Karvonsaroy
Jamiyat

Ostonadagi “Buyuk dasht mamlakati” festivalida qozoq madaniyati namoyish etildi

Aydar Ashimov

Festival sayyohlar uchun barpo etilgan etnik ovulda bo‘lib o‘tdi. Bu yerdagi barcha narsa ko‘chmanchi hayot ruhiyati bilan hamohang. (Aydar Ashimov)

Bolalar milliy liboslar musobaqasida bellashmoqdalar. Hech bir ishtirokchi sovg‘asiz qolmadi. (Aydar Ashimov)

Ayol qo‘lda yasalgan taqinchoqlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini namoyish qilmoqda. (Aydar Ashimov)

Yoshlar kamondan o‘q otish musobaqasida ishtirok etmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Ko‘rgazma davomida mehmonlar qutichalar, sumkalar, tumorlar, oshxona anjomlari, taqinchoqlar va boshqa shu kabi buyumlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. (Aydar Ashimov)

Qozog‘iston muzeylari o‘z eksponatlarini o‘tovlarda namoyish etdilar. (Aydar Ashimov)

Mehmonlar biya sutidan tayyorlangan milliy ichimlik – qimizdan bahramand bo‘ldilar. Shu bilan birga, ular suzmadan qilingan qurutlarni ham tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. (Aydar Ashimov)

Teatrlashtirilgan tomosha ishtirokchilari Qozog‘stonda tinchlik bo‘lishini so‘rab duo qilmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Yosh yigitlar og‘ir qilichni tekis ushlab turish musobaqasida kuch sinashmoqdalar. Professional sportchi Sergey Tsirulnikov (o‘ngda) ishtirokchilarni quvnoq hayot kechirib, sport bilan shug‘ullanishga chaqirmoqda. (Aydar Ashimov)

Polshalik sayyoh (chapda) qozoq tilmochi bilan birga arg‘imchoq uchmoqda. Qozog‘iston va uning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida festivalga turli mamlakatlardan sayyohlar kelishgan. (Aydar Ashimov)

OSTONA – 25-26-avgust kunlari Ostonada o‘tkazilgan festival qozoq madaniyatining chinakam namoyishiga aylandi.

“Qozog‘iston – buyuk dasht mamlakati” festivalidan ko‘zlangan maqsad, qozoq madaniyatining zamonaviy hayotga integratsiyasini ko‘rsatish, yoshlarning tarixiy qadriyatlarga qiziqishini oshirish va xalq hunarmandlarining mahsulotlarini namoyish etishdir”, deb xabar beradi shahar hokimligi.

Tadbir madaniyat va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

Tomoshabinlar “Tarix karvoni” teatrlashtirilgan spektakli va an’anaviy sport turlari musobaqalarini tomosha qildilar. Ular mazali taomlardan totib ko‘rish, bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan milliy liboslar tanlovida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Zamonaviy matolardan oqilona va ijodiy yondashuv bilan tikilgan kiyimlar hakamlar tomonidan baholandi.

Bolalar Ostonada 25-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “Qozog‘iston – buyuk dasht mamlakati” festivalida milliy liboslar musobaqasida qatnashmoqdalar. Hech bir ishtirokchi sovg‘asiz qolmadi. (Aydar Ashimov)

Biz festivalga butun oilamiz bilan Qarag‘andadan keldik”, deydi 23 yashar Asem Satilganova Karvonsaroy bilan suhbatda. “Bu yerda kattalar uchun ham, bolalar uchun ham birdek qiziqarli. Bu yerda sevimli taomlarimizni tanovul qilish, arg‘imchoq uchish va tanlovlarda ishtirok etish mumkin.”

U festivalda Qozog‘istonni ko‘rish va uning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlarni ko‘rishdan mamnun ekanligini aytdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500