Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-09-07 | Tahlil

Rossiyaning gibrid urush taktikasi Markaziy Osiyoga “bevosita xavf” tug‘dirmoqda

Tojikistonlik o‘quvchi bolalar “Russkiy mir” jamg‘armasi bergan rus tili darsliklarini maktabga olib bormoqdalar. Jamg‘arma tomonidan Tojikiston ta’lim vazirligiga jami 20 ming dona rus tili darsligi taqdim etilgan. (“Russkiy mir” jamg‘armasi)

Kanat Altinbayev

OLMAOTA – Ukrainadan o‘zining gibrid urishi strategiyasi uchun sinov poligoni sifatida foydalangan Moskva endilikda o‘z nigohini Markaziy Osiyoga qaratmoqda, deydi kuzatuvchi va tahlilchilar.

Gibrid urishi, odatda, siyosiy zo‘ravonlik, oddiy va noan’anaviy harbiy amaliyotlar, kiberurush va ta’sir o‘tkazish kampaniyalari birikmasidan iborat bo‘ladi.

Kiyevlik siyosatshunos, Jahon siyosati institutining ijrochi direktori Yevgeniy Magda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga (RFE/RL) mart oyida bergan intervyusida aytishicha, Rossiya axborotni asosiy qurol vositasiga aylantirgan.

O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida joylashgan 11-sonli qishloq maktabidagi “Russkiy mir” xonasi, shu yili olingan surat. (“Russkiy mir” jamg‘armasi)

Iyun oyida Bishkekda bo‘lib o‘tgan tadbirda mahalliy maktab o‘quvchilari rus shoiri Pushkin kunini nishonlamoqdalar. (Bishkekdagi Rossiya fan va madaniyat markazi)

“Bu bir vaqtning o‘zida ham kibertajovuz, ham dezinformatsiya va yolg‘on xabarlar tarqatish”, deb ta’kidladi u mazkur hatti-harakatlarning nafaqat Ukrainada, balki Rossiyaning manfaatlari bo‘lgan boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirilishiga ishora qilib. “Bu taktika nafaqat Ukraina, balki istalgan mamlakat sharoitida ish beradi.”

Rossiya o‘zining gibrid urushini 2014-yilda Qrimning anneksiya qilinishidan ancha avval, nohukumat tashkilotlarni joylashtirish orqali boshlagan edi, deb qayt etdi Magda.

2013-yilda Ukrainada “Maydan” aksil-Kreml harakati paydo bo‘lgan vaqtda mamlakatda Rossiya tarafidan moliyashtiriladigan turli jamoat tashkilotlari, siyosatshunoslar va tahlil markazlari faoliyat yuritgan, deydi kiyevlik jurnalist Vitaliy Portnikov Ozodlik radiosi xabariga ko‘ra.

“O‘shanda bu odamlar Ukraina televideniyesi efirlari va OAVni to‘ldirib tashlagan edi, ular Yevroosiyo integratsiyasi, “rus olami” g‘oyasini targ‘ib qilar edilar. “Butun boshli siyosiy partiyalar va yirik arboblar ushbu g‘oyalarni himoya qilar, Moskva esa ularni qo‘llab-quvvatlar edi”, dedi u.

“Yumshoq kuch” strategiyasi

Kreml bu kabi texnologiyalarni Markaziy Osiyo davlatlarida ham qo‘llamoqda, deydi siyosiy tahlilchilar.

Rossiya 2016-yilda qabul qilgan tashqi siyosat konsepsiyasini amalga oshirish uchun “yumshoq kuch” (ta’sir o‘tkazish uchun madaniy va siyosiy g‘oyalarni ilgari surish) siyosatidan foydalanishini tan olgan. Bu haqda Gruziya strategik tahlil markazi asoschisi, tbilisilik siyosatshunos Nodar Xarshiladze Karvonsaroyga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qiymati 122 million dollarni tashkil qiluvchi “Rus tili” maxsus davlat dasturini amalga oshirish orqali 2016-2020 yillarda Markaziy Osiyoda rus tili va madaniyatini ommalashtirishni maqsad qilgan.

Rossiya ta’lim va fan vazirligiga ko‘ra, mazkur dastur “xorijiy davlatlar, xususan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida rus tili ta’sirining kamayishiga” qarshi kurashishni ko‘zda tutadi.

Rus tili Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Hozirgi kunda Qozog‘iston aholisining 84 foizi rus tilida so‘zlashadi, Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 49, O‘zbekistonda 41, Tojikistonda 33 va Turkmanistonda 18 foizni tashkil etadi, deydi Xarshiladze.

“Russkiy mir” internet sayti Rossiyaning “yumshoq kuch” siyosati doirasida amalga oshirayotgan hatti-harakatlariga yorqin misoldir. U butun dunyoda Rossiyaning ijobiy obrazini targ‘ib qilish va “Russkiy mir” jamg‘armasining faoliyatini yoritish bilan shug‘ullanadi.

1 milliondan ortiq yillik foydalanuvchiga ega sayt Markaziy Osiyoda ham mashhur, dedi u.

Portaldan faol foydalanadiganlar soni bo‘yicha Qozog‘iston 10 mamlakat ichida 2-o‘rinda turadi, dedi u.

Rossiya manfaatlarini ilgari surish

2010-yilda tashkil etilgan Aleksandr Gorchakov nomidagi ommaviy diplomatiyani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham Rossiyaning “yumshoq kuch” siyosatining yana bir agenti hisoblanadi, dedi Xarshiladze.

Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi sifatida faoliyat olib boruvchi mazkur tashkilot Rossiya tashqi siyosati bilan shug‘ullanadi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi va ommaviy diplomatiya sohasidagi eskpertlar va jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Biroq, fond beradigan bilimlar o‘ziga xos nuqtai nazarga asoslanadi, deydi Xarshiladze.

“Fondning bir nechta bitiruvchisi o‘quv materiallarining kamligi va ta’lim jarayonida mafkuraviy tashviqotga keng o‘rin berilganini aytganlar”, dedi u.

“Rossotrudnichestvo” hukumat agentligi ham Rossiya ta’limi va madaniyatini xorijga eksport qilishda faol ishtirok etmoqda, deb qayd etdi Xarshiladze.

Uning aytishicha, agentlik Qozog‘istondagi turli ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari bilan hamkorlikda Rossiyaning ta’sirini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Sovet ittifoqining fashist Germaniya ustidan qozongan g‘alabasiga bag‘ishlangan har yilgi bayram tadbirlari shular jumlasidandir.

Moskvaning tashqi siyosatini oqlash

Gibrid urushi guruhlari – Rossiya manfaatlarini ilgari suruvchi tashkilotlar Qozog‘istonda ham faoliyat olib boradi, deydi olmaotalik siyosatshunos Ruslan Jangazi Karvonsaroy bilan suhbatda.

U Qozog‘istonda Rossiyaning o‘z ekspertlar guruhi va ommaviy axborot vositasiga ega bo‘lgan kommunikatsion gibrid guruhi borligini aytar ekan, tashkilot nomiga aniqlik kiritmadi.

“Guruh (ekspertlar) Rossiyaning tashqi siyosatini oqlash bilan shug‘ullanadilar, OAV esa Qozog‘iston axborot makonida ularning fikrlarini tarqatib, jamoatchilik fikriga ta’sir qilishga urinadi”, deydi u.

Umuman olganda, Rossiyaning yashirin missiyalarini bajaruvchi “gibrid guruhlar” safida hatto banklar ham bo‘lishi mumkin, deydi siyosatshunos.

Masalan, o‘tgan yili Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbarining o‘g‘li Denis Bortnikov Qozog‘istonning VTB banki raisi bo‘ldi, dedi Jangazi.

“Ayrim ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, mazkur bankning xorijdagi hisob raqamlari Rossiya maxsus xizmatlarining chet eldagi operatsiyalarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi”, dedi siyosatshunos.

Jangazining fikricha, Qozog‘istonda gibrid urush usullarini qo‘llash Rossiya uchun muhim, sababi, prezident Nursulton Nazarboyev 78 yoshda ekanligi inobatga olinsa, bu yerda hokimiyat almashinuvini kutish mumkin.

“Rossiyaning uzoq muddatli missiyasi – Markaziy Osiyo, ayniqsa, Qozog‘istonda Kremlning siyosatiga sodiq bo‘lgan yoshlarning yangi avlodini shakllantirish”, dedi u.

“Rossiya rahbariyati mamlakatimiz ustidan o‘z ta’sirini yo‘qotishdan qo‘rqadi”, dedi u.

Milliy xavfsizlikka tahdid

Rossiyaning gibrid tashkilotlari faoliyati Qirg‘izistonda ham keng quloch yoygan.

Ismi oshkor etilishini istamagan bishkeklik yirik tadbirkorning Karvonsaroyga ma’lum qilishicha, “Russkiy mir” jamg‘armasi Qirg‘izistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YOII) qo‘shilishiga oid hujjatlarni ishlab chiqishni moliyalashtirgan, aslida esa bu ish uchun Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi mas’ul bo‘lgan.

“Kelishuv shartlari Rossiya manfaatlariga muvofiq tarzda ishlab chiqilgan”, dedi u.

YOII sobiq sovet respublikalarini o‘z ta’sirida ushlab turish maqsadida Rossiya tarafidan tuzilgan xavfsizlik yoki iqtisodiy ittifoqlardan biridir.

Rossiyaning “Sputnik” nashri tahririyati ham Bishkek markazidagi “Qirg‘iztelekom” davlat telekommunikatsiya provayderi bilan bitta binoda joylashgan, dedi u.

“Ular butun respublika bo‘ylab internet aloqasini ta’minlovchi uskunalar turadigan joydan 20 metr nariroqda o‘tiradilar”, dedi u. “Bu axir strategik obyekt-ku!”

“Rossiya tashkilotlari Qirg‘izistondagi davlat boshqaruvi obyektlariga shu qadar kirib bormoqdaki, bu mamlakatimiz milliy xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 37

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

2 ta fikr…

Ярослав | 2018-09-09

Rossiya anchadan beri qo‘shni davlatlardagi yoshlarga yetarlicha ahamiyat bermayotgan edi. Endi vaziyat o‘zgardi. Gap qarama-qarshilikda ham emas. Rossiya qudratli bo‘lib bormoqda, shu bois ham uning ta’siri kuchaymoqda. Bu yirik davlatlarga xos.

Сулаймон | 2018-09-09

“Hurmatli” tahririyat, suvni loyqalatishdan oldin rad etib bo‘lmaydigan dalillarni keltirsangiz bo‘lardi. Bu yerda odamlar o‘z hayoti bilan yashayapti, sizlar esa yolg‘on xabar tarqatyapsizlar. Masalan, 2017-yilgi matn uchun keltirilgan kadrlarni olaylik. Ular bilan birga emasligingizga kafolat qani? Men siyosatga uncha tushunmayman, lekin ko‘rib turganimga ishonaman, xulosa shuki, sizlar nima xohlasangiz shuni chiqarasiz yoki shunchaki saytni to‘ldirish uchungina yozasiz.