Karvonsaroy
Diplomatiya

Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Turkiy kengash sammiti hamkorlikning kengayishiga umid bag‘ishlamoqda

Kanat Altinbayev

Turkiyzabon mamlakatlar prezidentlari, Cho‘lpon Ota, 3-sentabr. Chapdan o‘ngga: Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘ngdan ikkinchi) va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban (o‘ngda) tadbirda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar. (Qirg‘iziston prezidenti veb-sahifasi)

Turkiyzabon mamlakatlar prezidentlari, Cho‘lpon Ota, 3-sentabr. Chapdan o‘ngga: Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘ngdan ikkinchi) va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban (o‘ngda) tadbirda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar. (Qirg‘iziston prezidenti veb-sahifasi)

BISHKEK – Turkiy kengash shu oy boshida Issiqko‘l sohilidagi Cho‘lpon Ota shahrida oltinchi sammitni o‘tkazdi va a’zo davlatlar o‘rtasida kuchli birdamlik umidini paydo qildi.

Kengashga a’zo davlatlar prezidentlari – Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an sammitda o‘zaro aloqalarni muhokama qildilar.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 3-sentabr kungi tadbirda faxriy mehmon sifatida qatnashdilar.

Sammit 2-8-sentabr kuni Cholpon Otada o‘tkazilgan uchinchi Jahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarining ochilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Prezidentlar ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga sammitdan bir kun avval yetib keldilar.

Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlari 3-sentabr kuni Cho‘lpon Ota shahrida Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammitiga yig‘ildilar. (Qirg‘iziston prezidentining rasmiy sayti)

Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlari 3-sentabr kuni Cho‘lpon Ota shahrida Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammitiga yig‘ildilar. (Qirg‘iziston prezidentining rasmiy sayti)

2-sentabr kuni Cho‘lpon Otada uchinchi Jahon ko‘chmanchil xalqlar o‘yinlarining ochilishi. (Qirg‘iziston prezidentining rasmiy sayti)

2-sentabr kuni Cho‘lpon Otada uchinchi Jahon ko‘chmanchil xalqlar o‘yinlarining ochilishi. (Qirg‘iziston prezidentining rasmiy sayti)

Rahbarlik navbati – Qirg‘izistonga

2015-yilda Ostonada o'tkazilgan sammitda kengashga rahbar bo‘lgan Qozog‘iston uchrashuv doirasida almashib turadigan raislikni Qirg‘izistonga berdi.

Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston raisligi yilida ishtirokchi davlatlar turizm, fan va ta’lim rivojiga e’tibor qaratganlar.

Globallashuv bosimi sababli, turkiy davlatlar kelajak avlod uchun milliy madaniyat va qadriyatlarni asrab qolishga alohida ahamiyat berishlari kerak, dedi u. Shu bilan birga, u mintaqaning umimiy transport tizimi ahamiyati va salohiyatini ta’kidlab o‘tdi.

“Mamlakatlarimiz qit’a markazida joylashgan va sharq bilan g‘arbni, shimol bilan janubni bog‘lab turadi. Yuk tashish narxlariga oid siyosat va ma’muriy choralarni soddalashtirish uchun faol ish olib borish kerak”, degan Nazarboyev prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Sammit yakunida a‘zo mamlakatlari Turkiy davlatlarning o‘zaro integratsiyalashuviga oid konseptsiyani qabul qildilar. Mazkur hujjatda milliy sport turlarini rivojlantirish va yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilgan.

Turkiy kengashning keyingi uchrashuvi 2019-yilda Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Tahlilchilar katta salohiyat ko‘rmoqdalar

Bishkeklik siyosatshunos Kayrat Osmonaliyevning so‘zlariga ko‘ra, Turkiy kengashning yaralishi tabiiy jarayon bo‘lgan.

“Bu madaniy va bashariy belgilari: tili, urf-odatlari va e’tiqodi mushtarak bo‘lgan mamlakatlarimizning tadrijiy rivojlanishi nuqtai nazaridan mantiqiydir”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Osmonaliyev ikki va ko‘p tomonlama formatdagi integratsiya jarayonlariga faol qo‘shilishni ko‘zda tutuvchi O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati borasida ijobiy fikrda ekanligini aytdi.

“O‘zbekistonning yangi rahbariyati davlatlararo munosabatlarni qiyin ahvolda qoldirgan o‘tmish muammolarini yengib o‘tishga umid qilish imkonini beradigan harakatlarni amalga oshirdi”, dedi u.

Turkiyzabon davlatlar kengashining salohiyati yuqori, agar O‘zbekiston unga qo‘shilsa, bu taraqqiyotning yana bir belgisi bo‘ladi, deydi bishkeklik boshqa bir siyosatshunos Mars Sariyev.

Shu bilan birga, Turkiy hamkorlik Markaziy Osiyo mamlakatlariga mintaqada o‘z ta’sirga ega qudratli davlatlardan oz bo‘lsa-da mustaqil bo‘lish imkonini beradi.

Rossiya mintaqada o‘z ta’sirini yo‘qotmoqda va turkiy kengashga qarshilik qila olmaydi“, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Bu jarayon Markaziy Osiyoga Xitoyning kirib kelishiga ham to‘sqinlik qiladi va mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtiradi.”

O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasida tinch va samarali hamkorlikka sharoit yaratib beradi, deydi Qirg‘izistonning To‘qmoq shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro universiteti prezidenti Jon Klark.

Bunday o‘zgarishlar turk hamkorligi uchun zamin hozirlagan muhim shartlardan biri bo‘ldi, deydi Markaziy Osiyo xalqaro universiteti prezidenti, professor Jon Klark Karvonsaroy bilan suhbatda. U mintaqaviy integratsiya institutsional mexanizmlarga emas, balki muayyan shaxslarga bog‘liq ekani bu borada to‘siq bo‘lib turganini qayd etdi.

“Chinakam samarali hamkorlik qilish uchun bu davlatlarning hukumatlari shunday ishlashi kerakki, odamlar alohida siyosatchilarga emas, balki butun tizimga ishonishlari lozim”, deydi Klark.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu juda istiqbolli siyosat! Faqat keyingi sammit sanasini o‘zgartirish kerak. Axir, hozir 2014-yil emas-ku. Yoki “Kelajakka qaytish”mi bu?

Javob berish