Karvonsaroy
Ta’lim

AQSHning Vebster universiteti o‘zbekistonlik talabalar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Maksim Yeniseyev

5-sentabr kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida Vebster universiteti o‘qituvchilari o‘zbek hamkasblari bilan uchrashdilar. (O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi)

5-sentabr kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida Vebster universiteti o‘qituvchilari o‘zbek hamkasblari bilan uchrashdilar. (O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi)

TOSHKENT – 2019-yilning yanvar oyidan boshlab Vebster universiteti Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida (O‘zDJTU) “Biznes boshqaruvi” (MBA) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura ta’limini boshlaydi, deb xabar bergan edi Gazeta.uz sentabr oyida.

AQSHning Sent-Luis shahrida joylashgan Vebster universiteti O‘zDJTUda “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” dasturini taqdim etmoqda. 5-sentabrdan boshlab mazkur dastur asosida O‘zbekiston universitetlarining bakalavr diplomiga ega 125 ta talabaga ta’lim berish boshlandi.

Ingliz tili dasturi O‘zbekistonda Amerika universiteti tomonidan taqdim etilgan birinchi ta’lim loyihasi bo‘ladi. Uning narxi 4000 AQSH dollarini (31,5 million so‘m) tashkil etadi.

Bitiruvchilar Vebster universiteti diplomiga ega bo‘ladilar.

Vebster universiteti instruktori universitetning “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” magistrlik dasturi talabalarini tabriklamoqda, Toshkent, 5-sentabr. (O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi)

Vebster universiteti instruktori universitetning “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” magistrlik dasturi talabalarini tabriklamoqda, Toshkent, 5-sentabr. (O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi)

Vebster va O‘zDJTU professorlari Vebster universiteti ishlab chiqqan dastur asosida talabalarga dars o‘tadilar.

O‘qituvchi va talabalar mamnun

O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilari va tarjimonlar yetishmaydi, deydi Toshkent maktablaridan birining o‘qituvchisi Svetlana Kozireva.

Dastur o‘qishni tamomlaganidan keyin ingliz tilidan dars berishni istagan talabalar orasida ommalashadi, dedi u.

“21-asrda ingliz tilini bilish juda muhim. Farzandlarimizga esa o‘qituvchilar kerak”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Toshkentdagi maktabning 10-sinf o‘qituvchisi Zamira Otaxonova Vebster ta’lim dasturidan mamnun ekanligini aytadi.

O‘zbek universitetlarida ta’lim sifati past, dedi u. Xorijda ta’lim olishga esa hammaning qurbi yetmaydi, deb qo‘shimcha qildi u.

“O‘zbekistonda Amerika universitetining faoliyat yuritishi juda yaxshi yangilik; u yana boshqa dasturlarni ham taklif etadi degan umiddaman”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Men Vebster universitetida sotsiologiya bo‘yicha magistrlik yo‘nalishida bajonidil ta’lim olgan bo‘lardim.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 54

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kantakt qancha ekan

Javob berish

Олийгохни тамомлаган талабаларни иш билан таьминлаш масаласи еритилмаган. Университет дипломини олган фукаролар каерларда ишлашлари мумкинлиги кабилар хам еритилса, максадга мувофик буларди.

Javob berish

Kontrakt narxi qancha

Javob berish

4000$

Javob berish

Internetda “Vebster universitetidagi barcha imkoniyatlar” deb qidirdim, ammo maʼlumot juda kam va yetarli emas. Ochiq eshiklar, uning boʻlimlari yoki kirish testlari haqida ham hech narsa topilmadi!!!!!!!

Javob berish

Bilmadim men ham

Javob berish

Imtihon bolmaydi

Javob berish

webster haqida to'liqroq ma'lumot bering

Javob berish

Fakultetlar haqida tòliq malumot bersangiz

Javob berish

Vebster universitetiga qaysi fanlardan imtihon topshiriladi

Javob berish

Ular IELTS 6 yoki undan yuqorisi, deb aytishgan

Javob berish

faqat ielts kerak

Javob berish

Iltimos, keyingi yil qaysi fanlardan kirish testlari bo‘lishini aytib o‘tsangiz

Javob berish

Grand bormi

Javob berish

Grant yoq,pul tolagan odam kira oladi

Javob berish

Unchalik yaxshi emas

Javob berish

Sirtqi yo‘nalishlari xam bormi va ularga onlayn test topshirsa bo‘ladimi

Javob berish

Ha judayam yoqdi menga, mening eng katta maqsadim AQSH universitetlaring birida o'qish.

Javob berish

Imtihom qanday bo'ladi qaysi fanlarda shuni hech topib bo'lmadi-da.

Javob berish

Ielts 6 bolishi kerak

Javob berish

Magistratura haqida toʻliqroq maʼlumot bera olasizmi? Menda ESL bakalavr diplomi bor. Ingliz tili magistrlik darajasi-chi?

Javob berish

2-kursdan keyin malaka oshirish uchun Talabalar chet davalatalriga jo'natiladimi,masalan,AMERICA.GA. SHuningdek,Xalqaro talabalarga qanday qulayliklar bor iqtisodiy tarafdan?

Javob berish

Savol: Bu universitet aynan qayerda joylashgan?

Javob berish

abituriyentlar uchun ham qabul bormi

Javob berish

qabul bormi

Javob berish

faqat magistrla qabul qilinadimi

Javob berish

Yoʻq, ammo bu ham bor

Javob berish

Toshkentdagi Vebster universitetining asosiy manzilini qayerdan topsa boʻladi? Men uni mamlakatimizning bir nechta universitetlarida joylashgan, deb eshitgan edim.

Javob berish

Yoʻq, faqat 1
Alisher Navoiy - Paxtakor bekati yonida

Javob berish

Hammaga salom. Bu universitetning veb-sayti bormi?

Javob berish

Ha, WEBSTER.EDU/UZBEKISTAN

Javob berish

2019-yilda bakalavrga qanaqa yo'nalishlar bor Qaysi fanladan imtixon topshiriladi

Javob berish

2019-2020-oʻquv yili uchun bakalavr yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan talabalarning roʻyxati

Javob berish

Salom. Kelasi yil yana qanday dasturlar qoʻshilishini ayta olasizlarmi?

Javob berish

Universitetning oʻzi haqida biror maʼlumot bormi? Veb-sayt masalan

Javob berish

Afsuski hozircha yo'q

Javob berish

Vebster universiteti taʼlim dasturlariga bildirgan qiziqishingiz uchun barchangizga rahmat. Hozirda mavjud TESL dasturlari haqida quyidagi manzildan maʼlumot olasiz. https://sites.google.com/view/webstertesl/tesl-in-uzbekistan. Dasturlarimizga oid qoʻshimcha maʼlumotlar tez orada eʼlon qilinadi.

Javob berish

Hurmatli maʼmuriyat, sizlarga xayrli kun tilayman. Mamlakatimizda shunday universitet ochilganidan xursandman, lekin oʻqishga kirish uchun qay tarzda ariza topshirish, nima qilishim kerakligi haqida qoʻshimcha maʼlumot topa olmadim, biror elektron pochta manzili yoki kontakt bormi? Rahmat

Javob berish

2020 yildan boshlab websterda bakalavr darajasida oqisa boladmi yoki faqat magistraturami

Javob berish

Magistrni shu 2019yil yanvardan boshlasa buladimi

Javob berish

Avvalambor Assalomu alekum! Maqola juda tushunarli yozilgan biroq men bir narsaga yanada oydinlik kiritmoqchiman: Vebster universitetida o'qish uchun nimalar qilish kerak? Qaysi sohani bitirgan bo'lishi lozim? Javob uchun oldindan Tashakkur!

Javob berish

Iltimos universitetning elektron pochta manzilini yozib qoldiring

Javob berish

Assalomu aleykum xonimlar va janoblar, universitetga hujjatlarni qachon topshirsam bo‘ladi? Telefon raqamlaringizni qayerdan olsam bo‘ladi?

Javob berish

Men hech qanday telefon raqami yoki email manzil topa olmadim.Universitet haqida toʻliq maʼlumot yoʻq. Bundan tashqari, ariza topshirish uchun alohida universitet shahari ham yoʻq. Agar talablarga javob bera olmasa bunday universitetlarni ochishdan maqsad nima?

Javob berish

Qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab, qiziqish bildirganingiz uchun tashakkur. Batafsil axborot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: https://sites.google.com/view/webstertesl/tesl-in-uzbekistan.

Javob berish

Men ham xohlayman (oʻqishni)

Javob berish

Jin ursin... Qayerdaykin?.. Ha, mana, karmonimda arzimagan 4000 AQSH dollari bor ekan, topdim. Ana endi o‘qishni boshlayman!!! Ura!!!

Javob berish

Bunday universitetning davlatimizda ochilgani ajoyib xabar albatta. Biroq narxlar anchagina yuqori ekanligi kopchilik talabalarimizning bu yerda oqiy olmasligiga sabab boladi

Javob berish

Xalqaro huquq va Xalqaro munosabatlar fakultetlari ham ochilsin iltimos Vebster Universtetida shu sohalarda ta'lim olgan bo'lardik.

Javob berish

Assalomu alaykum BU Vebster universteti ochilgandan hursandmiz ,agar iloji bo'lsa baklaveriyat ham ochilsin.biz o'qigan bo'lardik bu yil.

Javob berish

Biznes va texnologiya fakulteti ochila iltimos AQSH bn birgalikda

Javob berish

Ajoyib fikr va uning ro‘yobi uchun rahmat! Men bu universitetda ta’lim olayotganimdan faxrlanaman. Shart-sharoitlar nihoyatda yaxshi. Yangi bino o‘zining salobati va ichidagi qulayliklari bilan kishini hayratga soladi. Vebster universiteti Xalqaro standartlarga mos ta’lim olishimga ajoyib imkoniyat beradi! Mustaqil O‘zbekistonga qilingan bunday sovg‘a uchun barchangizga rahmat!

Javob berish

Salom, Bakalavrga ham o'qisa bo'ladimi Websterga ?

Javob berish

Vebster universitetining bo‘linmasi Toshkentda ochilishi juda yaxshi fikr, aytilganidek, hammada ham chet elda ta’lim olish imkoniyati yo‘q, yurtimizda xorijiy universitetlar bo‘linmalarining ochilishi esa kelajakda bizga juda ko‘p imkoniyatlarni yaratadi.

Javob berish