Karvonsaroy
Tahlil

Kremlparast internet trollari Markaziy Osiyodagi faoliyatini kuchaytirmoqda

Kanat Altinbayev

Markaziy Osiyoda faoliyat olib boruvchi Rossiyaparast internet trollari turli buzg‘unchilik amaliyotlarni olib bormoqdalar, shu jumladan, saylov jarayonlariga ta’sir o‘tkazish va liberal faollar va G‘arb mamlakatlariga hujum qilmoqdalar, deydi kuzatuvchilar. (Pexels)

Markaziy Osiyoda faoliyat olib boruvchi Rossiyaparast internet trollari turli buzg‘unchilik amaliyotlarni olib bormoqdalar, shu jumladan, saylov jarayonlariga ta’sir o‘tkazish va liberal faollar va G‘arb mamlakatlariga hujum qilmoqdalar, deydi kuzatuvchilar. (Pexels)

OLMAOTA – Moskva mintaqada o‘z strategik maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilar ekan, Rossiyaning internet-trollari Markaziy Osiyodagi faoliyatini kuchaytirmoqda, deb ogohlantiradi tahlilchilar.

Moskva o‘z tasarrufi ostidagi ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot texnologiyalaridan o‘zining geosiyosiy manfaatlari bo‘lgan davlatlarda “yumshoq kuch” siyosatini yuritishda foydalanmoqda.

Ayniqsa, Moskvaning ta’siri ostida deb ko‘riladigan Markaziy Osiyo Kreml tashviqotini tarqatuvchi Rossiya axborot saytlari ko‘p bo‘lgani sababli eng ko‘p xavf ostida qolmoqda.

Bundan tashqari, ular ko‘pincha turli auditoriyalar oldida ikkiyuzlamachilik qilib, Rossiyaning ijobiy imidjini yaratishga urinadilar va Markaziy Osiyoda uning siyosatini ilgari surish bilan bir qatorda, Rossiya televideniyesi va boshqa OAVda Markaziy Osiyolik migranlarni qoralaydilar.

“Qirg‘iziston bojxona ittifoqiga qarshi” deb nomlangan Facebook sahifasi rus xakerlari hujumiga uchradi. Bu hodisa davlat mustaqilligi kuni, 31-avgust kuni yuz berdi. Trollar administratorlarni o‘chirib tashladilar, sahifa muqovasidagi suratni SSSR bayrog‘iga almashtirdilar va “Qirg‘izlar, bayramingiz bilan!” degan yozuvni ilib qo‘yishdi. (File)

“Qirg‘iziston bojxona ittifoqiga qarshi” deb nomlangan Facebook sahifasi rus xakerlari hujumiga uchradi. Bu hodisa davlat mustaqilligi kuni, 31-avgust kuni yuz berdi. Trollar administratorlarni o‘chirib tashladilar, sahifa muqovasidagi suratni SSSR bayrog‘iga almashtirdilar va “Qirg‘izlar, bayramingiz bilan!” degan yozuvni ilib qo‘yishdi. (File)

Shu bilan birga, Kreml “ta’sir agentlari” yoki “trollar” faoliyat yuritadigan mahalliy onlayn manbalar, mashhur forum va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanadi.

Murakkab onlayn operatsiyalar

Rossiya “trollar fabrikasining” sobiq ishchisi Marat Burkxard 2015-yil mart oyida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga (RFE/RL) bergan intervyusida o‘z faoliyati haqida so‘zlab bergan edi.

Burkxard Sankt-Peterburgning Savushkin ko‘chasida joylashgan “Internet tadqiqotlari agentligi” deb nomlanuvchi kompaniyada ishlagan.

To‘rt qavatli binoda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, surat va video ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator bo‘limlar mavjud. U yerda turli kommunikatsiya va ijodiy yo‘nalishdagi mutaxassislar, shu jumladan, jurnalistlar, blogerlar, sharhlovchilar, rassomlar va montajchilar faoliyat yuritadi, dedi u.

Trollar fabrikasining ishchilari har kuni maqolalar yoki forumlarda postlar yozish va boshqa blogerlarga javob berish orqali minglab sharhlar qoldiradilar, dedi Burkxard.

Trollar belgilangan kalit so‘zlar yordamida, ruslarning vatanparvarlik hissiyotlariga ta’sir qilib, g‘arbiy mamlakatlar siyosatini qoralab prezident Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlaydilar, dedi u.

Muhokamalar ishonchli chiqishi uchun ba’zi blogerlar Kremlni tanqid qiluvchi “yomon odamlarning” rolini o‘ynashadi, ammo ularning beo‘xshov so‘zlari Putin raqiblarining hafsalasini pir qiladi, dedi Burkxard.

Fabrikalarda ishlayotgan trollar internetda yagona emas. Boshqa mustaqil kremlparast blogerlar ko‘p hollarda o‘zlarini mutaxassis deb ataydilar, Rossiya nazorati ostidagi OAV esa ulardan iqtibos keltiradi.

Masalan, Boris Rojin ismli bloger o‘zini harbiy tahlilchi deb ataydi. U o‘zining rossiyaparast va aksilg‘arb qarashlarini yashirmaydi va sovet diktatori Iosif Stalinni pir deb biladi.

Haqiqiy yangiliklar orasida yashiringan Rojinning postlarida Ukraina va Qo‘shma Shtatlar kabi g‘arb davlatlariga qarshi xabarlar, shu bilan birga, uning kremlparast mulohazalar o‘rin olgan.

Birgina misol, 11-sentabr voqealarining 17 yilligida yozilgan postda, Rojin o‘sha kunda to‘rtta samolyotning o‘g‘irlanishidan al-Qoida na foyda olgani va na ularni rejalashtirganiga ishora qilgan – “obro‘ga” chanqoq terrorchilik guruhining o‘zi bu xabarni rad etishga uringan edi.

Buning o‘rniga Rojin “Jahon savdo markazining yo‘q qilinishidan kim ko‘p foyda ko‘rdi?” degan shubhali so‘rovnomani misol keltirgan. Unda ishtirok etganlarning aksariyati AQSH – eng asosiy manfaatdor ekanligini aytganlar.

U mazkur taxminga asoslanib, “xorijiy razvedka xizmatlari, Oq dubulg‘alilar, Jabhat al-Nusra va ozod demokratik OAV hamkorlikda kimyoviy hujumni soxtalashtirganliklari”ga hech qanday shubha yo‘qligini da’vo qilgan.

Bu da’volar Kremlning Rossiya qo‘llab-quvvatlaydigan Bashar Asad rejimi tomonidan suriyaliklarga qarshi uyushtirilgan, aniq dalillarga ega kimyoviy hujum uchun aybni burib yuborishga oid harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Rojin o‘zining Twitter sahifasini “totalitar propaganda jarchisi” deb nomlasa-da, rus botlari, boshqa blogerlar va Sputnik kabi Rossiya ommaviy axborot vositalari uni “harbiy mutaxassis” deb nomlab iqtiboslar keltiradilar.

“Rossiyasiz kimsan?”

Kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zining axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlaridan adovatli taktikasini amalga oshirishda foydalanadi.

Gruziya strategik tahlil markazi asoschisi, siyosatshunos Nodar Xarshiladzening Karvonsaroyga bergan intervyusida aytishicha, Rossiya postsovet hududida o‘z kun tartibidagi masalalarni ilgari surish va madaniy ta’sirini yoyish uchun o‘zining ijtimoiy tarmoqlari – Moy Mir, Vkontakte, Odnoklassniki kabilardan foydalanadi.

Rossiya internetdan xorijdagi saylov jarayonlariga aralashish uchun ham foydalanadi, dedi bishkeklik siyosiy tahlilchi Askat Dukenbayev.

AQSH va Yevropada irqchilikni avj oldirish, aksil-amerika kayfiyatini yoyish va rusiyzabon mamlakatlarda Rossiya ta’sirini kuchaytirish shular jumlasidandir, dedi u Karvonsaroyga.

Kremlparast trollar boshqa mamlakatlar qatori Qirg‘izistonda ham faol, ularning bu yerdagi maqsadi esa aniq – bu Rossiyaga moyillikni shakllantirish va Vladimir Putinning tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlashdir.

“Trollar qirg‘izistonliklarga Rossiyani ijobiy tarafdan ko‘rsatadilar”, dedi u. “Ular mustamlakachilik diskursini (“Rossiyasiz ahvolingiz chatoq”) ilgari suradilar, Qirg‘izistondagi demokratik o‘zgarishlarga nisbatan shubha uyg‘otishga, keksa yoshli qatlam orasida SSSRni qo‘msash (“avvallari hayot qanday ham yaxshi edi”) hissini uyg‘otishga harakat qiladilar.”

Dukenbayev 2005 va 2010-yillarda qirg‘iz prezidentlarining ag‘darilishi va 2010-yildagi inqilobdan keyin davlat parlament foydasiga o‘ynagan siyosiy tizimning qabul qilishini nazarda tutgan, bularning barchasi Kremlning ta’bini xira qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kremlparast blogerlar liberal faollarni yomonotliq qilishga urinib, ularni “G‘arb agentlari”, “rusofoblar” deb ataydilar.

“Ular Putin Rossiyasining Qirg‘izistondagi neo-imperialistik, aksildemokratik va millatga qarshi siyosatiga to‘siq bo‘lishga uringan faollarni ta’qib qiladilar”, dedi u.

Putin rejimining axborot strategiyasi “yumshoq kuch”dan ko‘ra, ko‘proq “gibrid urushi” ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, bu iqtisodiy jihatdan zaiflashib borayotgan mamlakatga xos, dedi Dukenbayev.

“Yangi sanksiyalar to‘lqiniga qaraganda, AQSH va Yevropa Ittifoqi nimalar sodir bo‘layotganini tushunishni boshlagan”, deydi u. “Lekin, buni Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari ham tushunadimi? Agar shunday bo‘lsa, ular o‘z davlatlarining milliy manfaatlari himoyasi yo‘lida nima qilmoqdalar?”

Trollar hujumi

Dukenbayev shaxsiy kuzatuvlaridan kelib chiqib, Qirg‘izistonda o‘nlab shunday trollar borligini aytadi.

31-avgust, Qirg‘izistonning mustaqillik bayrami kuni Facebook tarmog‘ida 9 ming a’zosi bo‘lgan “Qirg‘iziston - Bojxona ittifoqiga qarshi” (Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi nazarda tutilgan) guruhi xakerlar hujumiga uchradi, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar guruhdan barcha administratorlarni o‘chirib tashlaganlar, uning muqovasiga SSSRning bayrog‘i va gerbini qo‘yib, guruh nomini o‘zgartirganlar va unga kirishni yopib qo‘yganlar.

Ular guruh nomini masxaraomuz tarzda “Bayramlar bilan, qirg‘izistonliklar!” deb o‘zgartirganlar.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis, Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isakovning maslahatchisi bo‘lib ishlagan Gulnura Toraliyevaning Karvonsaroyga aytishicha, kremlparast trollar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining haqiqiy akkauntlaridan Putinni maqtab yozadilar va Rossiya pozitsiyasini himoya qiladilar.

“G‘arbga moyil odamlarni yomonlash uchun esa ular (trollar) soxta akkauntlarni ishlatadilar”, dedi u.

Kremlning internetdagi agentlari ayniqsa, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni o‘z ichiga oluvchi Moskva rahbarligidagi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi muhokama qilinayotgan guruhlarda ancha faol, deydi Toraliyeva.

Bunday trollar YOIIni himoya qilib, uni Qirg‘iziston uchun foydali ekanligini isbotlashga urinadilar. Shu tariqa, ularning Qirg‘izistondagi asosiy nishonlari – YOIIga qarshilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu saytda ham rossiyaparast trollar ko`plab topiladi.

Javob berish