Karvonsaroy
Terrorizm

O‘zbekiston: Qilmishidan pushaymon bo‘lgan sobiq ekstremistlar vataniga qaytishi mumkin

Maksim Yeniseyev

Faryob viloyatida Afg‘oniston qurolli kuchlaridan musodara qilingan qurollar bilan suratga tushgan “Imom Buxoriy katibasi” jangarisi, 20-sentabr kuni Telegram orqali tarqatilgan fotosurat. (Fayl)

Faryob viloyatida Afg‘oniston qurolli kuchlaridan musodara qilingan qurollar bilan suratga tushgan “Imom Buxoriy katibasi” jangarisi, 20-sentabr kuni Telegram orqali tarqatilgan fotosurat. (Fayl)

TOSHKENT – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijdagi jangari va terrorchi guruhlarga adashib qo‘shilib qolgan shaxslarning vataniga qaytishiga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi.

19-sentabr kuni Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, Suriya, Iroq va Afg‘onistonga borgan o‘zbekistonliklarning ishini tergov qiluvchi maxsus idoralararo komissiya 1-noyabrdan ish boshlaydi.

Komissiya o‘z aybiga iqror bo‘lgan va chin ko‘ngildan tavba qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish huquqiga ega. Sobiq jangarilar o‘zlari a’zo bo‘lgan tashkilot tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni oshkor qilishlari kerak.

Tuzalish yo‘liga o‘tgan sobiq ekstremistlar ijtimoiy va huquqiy yordam oladilar va ish bilan ta’minlanadilar, deyiladi qarorda. Reabilitatsiya bir martalik bo‘lib, shaxs takroran jinoyat sodir etga taqdirda unga yordam berilmaydi.

Qirg‘izistonlik Abu Saloh qo‘mondonligi ostida ID tarafdori bo‘lgan “Tavhid va jihod gurihi” safida jang qilgan 26 yashar Sherzod Jo‘rayev Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston televideniyesi 2018-yil boshida xabar bergan edi. Suratda u va sobiq qo‘mondonining hibsdagi holati ko‘rsatilgan. (Fayl)

Suriya va Afg‘onistonda jang qilayotgan “Imom Buxoriy katibasi” o‘zbek jangarilari guruhining snayperi, Afg‘onistonning Faryob viloyatida olingan va 20-sentabr kuni Telegram orqali tarqatilgan surat. O‘zbekiston hukumatining amnistiya haqidagi yangi qarori qilmishiga pushaymon bo‘lgan jangari guruh a’zolariga taalluqli bo‘ladi, ammo, terrorchilik harakatini amalga oshirgan, terrorizmni moliyalashtirgan yoki boshqa jiddiy jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. (Fayl)

Qarorda aytilishicha, 2017-yilda O‘zbekistonda avval ekstremistik, terrorchilik va taqiqlangan tashkilotlar ta’siriga tushgan 18 mingdan ortiq shaxs avf etilgan. Ulardan 10 mingdan ortig‘iga ish topishga va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashilgan.

Ekstremistik kuchlarga zarba berish

Qarorga asosan, ekstremistik guruhlarga aldanib qo‘shilib qolganlar, shu jumladan, kompyuter va telefonlarida adashib ekstremistik materiallarni saqlaganlar avf etiladi.

“Misol uchun, Telegram va WhatsApp xabar almashish ilovalarining guruh chatlari yoki kanallari orqali yuborilgan suratlar avtomatik tarzda telefon xotirasida saqlanadi”, deydi toshkentlik Botirbek Ablyazov Karvonsaroy nashriga.

“O‘tgan yillar davomida chegaradan o‘tish vaqtida telefonida ekstremistik materiallar topilgan shaxslarning hibsga olinishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd etilgan”, dedi u.

“Bugungi kungacha ekstremistlarning qonunan vataniga qaytishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q edi”, dedi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev Karvonsaroy nashriga.

“Ko‘pchilik uyga qaytishni istagan bo‘lishi mumkin, ammo ular ortga yo‘l yo‘qligini bilar edilar. Ular yanada ashaddiylashib, radikallashib borganlar”, dedi u. Endi ularda uyga qaytish umidi paydo bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida ekstremistik kuchlarning barham topishiga sabab bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi u.

Avvallari ortga qaytgan jangarilar O‘zbekiston jinoyat kodeksining ikki moddasiga asosan jazolanar edi: birinchisi jangarilikka yollanish bo‘lsa, ikkinchisi – terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish, deydi toshkentlik huquqshunos Muslima Hakimova.

Umumiy hisobda jangari 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin edi.

“Tergov bilan hamkorlik uchun afv etish huquqi avval ham bor edi, ammo ekstremizmda gumonlangan shaxs jinoyat sodir etmagan bo‘lishi va o‘z sheriklarini oshkor qilishi kerak edi”, dedi u.

Ashaddiy jinoyatchilar kechirilmaydi

Taqiqlangan tashkilotlarning g‘oyaviy va ma’naviy rahnamolariga nisbatan amnistiya qo‘llanilmaydi. U yoki bu tashkilotni taqiqlangan deb topish haqidagi yangi qonun-qoidalar 1-noyabrdan kuchga kiradi.

Bevosita harbiy harakatlarda qatnashgan va qo‘poruvchilik sodir etgan jangarilar, shuningdek, terrorizm yoki uni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan shaxslar afv etilmaydi.

“Bu kabi insoniylik tashabbusi mamlakat uchun tahdidga aylanishini istamagan bo‘lardim”, deydi toshkentlik Mavlon Yakubov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Qilmishiga pushaymon bo‘lganlarni ashaddiy ekstremistlardan ajratish kerak”, dedi u. “Ehtimol, reabilitatsiya markazlari ochish va ularda qaytganlarni saqlash, ulardan ko‘rsatmalar olish va psixologik ishlar olib borish kerakdir.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Odam o'oldirib shuni orqasidan kun korganlani kechirib yana qamamaslik natog'ri dib o'yliman qamashxam kereymas orginga muhtoj odamlaga orginini ob narmalni odammi umrini saqlab qolish kere. Shu shakalla dib hizmat mobaymida o'lib ketgan odamlani farzandi ayoli ota onadi kechirarmikan shulani. Tri qogan yaqin palchanini yoqotgan harbiylaga berishsa va javobgorlidan ozod qilishsa keregidan ortiq malumot bilib berishadi i ozligi trilayin komib kelishadi. Siyosatga qarshi chiqmoxchi emasmanku no shakallani kechirishligiga qarshiman

Javob berish

Buning ketidan Oʻzbekistonda urush boshlanmasa boʻldi edi.....

Javob berish

Bu bir tomondan juda to‘g‘ri qaror, boshqa davlatlar ham shunday qaror qabul qilishsa terrorizimni qo‘li ancha kaltalashadi, O‘zbekistonga qaytgan sobiq adashgan jangarilarni, ikki-uch oylik maxsus kurslarda yana o‘z xalqini sevishga, vatanparvar bo‘lishga tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa bu ham ularga juda yaxshi foyda beradi.

Javob berish