jiddiy o‘zgarishlarni talab qildi.

Biroq, yuridik oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilaridangina iborat bo‘ladigan politsiya tuzish g‘oyasini ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlamayapti.

Olmaotalik advokat Johar Utebekovning fikricha, faqat yuristlardan iborat politsiya kuchlarini tashkil etish o‘rniga, bahaybat IIVdan ayrim qismlarni ajratib olish maqsadga muvofiq.

U jinoyatchilikka qarshi kurashga aloqador bo‘lmagan bo‘linmalarni tizimdan chiqarib tashlashni taklif qilgan. “Immigratsiya, jazoni ijro etish, tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar, qog‘ozbozlik bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar va h.k.lar shular jumlasidandir.”

“Politsiya safida yuksak axloqiy tamoyillar va a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega insonlar ishlashi kerak”, dedi u Karvonsaroyga. “Huquqshunoslik bo‘yicha oliy ma’lumot esa qo‘shimcha afzallik bo‘lishi mumkin.”

Shu bilan birga, Utebekov mamlakat bo‘ylab barcha ichki ishlar idoralarini tekshirish va bu tizimda ishlashga noloyiq bo‘lgan xodimlarni ishdan bo‘shatishga chaqirgan.

O‘zgarishlar yaqin

Nazarboev boshchiligidagi mamlakat Xavfsizligi Kengashi IIVdagi islohotlarni muvofiqlashtirmoqda.

Bir vaqtning o‘zida IIV o‘z faoliyatini yaxshilashga urinmoqda. Tenning o‘ldirilishi natijasida politsiyaning obro‘siga putur yetgan Olmaotada yaqinda qabul qilingan ikki islohot kuchga kiritildi.

6-avgust kuni Olmaota politsiyasi shahardagi idoralarini o‘rab turgan panjaralarni olib tashlab, fuqarolar uchun qulay kutish xonalarini tashkil etishi haqida ma’lum qilgandi.

Keyinroq, 16-avgust kuni ular ko‘chalar va uylar atrofida patrul nazoratini kuchaytirganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Utebekovning o‘zini ham ishdan bo‘shatish kerak.

Javob berish