Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Rossiya keltirib chiqargan shakar tanqisligi Qozog‘istonni qiynab qo‘ydi

Kseniya Bondal

Rossiya bilan kelishilgan bojlar va mahalliy shakar ishlab chiqarilishining noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi Qozog‘istonda juda katta miqyosda shakar tanqisligini keltirib chiqardi. Shakarni Rossiyadan import qilishdan boshqa chora qolmagan.

Rossiya bilan kelishilgan bojlar va mahalliy shakar ishlab chiqarilishining noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi Qozog‘istonda juda katta miqyosda shakar tanqisligini keltirib chiqardi. Shakarni Rossiyadan import qilishdan boshqa chora qolmagan.

OLMAOTA – Rossiyaning iqtisodiy majburlov choralari Qozog‘istonda jiddiy shakar tanqisligini keltirib chiqardi – bu mahalliy korxonalarga tahdid solmoqda va mamlakat aholisini ham qiynab qo‘ygan.

Shu yil avvalida Qozog‘iston Moskva bilan kelishuvlardan so‘ng, Yevroosiyo Bojxona Ittifoqiga (YOBI) kirmaydigan davlatlardan shakar importiga bojlarni oshirishga rozi bo‘lgan edi, dedi Qozog‘istonda oziq-ovqat konglomerati “Raimbek Group” guruhining ta’minot bo‘yicha menejeri, olmaotalik Suren Abibulayev 13-sentabr kuni.

Natijada Qozog‘iston hukumati 1 avgustdan kuchga kirgan qarorni imzoladi, unga ko‘ra 1 tonna shakar uchun 340 AQSH dollari (122951 tenge) boj to‘lanadi, dedi u.

London birjasida bir tonna shakarning narxi 330 AQSH dollari (119335 tenge), dedi Abibulayev. Bu bojxona to‘lovlari shakarning o‘zidan qimmatga tushadi deganidir.

Shakar ishlab chiqarish jarayonida qand lavlagini yuvayotgan ishchilar. Taldiqo‘rg‘on, 2015-yilning may oyi. (Vladimir Tretyakov)

Shakar ishlab chiqarish jarayonida qand lavlagini yuvayotgan ishchilar. Taldiqo‘rg‘on, 2015-yilning may oyi. (Vladimir Tretyakov)

Shakar zavodi ishchisi shakarni qoplarga qadoqlamoqda, Taldqo‘rg‘on, 2015-yilning may oyi. (Vladimir Tretyakov)

Shakar zavodi ishchisi shakarni qoplarga qadoqlamoqda, Taldqo‘rg‘on, 2015-yilning may oyi. (Vladimir Tretyakov)

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev (chapda) va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo oliy iqtisodiy kengashining majlisi oldidan qo‘l siqishmoqdalar, Sochi, 14-may. (Mixail Klimentiev/Sputnik/AFP)

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev (chapda) va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo oliy iqtisodiy kengashining majlisi oldidan qo‘l siqishmoqdalar, Sochi, 14-may. (Mixail Klimentiev/Sputnik/AFP)

Buning ustiga, Qozog‘istonning o‘zida shakar ishlab chiqarish noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan.

Qozog‘istonda yiliga 550 ming tonna shakar iste’mol qilinadi. Yaqin vaqtga qadar Olmaotada joylashgan Markaziy Osiyo shakar korporatsiyasi (TsASK) bu miqdorning 70-80 foizini ishlab chiqarar edi, dedi Abibulayev.

Ammo, yangi qaror kuchga kirganidan beri – 1-avgustdan boshlab TsASKga qarashli uchta zavod “muayyan sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatdi”, dedi u.

Ishlab chiqarish nima sababdan to‘xtatilgani haqida rasmiy bayonot berilmagan, biroq buning natijasida Qozog‘istonda keng ko‘lamli shakar tanqisligi yuzaga keldi va uni Rossiyadan import qilishdan boshqa chora qolmagan.

Zavodlarning yopilishi faoliyati shakar bilan bog‘liq mahalliy kompaniyalarni xavf ostida qoldirmoqda, dedi Abibulayev.

“Ikki hafta ichida savdo tarmoqlarimizdagi shakar tugaydi”, dedi u.

“Shakar qimmatladi”, dedi familiyasini ochiqlashni istamagan Olmaota bozorida ishlovchi Aliya 17-sentabr, dushanba kuni Karvonsaroy bilan suhbatda. “O‘tgan hafta shakarning bir kilogramini 250 tengedan (0,67 AQSH dollari) sotayotgan edik. Endi esa uni 350 tengedan (1 AQSH dollari) sotib olishimiz kerak, bu degani biz uni yanayam qimmatroqqa sotishga majburmiz. Bu foyda keltirmaydi, shu sabab shakar sotib olmayapmiz.”

Majburlash siyosati

Import va mahalliy ishlab chiqarishning to‘xtagani bois Qozog‘iston uchun shakarni Rossiyadan sotib olishdan boshqa chora qolmagan.

Ammo, bu yilgi noqulay iqlim sharoitlari sabab Rossiyada shakar xomashyosi hisoblangan qand lavlagisining hosili kamayib ketgan.

Natijada, Rossiyadagi yirik shakar ishlab chiqaruvchilari eksportni to‘xtatib qo‘yishgan va qozog‘istonlik hamkorlar bilan suhbatda narx oshishini kutayotganlarini aytganlar.

Bu zavodlar eksportni to‘xtatishdan avval ham shakarning bir tonnasini 500 AQSH dollardan (180810 tenge) pullayotgan edilar, deydi Abibulayev.

Qimmat ekaniga qaramay Rossiya shakarining sifati past va qandolatchilik sohasida ishlovchi yirik xaridorlar undan foydalana olmaydilar, deydi Olmaotada joylashgan Qozog‘istondagi mashhur Rakhat Co. korxonasi bosh direktori Konstantin Fedorets.

“Bizga yuqori sifatli mahsulot kerak – Rossiya uni ishlab chiqarishga qodir emas va yaqin orada uddalolmaydi ham”, dedi u 13-sentabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida.

Ammo bu yagona muammo emas, deb ogohlantirdi u.

Rossiyaning qandolatchilik korxonalari uchun shakar narxi oshmaydi, qozoq kompaniyalari esa uni qimmaroqqa sotib olishadi. Bu ichki bozorda Rossiya va qozoq mahsulotlari o‘rtasida shundoq ham kuchli bo‘lgan raqobatni yanada oshiradi va mahalliy kompaniyalar bundan yutqazadi, dedi u.

Bozorlarni egallash

Muammo – Qozog‘istonningRossiya rahbarligidagi YOBI a’zosi ekanligida – uning ittifoq a’zosi bo‘lmagan davlatlardan xomashyo import qilish imkoniyati cheklangan.

YOBIga 2010-yilning yanvar oyida Belarus, Qozog‘iston va Rossiya tomonidan asos solingan edi. 2015-yilda unga Armaniston va Qirg‘iziston ham qo‘shilgan. U Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining barcha a’zolarini o‘z ichiga oladi.

Ittifoq a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro tovar almashinuvi bojxona to‘lovlarisiz amalga oshiriladi. Ammo ittifoqqa kirib keluvchi tovarlar uchun yagona tarif qo‘llanilishi kerak.

Shu tariqa, ayrim tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaning mazkur ittifoqni tuzishdan maqsadi – a’zo davlatlar, shu jumladan, Qozog‘istonning ham Rossiyadan boshqa davlatlardan xomyashyo import qilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Qozog‘iston ittifoqqa a’zo bo‘lishidan avval, ko‘pgina iqtisodchilar bu harakat davlat uchun zararli bo‘lishi haqida ogohlantirgan edilar, dedi olmaotalik siyosatshunos va iqtisodchi Rasul Jumali Karvonsaroy nashriga.

Aslida, bu integratsiya emasdi. Avval-boshdan, maqsad – Rossiyaning qo‘shni davlatlar bozorini egallab olishi edi, dedi u.

“Qozog‘iston Rossiya mahsulotlari va korxonalarining bozorimizga bostirib kirishi uchun o‘z eshiklarni ochib berdi”, deb tushuntirdi u.

“Oziq-ovqat sanoatimizda raqobatbardosh yo‘nalishlar sanoqli, bular qandolatchilik, alkogolsiz ichimliklar va chorvachilik mahsulotlari. Umuman olganda, biz Rossiyaga bundan boshqa hech nima eksport qilmaymiz”, dedi Jumali.

Savdo choralari – siyosiy bosim sifatida

Jumalining so‘ziga ko‘ra, Rossiya Qozog‘istonga bosim o‘tkazish uchun savdo choralaridan foydalanmoqda.

“Eslatib o‘tish kerak, Qozog‘iston aprel oyida BMT Xavfsizlik kengashida Rossiyaning Suriyaga oid rezolyutsiyasiga ovoz berish chog‘ida betaraf qolgan edi”, dedi Jumali.

“Bunga javoban, Rossiya telekanallarida Qozog‘iston rahbariyati tanqid ostiga olindi”, dedi u. Kreml Gruziya va Ukrainaga nisbatan ham huddi shunday chorani qo‘llagan edi, deb qo‘shimcha qildi u.

“2006-yilda Rospotrebnadzor go‘yoki sanitariya me’yorlariga muvofiq bo‘lmagani uchun Gruziyadan borjomi mineral suvini import qilishni taqiqlagandi”, dedi u. Lekin buning asl sababi o‘sha vaqtda Gruziyaning aksil-Rossiya pozitsiyasi kuchayib borayotgani bo‘lgan.

“Ukraina mahsulotlari bilan ham xuddi shunday holat yuz bergan. Rospotrebnadzor (2013-yilda) “Roshen” shirinliklarining importini taqiqlagan”, dedi Jumali. Gap o‘sha vaqtda prezidentlikka nomzodini qo‘ygan va Yevropa Ittifoqi bilan savdo kelishuvini qo‘llab-quvvatlagan Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenko rahbarlik qilgan ukrain kompaniyasi haqida ketmoqda.

“Rossiya turli davlatlarga bosim o‘tkazish uchun o‘z ixtшyoridagi barcha vositalarni ishga soladigan mamlakatdir”, dedi u.

Shakar – ilk qurbon

Rossiyaning Qozog‘istonda shakar tanqisligini yuzaga keltirishi – mamlakatdagi mahalliy biznesni yo‘qotishga bo‘lgan urinishlaridan biridir, deydi tahlilchi va ishbilarmonlar.

Shakar – Qozog‘iston uchun birinchi ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroqdir, deydi Qozog‘istonning alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari uyushmasi rahbari, olmaotalik Aliya Mamitbayeva.

“Yaqinda maxsus investitsiyaviy shartnomalar bo‘yicha olib kirilayotgan xomashyo mahsulotlarining ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi. Shakar xaridi bilan bog‘liq masalani hal qilmasak, Qozog‘istonning alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ham bozordagi o‘rnini yo‘qotadi”, dedi u.

Rossiya iqtisodiy bosim qo‘llashga doir so‘nggi choralardan birini qo‘llash arafasida – Moskva 1-oktabrdan boshlab Qozog‘istondan chorvachilik mahsulotlari importini taqiqlamoqchi.

“Hozirgi paytda (Qozog‘istondan) Rossiyaga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan chorvachilik mahsulotlari ham import qilinmoqda”, dedi “Rosselxoznadzor” (Rossiyaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini nazorat qilish xizmati) matbuot kotibi Yuliya Melano 13-sentabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida.

“Bu rossiyalik iste’molchilarning salomatligi va mamlakatdagi epizootik barqarorlikka xavf tug‘diradi”, deb bayonot bergan Yuliya Melano.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Izohim mavzuga mos kelmasa ham yozaman... Men Qozog‘istonda yashayman, Qozog‘iston fuqarosiman, ammo Qozog‘iston haqida haqqoniy yoritadigan OAV bitta sizniki. Qozog‘istondagi hamma OAV 01.01.2018 dan beri qattiq senzura ostida. Nimalar bo‘layotganini bilib turishimiz uchun Qozog‘istondagi vaziyat haqida tez-tez yozib turishingizni iltimos qilaman. Aks holda qamalgan qo‘ylarga o‘xshaymiz: ma’rashimizdan ortig‘ini eshitmaymiz.

Javob berish