Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-10-05 | Xavfsizlik

Rossiyaning Afg‘oniston bochshiligidagi tinchlik jarayonidan bosh tortishi Kremlning asl maqsadlarini fosh etmoqda


Rossiyaning faxriy qorovuli “Spasskaya minorasi” xalqaro harbiy va musiqa festivalidagi chiqishi chog‘ida, 24-avgust, Moskva. Afg‘onistonlik tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik anjumanini o‘z maqsadlarini ko‘zlab o‘tkazmoqchi. (Aleksandr Nemenov/AFP)

Rossiyaning faxriy qorovuli “Spasskaya minorasi” xalqaro harbiy va musiqa festivalidagi chiqishi chog‘ida, 24-avgust, Moskva. Afg‘onistonlik tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik anjumanini o‘z maqsadlarini ko‘zlab o‘tkazmoqchi. (Aleksandr Nemenov/AFP)

Sulaymon

KOBUL – Moskvada afg‘on muammosiga oid tinchlik anjumanini o‘tkazish bo‘yicha Afg‘oniston va Rossiya o‘rtasida olib borilgan so‘nggi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi, sababi Rossiya hukumati Afg‘onistonning tinchlik jarayonidagi rahbarligini tan olishdan bosh tortmoqda.

Moskva rahbarligi ostida o‘tishi ko‘zda tutilgan anjuman 4-sentabr kuniga belgilangan, ammo Afg‘oniston va Qo‘shma Shtatlar vakillari unda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab, boshqa sanaga qoldirilgandi. Tolibon harakati uchrashuvda ishtirok etishga rozilik bildirgan.

Afg‘on delegatsiyasi bo‘lajak sammit tafsilotlarini muhokama qilish uchun 19-sentabr kuni Moskvaga keldi.


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqda, 2015-yil, Ufa, Rossiya. (Kreml)

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqda, 2015-yil, Ufa, Rossiya. (Kreml)


28-sentabr kuni afg‘on harbiylarining Farah viloyatida o‘tkazgan operatsiyasi davomida Tolibon jangarilaridan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar musodara qilingan. Bunday qurollar viloyatdagi jangarilardan juda ko‘p marotaba olib qo‘yilgan, deydi rasmiylar. (File)

28-sentabr kuni afg‘on harbiylarining Farah viloyatida o‘tkazgan operatsiyasi davomida Tolibon jangarilaridan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar musodara qilingan. Bunday qurollar viloyatdagi jangarilardan juda ko‘p marotaba olib qo‘yilgan, deydi rasmiylar. (File)

“O‘tgan hafta Rossiyaga tashrif buyurgan Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi vakillari Rossiya rasmiylari bilan Moskva sammitini o‘tkazish tafsilotlarini muhokama qildi. Ammo, uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi”, dedi vazirlik matbuot kotibi Sebg‘atulloh Ahmadiy 25-sentabr kuni Salaam Times nashriga.

“Afg‘on delegatsiyasi Rossiya rasmiylariga o‘z talablari va qarashlarini bayon qildi, o‘z navbatida ruslar ham biz bilan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdilar. Ammo delegatsiyamiz ruslar bilan bir to‘xtamga kelolmadi”, dedi Ahmadiy.

“Moskva Afg‘on hukumatining tinchlik jarayoniga egalik huquqini va yetakchiligini tan olishi kerak edi, bu bizning shartlarimizdan biri edi”, dedi u.

Sammit oldidan “ruslar bilan o‘zaro tushunishga erishish zarur. Hali yechimini topmagan muammolar bor. Moskva sammiti qachon va qay tarzda o‘tkazilishi hozircha aniq emas”, deb qo‘shimcha qildi u.

“Biz Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan har qanday mamlakatni olqishlaymiz, ammo shartimiz shuki, muzokaralar afg‘on hukumati tashabbusi bilan va uning rahbarligi ostida o‘tishi lozim”, dedi Ahmadiy. “Tinchlik jarayonida ishtirok etishni istagan har qanday mamlakat Afg‘oniston Islom respublikasining qonuniy hukumati orqali o‘z yordamini taqdim etishi kerak.”

Kobul va Moskva o‘rtasida “anjumanga kim rahbarlik qilishi, uning qachon o‘tkazilishi va qaysi muammolar muhokama qilinishi” borasida ko‘plab ixtiloflar borligi sababli, tadbir hanuzgacha amalga oshmadi”, dedi u.

Hal etilmagan ziddiyatlar

“Kobul va Moskva o‘rtasida asosiy masalalar borasida ziddiyatlar mavjud”, dedi kobullik siyosiy tahlilchi Turiali Gi‘yosiy Salaam Times nashriga.

“Afg‘oniston rahbarlari boshqa davlatlar, shu jumladan, Rossiyaning ham Tolibonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda qatnashishga ko‘ndirishini istaydi, ammo bu davlatlarning tinchlik jarayoniga rahbarlik qilishiga qarshi”, dedi u. “Shuningdek, Afg‘oniston hukumatining shartiga ko‘ra, Tolibonlarga xalqaro anjumanlarda ishtirok etish huquqi berilmasligi kerak, sababi bu bilan ularning legitimligi tan olingan bo‘ladi.”

“Bahsli mavzulardan yana biri – Kobul uchrashuvda tinchlikka oid masalalarni muhokama qilishni istaydi”, deydi G‘iyosiy. “Ammo, shu bilan birga, uchrashuvga rahbarlik qilishni, uni boshqarishni ham xohlaydi. Ruslar esa bu talablarga rozi emas.”

Afg‘on siyosatchilari va tahlilchilarining ta’kidlashicha, Rossiyaning “tinchlik sammitini o‘tkazishdan maqsadi – Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish emas, balki o‘z manfaatlarini ilgari surish.

“Rossiya sammitga mezbonlik qilish orqali Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga yordam berishni ko‘zlamagan”, dedi kobullik siyosiy tahlilchi Said Hamid Anvariy Salaam Times nashriga.

“Aksincha, Rossiya o‘z maqsadlarini ilgari surmoqchi, ulardan biri – Tolibonlarni qo‘llab-quvvatlagani sabab Moskvaga nisbatan bo‘lgan tanqidlarni yo‘qotish”, dedi u.

“Ruslar Moskva anjumanini o‘tkazish talabida qat’iy turibdilar, boisi ular Afg‘oniston hukumati va Qo‘shma Shtatlarning tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarini shubha ostida qoldirmoqchi”, dedi Anvariy.

“Tinchlik muzokaralari afg‘onlar uchun milliy jarayondir. Rossiyaning bu muzokaralarni o‘tkazish va ularga rahbarlik qilish talabida turishi Afg‘onistonning ichki va tashqi siyosatiga ziddir”, deb qo‘shimcha qildi u.

Afg‘oniston manfaatlariga zid talablar

Ruslar asos solgan blokda Eron va Pokiston bor, ular Tolibonlarning qo‘llab-quvvatlovi va hamkorligi yordamida Afg‘oniston hukumati va AQSHning tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlariga putur yetkazishni ko‘zlaydilar”, deydi bir vaqtlar prezident Ahsraf G‘anining matbuot kotibi muovini bo‘lib ishlagan Najibulloh Ozod Salaam Times nashri bilan suhbatda.

Ruslarning Tolibonlarni qo‘llab-quvvatlashi kundek ravshan bo‘ldi. Sammit o‘tkazishga urinish kabi soxta harakatlar bilan esa ular butun dunyoga “Moskva Afg‘onistonda urush emas, tinchlik tarafdori ekanligini” ko‘rsatishni istaydilar. Aynan shu maqsadda ular Tolibonlar bilan aloqa o‘rnatishgan”, dedi u.

“Haqiqat esa buning aksi. Moskvaning Tolibonlar bilan aloqalari ham, bunday uchrashuvlarni o‘tkazishi ham tinchlikka olib bormaydi”, dedi Ozod.

“17 yil davomida terrorchilikka qarshi kurashda afg‘on hukumatini qo‘llab-quvvatlab kelgan xalqaro hamkorlar tinchlik muzokaralari Afg‘onistonga tegishli bo‘lishi va uning rahbarligi ostida o‘tishi kerakligini doim ta’kidlashgan”, deb daya o‘z so‘zida davom etdi u.

“Afg‘onistonning terrorga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashga yordam bermagan ruslar endi sammit o‘tkazishni va unga yetakchilik qilishni istamoqdalar”, dedi Ozod. “Bu Afg‘oniston xalqiga ham, hukumatiga ham ma’qul kelmaydi.”

“Afg‘oniston tinchlik anjumanini o‘tkazishga va unga yetakchilik qilishga ruslarning haqqi yo‘q. Bunday sammit o‘tkazilsa va Afg‘oniston hukumati unda ishtirok etsa ham, u foydasiz bo‘ladi”, deb ta’kidladi Ozod.

“Afg‘on hukumati va xalqaro hamkorlar talablarini inobatga olmaydigan har qanday sammit yoki anjuman tinchlik jarayoniga yordam bermaydi”, dedi u. “Askincha, afg‘on urushiga yangi ishtirokchilar va frontlarni olib kirib, jarayonni yanada murakkablashtiradi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 18

Fikrlar 0

Captcha