Karvonsaroy
Inson huquqlari

Suratlarda: Qozog‘istonda odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha simulyatsiya mashqlari o‘tkazildi

Aydar Ashimov

Aktyor fermada ishchilarni qul qilib ishlatayotgan xo‘jayin rolini o‘ynamoqda. Qullar – zamonamiz voqeliklaridan biri, deydi 27-sentabr kuni Qosshida o‘tgan mashg‘ulotlar tashkilotchilari. (Aydar Ashimov)

Huquq-tartibot organlari xodimlari 27-sentabr kuni Qosshida o‘tgan simulyatsiya mashqlari chog‘ida odamfurushni hibsga olib, qulga aylantirilgan ishchilarni ozod qilmoqda. (Aydar Ashimov)

Huquq-tartibot organlari xodimlari 27-sentabr kuni Qosshida o‘tgan simulyatsiya mashqlari chog‘ida odamfurushni hibsga olib, qulga aylantirilgan ishchilarni ozod qilmoqda. (Aydar Ashimov)

27-sentabr, Qosshi qishlog‘idagi mashqlar chog‘ida fohishalik bilan shug‘ullanishga majbulash maqsadida qizlarni o‘g‘irlagan gumondorlar qamoqqa olindi. (Aydar Ashimov)

27-sentabr, Qosshi qishlog‘idagi mashqlar chog‘ida fohishalik bilan shug‘ullanishga majbulash maqsadida qizlarni o‘g‘irlagan gumondorlar qamoqqa olindi. (Aydar Ashimov)

Qosshida 27-sentabr kungi mashg‘ulotlarda odam savdosida gumon qilinganlardan birini o‘ynayotgan aktrisa. U avtomobilidan chiqmay, huquqni muhofaza qilish xodimiga o‘zining aybsiz ekanini isbotlashga urinmoqda. (Aydar Ashimov)

YXHTning 27-sentabr kungi tadbiri uchun tanlangan bino tutqun ayollar saqlanayotgan islovatxona vazifasini o‘tab berdi. (Aydar Ashimov)

YXHTning 27-sentabr kungi tadbiri uchun tanlangan bino tutqun ayollar saqlanayotgan islovatxona vazifasini o‘tab berdi. (Aydar Ashimov)

Huquq-tartibot xodimlari mashqlarda ishtirok etayotgan ayollar tutqunlikda ushlab turilgan islovatxonaga bostirib kirishga tayyorlanmoqda, 27-sentabr, Koshi. Politsiya xodimasi ichkaridagilar eshikni ochishi uchun o‘zini qo‘shni ayoldek ko‘rsatmoqda. (Aydar Ashimov)

Tutqunlikda ushlab turilgan va fohishalik qilishga majburlangan qiz rolini ijro etayotgan aktrisa. YXHT mashqlari, 27-sentabr, Qosshi. (Aydar Ashimov)

Tutqunlikda ushlab turilgan va fohishalik qilishga majburlangan qiz rolini ijro etayotgan aktrisa. YXHT mashqlari, 27-sentabr, Qosshi. (Aydar Ashimov)

Huquq-tartibot organlari xodimlari va kuzatuvchilarga ko‘ra, odamfurushlar ko‘pincha o‘z qurbonlarini kaltaklaydilar va giyohvandlikka o‘rgatadilar. Suratda aks etgan aktrisa ana shunday qurbonlardan birining rolini ijro etmoqda, 27-sentabr, Qosshi. (Aydar Ashimov)

Huquq-tartibot idoralari xodimlari 27-sentabr kuni Qosshidagi simulyatsiya mashqlari doirasida tashkil etilgan islovatxona qo‘riqchilari va qo‘shmachilarni “qo‘lga olmoqda”. (Aydar Ashimov)

Huquq-tartibot idoralari xodimlari 27-sentabr kuni Qosshidagi simulyatsiya mashqlari doirasida tashkil etilgan islovatxona qo‘riqchilari va qo‘shmachilarni “qo‘lga olmoqda”. (Aydar Ashimov)

Tergovchi 27-sentabr kuni Qosshidagi mashqlar doirasida tashkil etilgan shartli islovatxonada ashyoviy dalillarni (ular orasida giyohvandlik moddasi uchun ishlatilgan shprits ham bor) to‘plamoqda. (Aydar Ashimov)

27-sentabr kuni huquq-tartibot organlarining Qosshidagi mashg‘ulotlari davomida odam savdosi qurbonlari rolini ijro etayotgan aktrisalar. [Aydar Ashimov]

27-sentabr kuni huquq-tartibot organlarining Qosshidagi mashg‘ulotlari davomida odam savdosi qurbonlari rolini ijro etayotgan aktrisalar. [Aydar Ashimov]

OSTONA – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) 24-30-sentabr kunlari Qozog‘istonda odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha simulyatsiya mahg‘ulotlarini o‘tkazdi. Simulatsiya mashqlariga professional aktyorlar jalb etildi.

“YXHTga a’zo 14 mamlakat va hamkor davlatlarning huquq-tartibot organlari, mehnat inspeksiyalari, moliyaviy tergov bo‘limlari, prokuratura idoralari, nodavlat tashkilotlar va ijtimoiy xizmatlarining 50 dan ortiq mutaxassislari Oqmola viloyatining Qosshi qishlog‘ida bir hafta davom etgan simulyatsiya mashg‘ulotlarida qatnashdilar”, deyiladi YXHT bayonotida.

“Biz turli soha mutaxassislari, jumladan, moliyaviy tergov bo‘linmalari, ijtimoiy va migratsiya xizmatlari, advokatlar va nodavlat tashkilotlarni jalb etish orqali YXHT hududi bo‘ylab idoralararo va ko‘p yo‘nalishli tarmoqni yaratishga harakat qilmoqdamiz”, dedi YXHTning odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori vazifasini bajaruvchi Valiant Richi.

Bizning simulyatsiya mashqlarimiz realistik va amaliy bo‘lib, ishtirokchi davlatlarning qurbonlarni aniqlash, odam savdosi bilan bog‘liq holatlarni tergov qilish va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish qobiliyatini kuchaytirish maqsadida aloqador sohalarni ham qamrab oladi”, dedi u.

Politsiya xodimlari 27-sentabr kuni Qosshidagi mashqlar uchun tashkil etilgan islovatxona qo‘riqchilari va qo‘shmachilarini “qo‘lga olmoqda”. Mashg‘ulotlar ssenariylari operativ bo‘linmalarga odam savsiga qarshi kurash bo‘yicha samarali choralar ishlab chiqishga imkon berdi. (Aydar Ashimov)

Bu mashqlar YXHTning “yangi, davlatlararo va idoralararo yondashuv orqali odam savdosi qurbonlarini aniqlash va ularga yordam berishni yaxshilash” yo‘lidagi tashabbuslaridan biridir, deyiladi bayonotda.

Bayonotda aytilishicha, Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosari Andrey Lukin “xalqaro hamkorlikning nihoyatda muhim ekanini” ta’kidlagan.

“Odam savdosiga qarshi kurash samaradorligi turli mamlakatlardagi ijrochi organlarning muvofiqlashgan va tartibli hatti-harakatlariga bog‘liq”, dedi u. “14 ta a’zo mamlakat ishtirokidagi ushbu simulyatsiya mashqlaridan ko‘zlangan maqsad – hamjihatlikni mustahkamlash va bu jinoyatga qarshi sa’y-harakatlarni birlashtirishdir.”

Odam savdosiga qarshi kurash choralari simulyatsiyasi

Loyiha tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, jonli mashg‘ulotlar odam savdosi qurbonlarini aniqlash va qutqarishga qaratilgan.

“Ilk marotaba rus tilida olib borilgan mazkur innovatsion kurs odam savdosiga qarshi kurash choralarini mashq qilishga qaratilgan”, dedi Ostonadagi YXHT dasturlari idorasining harbiy-siyosiy bo‘limi xodimi Asel Karatayeva Karvonsaroy nashriga.

“Mashg‘ulotlar real voqealarga asoslangan va professional aktyorlarni jalb etgan holda tashkil etildi”, dedi u.

“Mashg‘ulotlar asnosida majburiy mehnat va jinsiy ekspluatatsiya holatlari uchun shartli islovatxona, qurilish maydoni va qishloq xo‘jaligi maydonlari tashkil etildi. Operativ bo‘linmalar odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha samarali choralarni mashq qildilar.”

“(Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha) bunday formatdagi simulyatsiya mashqlarini o‘tkazish g‘oyasi YXHTga tegishli”, deydi tashkilotning Ostonadagi idorasi rahbarining o‘rinbosari Diana Digol Karvonsaroyga.

YXHTning odam savdosiga qarshi kurashga bag‘ishlangan avvalgi mashg‘ulotlari yanvar oyida Italiyaning Vichensa shahrida o‘tkazilgan edi.

YXHT xabariga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlar ishtirokchilarda, jumladan, Italiya davlat prokurori Devid Manchinida katta taassurot qoldirgan. U bunday yondashuvni “o‘ta noyob” va “hayratlanarli” natijalarga ega, deya yuqori baholadi.

“Barcha ishtirokchilar uchun voqelik va simulyatsiya o‘rtasida deyarli hech qanday farq qolmagan”, dedi Manchini.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500