Karvonsaroy
Xavfsizlik

Kreml Qirg‘izistonda harbiy hozirligini mustahkamlash uchun ID bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirmoqda

Karvonsaroy

Edelveys mashg‘ulotlar markazida o‘tgan “Issiqko‘l Aksilterror-2018” harbiy mashqlari davomida nishonga olayotgan rossiyalik snayper, Baliqchi, Qirg‘iziston, 26-sentabr. (Vyacheslav OSELEDKO/AFP)

Edelveys mashg‘ulotlar markazida o‘tgan “Issiqko‘l Aksilterror-2018” harbiy mashqlari davomida nishonga olayotgan rossiyalik snayper, Baliqchi, Qirg‘iziston, 26-sentabr. (Vyacheslav OSELEDKO/AFP)

ISSIQKO‘L, Qirg‘iziston – Qirg‘izistonda Rossiya armiyasi ishtirokida o‘tgan mashg‘ulotlar davomida Rossiyaning qo‘rquv keltirib chiqarish va axborot muhitini manipulyatsiya qilish strategiyasi to‘laligicha namoyon bo‘ldi.

Rossiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 26-sentabr kuni Rossiya Qirg‘izistonning Edelveys mashg‘ulotlar markazida bo‘lib o‘tgan mashqlarga 1000 ga yaqin askar, 250 ta harbiy texnika, shu jumladan, 30 ga yaqin samolyot va zamonaviy raketa tizimlarini jalb etgan.

O‘quv mashqlari, ilgariroq boshlangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) Issiqko‘l Aksilterror-2018 mashg‘ulotlari doirasida bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo bo‘ylab Moskvaning ehtiyotkorligi kuchayib borar ekan, Kreml mintaqada “Islom davlati” (ID) o‘z xalifaligini tuzish arafasida ekani haqidagi xavotirli xabarlarni tarqatmoqda va bu bilan Qirg‘izistonda o‘z harbiylari va texnikasining ortib borishini oqlashga harakat qilmoqda.

Rossiya mudofaa vazirligining videolavhasidan olingan kadrda 26-sentabr kuni Qirg‘izistondagi mashg‘ulotlarda qatnashgan Rossiya tanklari ko‘rsatilgan. (Rossiya mudofaa vazirligi/YouTube)

Rossiya mudofaa vazirligining videolavhasidan olingan kadrda 26-sentabr kuni Qirg‘izistondagi mashg‘ulotlarda qatnashgan Rossiya tanklari ko‘rsatilgan. (Rossiya mudofaa vazirligi/YouTube)

Qo‘shma mashqlar oldidan harbiycha qadam tashlab borayotgan qirg‘iz askarlari, Qirg‘izistondagi Edelveys mashg‘ulotlar markazi, 24-sentabr. (Rossiya Mudofaa vazirligi)

Qo‘shma mashqlar oldidan harbiycha qadam tashlab borayotgan qirg‘iz askarlari, Qirg‘izistondagi Edelveys mashg‘ulotlar markazi, 24-sentabr. (Rossiya Mudofaa vazirligi)

MDH aksilterror markazi rahbari Andrey Novikovning aytishicha, bu kabi mashqlar mintaqaga bostirib kirish ehtimoli bo‘lgan ID terrorchilariga qarshi kurashga qaratilgan.

ID singari xalqaro terrorchilik tashkilotlari mintaqada “xalifalik” uchun yangi tayanch nuqtalari yaratish bilan birga, “uxlab yotgan” bo‘linmalarni faollashtirishga urinmoqda, degan u 24-sentabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon Ota shahrida Rossiyaning TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra.

Soxta riyokorlik

Qirg‘izistondagi qo‘shma harbiy mashqlar – terrorchilik xavfi bahonasida Kremlning o‘z yakkahokimligini mustahkamlashga qaratilgan so‘nggi urinishlaridan biridir.

Kremlning da’volariga ko‘ra, Markaziy Osiyo Afg‘oniston tarafdan kirib keluvchi jangarilar xavfi ostida qolmoqda. Rossiya rasmiylari va ommaviy axborot vositalari esa chegara yaqiniga to‘plangan jangarilar soni oshib borayotganini bot-bot takrorlab keladi.

2015-yilda Rasmiy Moskva jangarilarning umumiy soni 4500 tani tashkil etishi haqida xabar bergan edi. Rossiya taxminlariga ko‘ra, 2017-yilning oxirida bu raqam 10 mingtaga yetgan, jumladan, ular orasida 3500 ta ID a’zolari ham bor.

Afg‘onistonlik rasmiylar esa 2017-yilgi raqamlarni rad etib, ularning soni “bir necha yuz” ekanligini ma’lum qilganlar.

Rossiyaning mintaqada harbiy hozirlikni mustahkamlashga oid yangi choralari Markaziy Osiyo davlatlarining Moskvaga qaramligini oshirishga qaratilgan, zero Kreml gibrid urushi operatsiyalarini kuchaytirmoqda.

Bunday amaliyotlar ta’sir o‘tkazish kampaniyalari uchun OAV va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, rossiyaparast gibrid urushi guruhlarini sizdirish va keng ko‘lamli harbiy o‘yinlarni o‘z ichiga oladi.

ID mag‘lubiyat yoqasida

IDning alohida hujumlari xavfi muqarrar bo‘lib borar ekan, Novikovning ogohlantiruvi koalitsiya kuchlari IDning so‘nggi tayanch nuqtalarida guruhni tor-mor etib borayotgan vaqtda yangramoqda.

11-sentabr kuni Suriya demokratik kuchlari Suriya shimoli-sharqida ID nazorati ostida qolayotgan kichik hududni guruh jangarilaridan tozalash operatsiyasining so‘nggi bosqichini boshladilar. Mazkur hudud guruhning Yaqin Sharqdagi so‘nggi tayanch nuqtasi bo‘lib qolayotgan edi.

“Qurshov” nomini olgan quruqlikdagi jangovar operatsiya AQSH yetakchiligidagi koalitsiya kuchlarining havo va artilleriya ko‘magida amalga oshirilmoqda.

22-avgust kuni efirga uzatilgan 55-daqiqalik murojaatda ID yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning o‘zi guruh Yaqin Sharqa ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchrayotganini tan olgan edi.

U o‘z izdoshlarini “din, sabr va jihodni” tark etmaslikka chaqirgan. Aftidan, bu bilan guruhning quruqlikdagi mag‘lubiyati tan olingan bo‘lar edi.

Ushbu xabar IDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi rahbarining afg‘on va koalitsiya kuchlari tarafidan o‘ldirilishidan bir necha kun avval paydo bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Sizni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. Axlatsaroyning oʻzginasi

Javob berish

Qanday axmoqona va mahoratsiz maqola! Muallif bu muammo haqida hech nima bilmaydi shekilli. Axlat

Javob berish