Karvonsaroy
Jamiyat

Suratlarda: Ostonadagi festivalda o‘zbek milliy taomlari namoyish etildi

Aydar Ashimov

O‘zbek milliy taomlari festivalida raqsga tushayotgan o‘zbek qizlari, Ostona, 8-sentabr. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istondagi o‘zbek diasporasi vakillari bo‘lgan bolalar va kattalar festival tashrifchilariga o‘zbek taomlaridan tatib ko‘rishni taklif qilmoqdalar, Ostona, 8-sentabr. (Aydar Ashimov)

8-sentyabr kuni Ostonadagi o‘zbek milliy taomlari festivali mehmonlari o‘zbek palovini tatib ko‘rish oldidan uning qanday tayyorlanishini tomosha qilmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Payta yog‘ida qovurilayotgan gumma, Ostona, 8-sentabr. (Aydar Ashimov)

Tashrifchilar Toshkentdan keltirilgan mazali qovunlarni bepul tatib ko‘rish va sotib olish imkoniga ega bo‘ldilar, Ostona, 8-sentabr. (Aydar Ashimov)

Ostona festivalida ishtirok etgan o‘zbekistonlik xonandalar ikki xalqning sevimli qo‘shiqlarini ijro etdilar. Festival ishtirokchilari 8-sentyabr kuni o‘zbek qo‘shiqlariga raqsga tushmoqdalar. (Aydar Ashimov)

OSTONA – Ostona aholisi va mehmonlari 8-sentyabr kuni shahar maydonida o‘tkazilgan festival davomida o‘zbek milliy taomlari va san‘atkorlarning chiqishlaridan bahramand bo‘ldilar.

Festival Qozog‘istonda O‘zbekiston turizmi yili munosabati bilan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlardan biri bo‘ldi.

Ostona shahar hokimligining matbuot xizmatiga ko‘ra, tadbir Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi ko‘magida “QozoqTurizm” milliy kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Yuzlab ostonaliklar va boshqa mehmonlar o‘zbek estradasi xonandalarini tinglash va turfa xil milliy taomlarni tatib ko‘rish maqsadida tadbirga tashrif buyurdilar.

Qozog‘istondagi o‘zbek diasporasi vakillari tashrif buyurganlarga o‘zbek milliy taomlarini taklif etmoqdalar, 8-sentabr, Ostona. (Aydar Ashimov)

“O‘zbek birodarlarimizga bugungi kun uchun rahmat”, deydi ostonalik 41 yashar Bulat Baygeldinov. “Mazali palov, diltortar musiqa. Ob-havo ham ajoyib”.

“Qozog‘iston juda ko‘p o‘zbeklar yashaydi”, dedi u Karvonsaroyga. “Biz ular bilan ahil qo‘shni bo‘lib yashaymiz, bayramlarda bir-birimiznikiga boramiz, oilaviy aloqalarimiz ham do‘stona. Har doim shunday bo‘lishiga tilakdoshman.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500